Alisher Navoiy - Qit'alar.Fardlar.Ruboiylar.Tuyuqlar

02.01.13 | yabgu

http//photoload.ru/data/9f/ae/72/9fae7269bb3f1cd5d04f53332851f2ff.jpg


<b>Qit'alar - Fardlar - Ruboiylar - Tuyuqlar</b>
Author: Alisher Navoiy
Publisher: Toshkent:Adabiyot va san'at nashriyoti
Publication date: 1968
Number of pages: 98
Format / Quality: PDF
Size: 6,95 Mb
Language:Uzbek

http//photoload.ru/data/77/a4/df/77a4df1abe7183c4302bce4fd120e216.jpg

Öèòàòà:

Alisher Navoiy

Alisher Navoiy (1441, 9 fevral-1501, 3 yanvar) ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi bo‘lgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda «nizomi millati va d-din» (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug‘lanadi.

Hayot yo‘li

Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o‘tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg‘ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan.
Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta&#700;lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo&#699;lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o&#699;tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida o&#699;z mablag&#699;lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo&#699;lovchilar to&#699;xtab o&#699;tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko&#699;prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni beradi. Unga ko&#699;ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Alisher Navoiy tarjimai holi o&#699;z davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.

O&#699;zbek olimlari O. Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. G&#699;ulomov, I.Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.G&#699;anieva v.b. Navoiyning hayot yo&#699;li haqida asarlar yaratishgan.

http//photoload.ru/data/41/32/e9/4132e96a90534adcb9ecdc09e73d10d7.jpg

Navoiy Devonidan sahifa

Adabiy merosi

Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she&#700;rlarini yig&#699;ib, «Ilk devon» (1464-65) tuzgan edilar, so&#699;ngra «Badoyiul-bidoya» («Go`zallikning boshlanishi»), «Navodirun-nihoya» («Nodirliklar nihoyasi») nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to&#699;rt devon (1491—1498)ga jamlangan. Navoiy she&#700;riyatining mavzular doirasi keng, janrlar ko&#699;lami (16) xilma-xil. G&#699;azallari «oshiqona, orifona, rindona» (Shayxzoda) sifatlar bilan o&#699;rganiladi. G&#699;azallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uyg&#699;un holda ulug&#699;lanib, «majoz - haqiqat ko`prigi» aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy she&#700;riyatidagi zohiriy ma&#700;no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham o&#699;rgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.

«Nazmul-javohir» (1485) Hazrat Alining «Nasrul-laoliy» asarining turkiy nazmga solingani bo&#699;lib, 266 ruboiydan iborat bu asarda axloqiy-ta&#700;limiy qarashlar o&#699;z aksini topgan.

O&#699;R FA ShIda (3-fond) Navoiyga mansub 24 asarning 254 qo&#699;lyozmasi saqlanadi, undan ko&#699;pchiligi devonlarning nusxalari. Navoiy devonlari prof. H.Sulaymon tomonidan yig&#699;ilib, tasnif etilgan. «Ilk devon» Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564) saqlanadi. «Navodirun-nihoya» O&#699;R FA ShI (inv.1995) dagi nusxalari nihoyatda nodir bo&#699;lib, ular Navoiy davrida Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), Abdujamil kotib (1487-88) tomonidan ko&#699;chirilgan.

Xamsa

Alisher Navoiy ijodining yuksak cho&#699;qqisi «Xamsa» asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo&#699;lib, turkiy tilda to&#699;liq «Xamsa» yaratdi va turkiy tilda shunday ko&#699;lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.
«Xamsa» tarkibiga «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab&#700;ai sayyor», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlar kiradi.
«Hayratul-abror»da hamd, munojot, na&#700;t, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga bo&#699;lgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma&#700;rifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yo&#699;lida ulusdan o&#699;ta olmaganini anglatish bilan o&#699;zining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.
«Farhod va Shirin»da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki o&#699;sha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali o&#699;zining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy an&#700;analari yangilangan bo&#699;lsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining o&#699;zak muammolarini hal etishda asosiy o&#699;rin tutdi va bu yo&#699;nalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.
«Layli va Majnun» dostonida arab ertaklari orqali ma&#700;lum syujet o&#699;zining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun ma&#700;naviy zamin bo&#699;ldi. «Xamsa» tarkibidagi «Sab&#700;ai sayyor» va «Saddi Iskandariy»da shohlik bilan bog&#699;liq masalalarni birinchi o&#699;ringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik an&#700;anasida o&#699;zining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. «Xamsa»ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414—1492) yuqori baho berdi.
O&#699;R FA ShI qo&#699;lyozmalar fondida 15-20 asrlarda ko&#699;chirilgan 166 qo&#699;lyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.
«Xamsa» haqida xorijiy olimlar A.Vamberi, J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman, E.Partele; rus tadqiqotchilari I.Krachkovskiy, V.Bartold, E.Bertels, Konrad, B.Jirmunskiy, A.Yakubovskiy, A.Semyonov; turk olimlari F.Ko&#699;prulu, A.S.Levend, K. Eraslon; ozar olimlari H. Arasli, G. Aliev; o&#699;zbek olimlari Fitrat, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, T.Jalolov, S.Nazrullaeva, A.Abdug&#699;afurov, M.Hakimov, S.Hasanov v.b. ishlari ma&#700;lum.

O&#699;zMUda «Xamsa»ni tadqiq etish borasida B.Qosimov, B.Akrom, H.Boltaboev, A.Erkinov, D.Farmonova tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Tasavvufiy asarlari

Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo&#699;lsa-da, maxsus «Lisonut-tayr» dostoni(1499)da, «Nasoyimul-muhabbat» manqabasi]]"(1495-96)da, «Tarixi anbiyo va hukamo»(1485-8), «Arbain», «Munojot» singari asarlarida aks etgan.
«Lisonut-tayr»da borliq va ilohiyot haqaidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.
O&#699;zbekiston mustaqillikka erishganidan so&#699;ng Navoiy asarlarini diniy va so&#699;fiylik jihatidan o&#699;rganish kengaydi, ular ob’ektiv va ilmiy bahosini olmoqda. «Arbain», «Munojot» kabi asarlari chop etildi. Jomiyning «Nafahotul-uns min hazarotil-quds» tazkirasini tarjima qilib va to&#699;ldirib, so&#699;z yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.

http//photoload.ru/data/8c/cf/84/8ccf87393abe369360d16d262328.jpg

Navoiyning muborak dastxati

Nasriy asarlari


Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta&#700;limiy va ilmiy-falsafiy yo&#699;nalishdadir.

«Mahbubul-qulub»(1500-01) Navoiyning so&#699;nggi yirik asari bo&#699;lib, unda ulug&#699; mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to&#699;plagan boy tajribasi o&#699;z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda «Soriun-nosning af'ol va ahvolining kayfiyati» (1), axloqiy muammolar (2), «mutafarriqa favoyid va amsol surati» (3) masalalari ifodalangan.
«Xamsatul-mutahayyirin»(«Besh hayrat»,1494) asarida ustozi va do&#699;sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.
«Holoti Sayyid Hasan Ardasher» (1488-89), «Holoti Rahlavon Muhammad»(1493) asarlari manoqib-holot yo&#699;nalishida bo&#699;lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.
«Munshaot» (1498-99) Navoiyning maktublari to&#699;plami (jami 88 ta xat) bo&#699;lib, ular sog&#699;inchlik xatlari, navro&#699;z tabriklari, ta&#700;ziyanomalar, siyosiy o&#699;gitlar, sulhnomalar va boshqa yo&#699;nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.

Ilmiy-filologik merosi

«Majolisun-nafois» (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo&#699;lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma&#700;lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo&#699;lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to&#699;rtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi ma&#700;lumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.

Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn» asarini o&#699;z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bag&#699;ishladi. Jonli xalq tilida qo&#699;llanilgan ko&#699;plab so&#699;zlarni asarga kiritib, adabiy tilda qo&#699;llanilishiga sababchi bo&#699;ldi. O&#699;zigacha ishlatilgan so&#699;zlarni yangi ma&#700;no qatlamlarini ochdi. O&#699;zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg&#699;ariydan so&#699;ng ilmiy asosga soldi. O&#699;zbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo&#699;ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va e&#700;tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.
Aruz nazariyasiga bag&#699;ishlangan «Mezonul-avzon»(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og&#699;zaki she&#700;riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o&#699;rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she&#700;riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To&#699;qqizta yangi vazn va she&#700;riy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.

Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yo&#699;lga qo&#699;yildi. Bu yo&#699;nalishda Fitrat, Oybek, A.Sa&#700;diy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari e&#700;tiborli.

Tarix va iqtisodga oid asarlari

«Tarixi muluki Ajam» («Ajam shohlari tarixi»,1488) qisqa tarix bo&#699;lib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan «Tarixi Tabariy», «Shohnoma» asarlarini mantiqan to&#699;ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so&#699;nggi vakili Yazdi Shahriyorgacha bo&#699;lgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.

«Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg`ambarlar va hakimlar tarixi», 1485—1498) asarining birinchi bo&#699;limida «Qissasul-anbiyo»lar an&#700;analarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Ya&#700;qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg&#699;ambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning «Hukamo zikrida» deb nomlangan ikkinchi bo&#699;limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishog&#699;urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.
«Vaqfiya» (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag&#699;i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo&#699;nalishda madrasa va xonaqohlarda o&#699;rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy o&#699;z ixtiyoridagi mablag&#699;lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog&#699;larni sanab o&#699;tdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini o&#699;rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.
Tarix va iqtisodiy yo&#699;nalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.G&#699;ulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan o&#699;rganilgan.
Navoiy Muborak dastxat
Arab va fors tillaridagi asarlari. Alisher Navoiy fors tilida yozgan she&#700;rlari asosida «Devoni Foniy» tuzilgan bo&#699;lib, uning muqaddimasida «Sittai zaruriya» («Olti zarurat») va «Fusuli arbaa» («To`rt fasl») forsiy qasidalari majmualari berilgan. «Sittai zaruriya» to&#699;plamidagi qasidalar «Ruhul-quds» («Muqaddas ruh»), «Aynul-hayot» («Hayot chashmasi»), «Tuhfatul-afkor» («Fikrlar tuhfasi»), «Qutul-qulub» («Qalbdar g`izosi»), «Minhojun-najot» («Qutilish yo`li»), «Nasimul-xuld» («Jannat nasimi») kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan. «Fusuli arbaa»da Sulton Husayn Boyqaro madhidan so&#699;ng «Bahor», «Saraton», «Xazon» («Kuz») va «Day» («Qish») vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bag&#699;ishlangan «Mufradot» (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz she&#700;riyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qit&#700;a, tuyuq, ayrim hollarda g&#699;azal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini o&#699;rgatish barobarida 121 ta misol keltirdi. Navoiyning arab tilida «Sab'atul-abhur» («Yetti dengiz») nomli diniy-tasavvufiy ruhda lug&#699;at xarakteridagi asar yozgani ma&#700;lum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada o&#699;rganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan o&#699;rganilgan. Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma&#700;naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o&#699;rin oldi. Mustaqil O&#699;zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko&#699;tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O&#699;zbekiston Davlat mukofoti, O&#699;RFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, O&#699;zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma&#700;rifiy muassasalar, jamoa xo&#699;jaliklari ulug&#699; shoir nomi bilan ataladi.

Nashr qilingan asarlari

* Alisher Navoiy. Asarlar. 1-4 jildlar, -T.: 1963—1968;
* Alisher Navoiy. Xazoyinul-maoniy. -T.: 1959-60;
* Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to&#699;plami (20 jildlik), 1-6 jildlar. -T.: 1987—1992;
* Alisher Navoiy. Asarlar. 6-10 jildlar, -T.: 1963—1968.
* Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to&#699;plami (20 jildlik), 7-12 jildlar, Toshkent, 1991—1996;
* Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiev). -T.: 1960;
* Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi G&#699;afur G&#699;ulom). — T.: 1956;
* Alisher Navoiy. Hayratul-abror. Ilmiy-tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiev). -T.: 1970;
* Alisher Navoiy. Lisonut-tayr (nasriy bayon muallifi: Sh.Sharirov). — T.: 1984;
* Alisher Navoiy. Lisonut-tayr. — T.: 1991;
* Alisher Navoiy. Nasoyimul-muhabbat. MAT. 17-jild. -T.: Fan, 2001;
* Alisher Navoiy. Munojot (nashrga tayyorl. S.G&#699;anieva). — T.: Sharq, 1991;
* Alisher Navoiy. Mahbubul-qulub. Asarlar. O&#699;n besh tomlik. T.13. — T.;1967;
* Alisher Navoiy. Xamsatul-mutahayyirin. Asarlar. O&#699;n besh tomlik. T.14. — T.;1967;
* Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Asarlar. O&#699;n besh tomlik. T.14. — T.;1967;
* Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. Asarlar. O&#699;n besh tomlik. T.14. — T.;1967;
* Alisher Navoiy. Munshaot. Asarlar. O&#699;n besh tomlik. T.13. — T.:1967
* Alisher Navoiy. Majolisun-nafois. Asarlar. O&#699;n besh tomlik. T.12. -T.: 1966;
* Alisher Navoiy. Muhokamatul-lug&#699;atayn. Asarlar. O&#699;n besh tomlik. T.14. — T.:1967;
* Alisher Navoiy. Mezonul-avzon. Asarlar. O&#699;n besh tomlik T.14. — T.:1967;
* Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. Asarlar. O&#699;n besh tomlik. T.14. — T.:1967;
* Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. Asarlar. O&#699;n besh tomlik. T.15. — T.:1968;
* Alisher Navoiy. Vaqfiya. Asarlar. O&#699;n besh tomlik. T.13. -T.: 1967;
* Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar. O&#699;n besh tomlik. T.5. 1-2 kitob. — T.:1966;
* Alisher Navoiy. Mufradot. Asarlar. O&#699;n besh tomlik. T.15.- T.:1968;
<div align="center">
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
</div>

Ïîäåëèòåñü çàïèñüþ â ñîöñåòÿõ ñ ïîìîùüþ êíîïîê:

Ïðîñìîòðîâ: 5055
Ðåéòèíã:
  • 5