Abduvali Qutbiddin - Xayol kechasi - She'rlar kitobi

<b>Xayol kechasi</b>
Author: Abduvali Qutbiddin
Publisher: Toshkent.,"Yozuvchi"
Publication date: 1994
Number of pages: 32
Format / Quality: PDF
Size: 8 Mb
Language:Uzbek

Цитата:<div align="center">Abduvali Qutbiddin (1960)
Shoir Abduvali Qutbiddin iqtidorli, nozikta'b va yuksak didli qalamkash. U 1960 yilning 20 iyunida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug'ilgan. Aslida uning ota-onasi toshkentlik bo'lib, Shayxontohur mahallasidan, Xo'ja Ahror Valiy avlodiga mansub kishilar edi. Oktyabr to'ntarishi va qatag'onlik davrining shamoli bu oilani ham chetlab o'tmagan. Ular yillar davomida Samarkand, Qashqadaryo vohalariga ko'chirib yuborilganlar qatorida istiqomat qilishgan. Shu tufayli Abduvali Qarshida tug'ilib, Samarqandda tahsil olgan. 1978 yili Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetiga o'qishga kirib, uni 1983 yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. Samarqand viloyat gazetasi «Lenin yo'li» (hozirgi «Zarafshon») da xizmat qilgan. 1985 yildan esa ona shahri Toshkentga kelib, G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida muharrir bo'lib ishlaydi.
1990 yilda «Yozuvchi» nashriyoti tashkil bo'lgach, avval etakchi muharrir, so'ng bosh muharrir bo'lib xizmat qiladi. U oilali, ikki o'g'il, ikki qizi bor. Shoirning «Nayson» (1988), «Humo» (1989) va «Bahtli yil» (1991) to'plamlariga kirgan she'rlari sodda, ravon ifodalar asosiga qurilganligi bilan ajralib turadi. Qarang:Uyalib — tug'ildim,
Uyalib — yashadim.
Uyalib o'larman.
Axir bu butun o'z halqi axloqi, odobi, ma'naviyatini o'zida umumlashtiruvchi satrlar emasmi?! Yoki «Baxtli yo'l» to'plamiga kirgan «Yer qa'riga», «Ikki amakimga xat» she'ridagi falsafiy fikrga diqqat qiling. Unda dunyo o'tkinchi, hammavaqt hamma narsa o'tadi, ketadi, poklik, muhabbat, yaxshilik, mehr kabi buyuk tuyg'ular qoladi.
ARAZLABSIZ
Sarvim, arazlabsiz, hijob tutibsiz,
Bizni qora ko'rib, simob yutibsiz,
O'lib bo'larmidi bizsiz, bilmabsiz,
Ahvolimiz o'xshash, hech o'ylamabsiz.
Mijgonda quyoshni bandi saqlabsiz,
Sho'rlikni kimga asrandi saqlabsiz,
To'zonni sovutib g'avg'oga boshlabsiz,
Sarvim, xatomasmi, bizni tashlabsiz.
Gardun iqbol sari yurmasa yurmabdi,
Mayxona changini qormasa qormabdi,
Shungayam shunchami, xo'rlasa xo'rlabdi,
Baribir ko'nmaymiz, zo'rlasa zo'rlabdi.
Oqshom kulbasida biz-da mehmonmiz,
Avjlansak, yalang'och mohitobonmiz,
Xijolatlar bo'lmang, gul-gulistonmiz,
Biz shunday ayonmiz, shunday tamommiz.
Oh, orzu orzumi beomonlikda,
Oh, darmon darmonmi bedarmonlikda.
Sizdan so'rovimiz, ilinjimiz shu:
Sarvim, bizga qayting - sargardonlikka.
* * *
Qora qoshing qasdima xunxorlar chaqirmishdir,
Birlashib zulmat bilan ag‘yorlar chaqirmishdir.
Ruhi ravonim aro mijgonlar uchmish o‘q kibi,
Etgali mahv umidim, ozorlar chaqirmishdir.
Dunyoi dun makrning sharobidin badmastdur,
Zardobig‘a cho‘ktirib hushyorlar chaqirmishdir.
Andalib qabog‘inda jamolin ko‘z-ko‘z etib,
To‘kilib sadog‘indin bahorlar chaqirmishdir.
Naylayin sahrodir ishq, qaqraganlar qoldimu,
Mungragan chiltor tutib, abgorlar chaqirmishdir.
Sirim oshkor aylasam, tong yaqin bu Valiyni,
Mash’alalar ko‘tarib bedorlar chaqirmishdir.
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Password: turklib</div>
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:
