Abdulla Qodiriy - O'tgan kunlar - Tarixiy roman

19.06.10 | Admin

http//photoload.ru/data/dc/91/cc/dc91cc9b6b3fc6325cf08272dbf9eb2f.jpg


<b>O'tgan kunlar - Tarixiy roman</b>
Author: Abdulla Qodiriy
Publisher: Toshkent.,"Sharq"
Publication date: 1995
Format / Quality: Pdf
Size: 2,1 Mb
Language:Uzbek

Раскрыть
Abdulla Qodiriy - o&#699;zbek milliy romanchiligining asoschisi,buyuk adib,jasur publitsist, mohir hajv ustasi, mahotatli tilshunos va tarjimon.

U 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug&#699;ildi. Avval musulmon maktabida (1904—1906), keyin rus-tuzem maktabida (1908—1912), Abulqosim shayx madrasasida (1916—1917) ta&#700;lim oldi. Oilaviy sharoit taqozosi bilan bolalikdan mahalliy savdogarlarga kotiblik qildi (1907—1915). 1917 yil Oktyabr davlat to&#699;ntarishidan so&#699;ng Eski shahar oziqa qo&#699;mitasining sarkotibi (1918), «Oziq ishlari» gazetasi muharriri (1919), Kasaba uyushmasi sarkotibi (1920) lavozimlarida ishladi. 1923 yili «Mushtum» jurnalini ta&#700;sis etdi, bir necha yil jurnal tahririyatida xizmat qildi. Moskvadagi adabiyot kursida (1925—1926) o&#699;qidi. 1919—1925 yillar oralig&#699;ida matbuot nashrlarida 300 dan ortiq maqolalar e&#700;lon qildi. Umrining oxirigacha tinimsiz ijod bilan shug&#699;ullandi.

Abdulla Qodiriy 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 1938 yil 4 oktyabrida Cho&#699;lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi.

Abdulla Qodiriy. O&#699;tgan kunlar 1914—1915 yillarda Abdulla Qodiriyning «Ahvolimiz», «To&#699;y», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she&#700;rlari, «Juvonboz», «Uloqda», «Jinlar bazmi» kabi hikoyalari, «Baxtsiz kuyov» dramasi bosilib chiqdi. O&#699;zbek adabiyotidagi birinchi roman «O&#699;tgan kunlar»ni yaratdi (1919—1920). Asar 1922 yili «Inqilob» jurnalida, 1924—1926 yillarda har bir bo&#699;limi alohida-alohida kitob holida bosildi. 1918 yil fevralida ikkinchi yirik romani — «Mehrobdan chayon»ni yozib tugatdi. Roman 1929 yili Samarqandda bosilib chiqdi. 1934 yili adib «Obid ketmon» qissasini yozdi.

Abdulla Qodiriy tilshunos va tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shinosiyning «Fizika» (1928), N.V. Gogolning «Uylanish» (1935), A.R. Chexovning «Olchazor» (1936) asarlarini o&#699;zbek tiliga tarjima qildi. Qozonda bosilgan «To&#699;la ruscha-o&#699;zbekcha lug&#699;at»ni (1934) tuzishda ishtirok etdi.

Qodiriy 20-yillarning o&#699;rtalarida yozgan «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo&#699;lat tajang nima deydir?» hajviy asarlarida bid’at va xurofotni qoraladi. Ularda xalqning yashash tarzi va ruhiy olamini o&#699;zgartirishga intilgan jadid adabiyoti maqsad va g&#699;oyalari o&#699;z ifodasini topgan.

Ma&#700;rifatparvarlik, millat ozodligi va istiqlol g&#699;oyalari Abdulla Qodiriy asarlarining leytmotivini tashkil qiladi.

Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa, romanlari jahon miqyosida keng tarqaldi. Uning «O&#699;tgan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» asarlari rus, ingliz, nemis, italyan, arab, ozarbayjon, tojik, qozoq, uyg&#699;ur, tatar tillariga tarjima qilingan. Nemis adabiyotshunoslari N. Tun, I. Baldauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, Eden Nabi kabi olimlar Abdulla Qodiriy ijodi bo&#699;yicha jiddiy ishlar qilganlar.

O&#699;zMU professorlari M. Qo&#699;shjonov,U. Normatov, B. Karimovlar Qodiriy hayoti va ijodi bo&#699;yicha samarali ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

1991 yili O&#699;zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq O&#699;zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko&#699;ra Abdulla Qodiriyga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1994 yili adib «Mustaqillik» ordeni bilan taqdirlandi. Shu yili Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti ta&#700;sis etildi. Toshkent Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bog&#699;iga, katta ko&#699;chalardan biriga, Xalq merosi nashriyotiga hamda ko&#699;plab madaniyat muassasalariga Abdulla Qodiriy nomi berilgan.

Цитата:
Yozmoqg’a niyatlanganim ushbu – “O’tkan kunlar”, yangi zamon ro’monchiligi bilan tanishish yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’risi bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi – ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydonga chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kecha turgan qusur va xatolardan chochib turmadim.
Moziyg'a qaytib ish ko’rish xayrlik deydilar. Shunga ko’ra mavzuni moziydan, yaqin o’tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo’lg’an keyingi “xon zamonlari” dan belguladim.

Abdulla Qodiriy


<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
</div>

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 14435
Рейтинг:
  • 5