Amir Temur o'g'lining o'limi haqida rivotat. Audiokitob

12.10.11 | Admin

http//photoload.ru/data/96/98/14/969814de538f712d1e042964cdc1d8b8.jpg

<b>Amir Temur o'g'lining o'limi haqida rivotat. Audiokitob</b>
Author: Xurshid Davron
Publisher: O'zbekiston MTRK
Publication date: 2011
Format / Quality: MP3
Size: 99.36 Mb
Language: Uzbek

<img src="http://photoload.ru/data/e0/44/db/e044db0a4a564bc37a443bf578864964_pv.jpg" alt="Image"/>

Öèòàòà:
Xurshid Davron 1952 yilning 20 yanvarida Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlog'ida tavallud topgan. Toshkånt universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Uzoq yillar nashriyot sohasida, Ma'naviyat va ma'rifat markazida faoliyat yuritgan. 1996 yildan O'zbåkiston Milliy teleradiokompaniyasida ishlab kelmoqda.

Dastlabki shå'rlar to'plami - 'Qadrdon quyosh' (1979), 'Shahardagi olma daraxti' (1979). Keyinchalik 'Tungi bog'lar' (1981), 'Uchib boraman qushlar bilan' (1983), 'To'marisning ko'zlari' (1984), 'Bolalikning ovozi' (1986), 'Qaqnus' (1987) va 'Bahordan bir kun oldin' (1997) kabi she'riy to'plamlari nashr etilgan.

Xurshid Davron 90-yillarda shå'riyatdan ko'ra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U o'tmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi mo'tabar qo'lyozma manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida 'Bibixonim qissasi yoki tugamagan doston' (1990), 'Samarqand xayoli' (1989), 'Sohibqiron nabirasi' (1995), 'Shahidlar shohi yoki Shayx Kubro tushlari' (1998) kabi tarixiy-ma'rifiy qissa va 'Alg'ul' (1995), 'Sog'inch' (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda O'zbåkistonda tarixiy o'tmishga bo'lgan munosabatning yana ham qizg'in tus olishiga munosib hissa qo'shdi.

Adib ayni paytda Samarqandda bo'lib o'tgan Amir Tåmurning 660, Ulug'båkning 600 yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, 'Odåon' tåatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tåatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli 'Tåmurnoma', 2 qismli 'Buxoroyi Sharif' videofilmlari ssånariylari muallifi.

Sharq va G'arb shoirlarining asarlaridan iborat 'Qirq bir oshiq daftari' (1989) va yapon shoirlarining shå'rlaridan tarkib topgan 'Dångiz yaproqlari' (1988) to'plamlarini o'zbåk tiliga tarjima qilgan.

http//photoload.ru/data/a7/a7/86/a7a786370752dd568719bcae3b91c9.jpg

Öèòàòà:

Xurshid Davron
AMIR TEMUR O‘G‘LINING O‘LIMI HAQIDA RIVOYAT

Qish bilan bahor jangi – ayamajuz kechalaridan birida men sizlarga Amir Temur haqidagi afsonalarning birini hikoya qilib berish maqsadida qo‘limga qalam oldim.
Bu afsonani to‘qiganlar unga qanday nom berganlaridan bexabarman, men uni “Amir Temur o‘g‘lining o‘limi” deb atadim. Menga uni bir do‘stim gapirib bergan edi, do‘stimning aytishicha, bu qadim afsonani u talabalar shaharchasida yashagan afg‘onlardan eshitgan ekan.
Afsonani hikoya qilib berishdan avval, ikki narsa haqida biroz bo‘lsa-da, to‘xtalib o‘tmoqchiman. Eng avvalo, “afsona o‘zi nima?”, degan savolga javob izlamoqchiman. Odatimni kanda qilmagan tarzda, o‘zining nomukammalligi bilan mashhur “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga qarayman. Mana, lug‘atning 1 jild 63-betidagi “Afsona” so‘ziga yozilgan izoh: “1. Avloddan avlodga, og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan fantastik, ba’zan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat, doston… 2. Ko‘chma: asossiz gap, yolg‘on-yashiq uydirma… 3. Ko‘chma: aql bovar qilmaydigan, aqlga sig‘maydigan mislsiz narsa, ish”.
“«Afsonaviy” so‘ziga oid izoh: “1. Afsona janriga mansub bo‘lgan, fantastik. 2. Faqat afsonalarda mavjud bo‘lgan, odatda yo‘q, xayoliy. 3. Ko‘chma: Uydirma, to‘qima. 4. Ko‘chma: Aql bovar qilmaydigan, aqlga sig‘maydigan, misli ko‘rilmagan, mislsiz».
Ðàñêðûòü
Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, bu izohlarga “uydirma” so‘zi asos qilib olingan. Aslida, shundaymikan? Bir o‘ris shoiri “Afsona – bu haqiqatning siniq parchalaridir” deb yozgan edi. Agar, “afsona” so‘ziga izoh bering desalar, men mana shu so‘zni takrorlagan bo‘lardim. Zero, har qanday xayoliy yoki to‘qima afsona ham aslida sodir bo‘lgani aniq, ma’lum bir tarixiy shaxs hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bobil minorasining qurilishi, Nuh to‘foni yoki Samarqanddagi Shohizinda mozori bilan bog‘liq afsona bo‘lsin, ularning har birining asosida tarixiy dalil - haqiqat yotgan bo‘ladi. Shuning uchun ham juda ko‘p qadimiy bitiklarimiz quyidagi jumla bilan boshlangan: “Bul hikoyat agarchi afsona tusida ersa-da, ul haqiqatdan yiroq emasdur”.
Ingliz adibi Chesterton bitganidek, afsona har qanday dalildan ham tarixiyroqdir. Dalil yolg’iz bir odam haqida so‘z yuritsa, yoki u odamlar qatnashgan voqea haqida ma’lumot bersa, afsona yuzlab va millionlab odamlar taqdiri haqida, voqeani yuzaga chiqargan odamlar haqida hikoya qiladi. Dalil ba’zan zamon almashishi bilan o‘z mohiyatini, o‘z rangini o‘zgartirishi mumkin, ammo afsona abadiy o‘zgarmas haqiqatdir. Tarix faqat xalq xotirasi ramzi bo‘lmish asotirlar (afsona va rivoyatlar) yordamidagina moziy mohiyatini, demak uning yuragini kashf eta oladi. Xotirasiz inson yuragi ham quruq hujjatlar yig‘indisidan farq qilmaydi. Tarix vaqt haqida emas, vaqt mobaynida yashagan inson haqida hikoya qilmog‘i zarur. Demak, u vaqt hujjatlariga emas, inson xotirasiga suyangandagina haqiqatni ochadi. Inson xotirasi afsonalarga hamnafas bo‘lgandagina tirikdir. Faqat shundagina tarixiy dalil tiriladi. Afsona bilan hujjat (dalil)ning o‘zaro bog‘lanishi aslida inson bilan vaqt bog‘lanishidir. Tarix, deb yozadi Nikolay Berdyayev, tom ma’nodagi afsonadir…
To‘xtalmoqchi bo‘lgan ikkinchi masala men sizga so‘zlab bermoqchi bo‘lgan rivoyat Amir Temur hayotining qaysi to‘xtamida bo‘lib o‘tgan voqealar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin degan savolni oydinlashtirishdir. Tarixiy bitiklarning guvohlik berishicha, Amir Temurning to‘rt o‘g‘li bo‘lib, ularning ismlari: Jahongir mirzo (1356-1376), Umarshayx mirzo (1356-1394), Amironshoh (Mironshoh) mirzo (1367-1408), Shohruh mirzo (1377-1447) bo‘lgan. Yana shu narsa ma’lumki, ulug‘ Sohibqiron tiriklik paytida, u olib borgan jangu jadalda uning yolg‘iz bir farzandi – Umarshayx mirzo 1394 yilning qishida Shom urushi paytida, Xarmatu qal’asi ostonasida – tor bir darada o‘q tegib halok bo‘lgani haqida tarixiy dalil bor. To‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lmish Jahongir mirzo o‘z ajali bilan 20 yoshida olamdan o‘tgan. Amir Temur vafotidan so‘ng uch yil o‘tgach, 1408 yilning ko‘klamida uning o‘rtancha o‘g‘li Mironshoh mirzo Qora Yusuf turkman bilan bo‘lgan janglarning birida, Tabriz yaqinida o‘ldirilgan.
Xo‘sh, Amir Temur o‘g‘lining o‘limi bilan bog‘liq afsona qaysi voqealar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar uni Umarshayx mirzo o‘limi bilan bog‘laydigan bo‘lsak, bu afsonani dalili bo‘ladigan voqealarni Shom yurishi bayonidan topolmadim. O‘ylashimcha, bu afsonani afg‘onlar orasida mavjud bo‘lishi bois, u Amir Temurning Hindistonga qilgan yurishi davomida ro‘y bergan voqealardan tug‘ilgan bo‘lishi kerak. Oxir-oqibatda uzoq izlanishdan so‘ng “Temur tuzuklari”da bu afsonaga bevosita bog‘liq ma’lumotlarni topishga muvaffaq bo‘ldim. Biroq, ularni so‘zlab berishdan avval men Hindiston yurishi qanday boshlanganini muxtasar bo‘lsa-da, hikoya qilmoqchiman.
Hijriy sakkiz yuzinchi, melodiy 1398 yilning bahorida Amir Temur yangi bog‘i – Dilkushoda mislsiz tantanalar bilan Xizrxo‘jaxonning qizi o‘n ikki yashsar To‘kalxonimni o‘z nikohiga qabul qildi. To‘y o‘choqlaridagi kul sovib ulgurmay, uning amri bilan Samarqand va Kesh oralig‘ida joylashgan Taxti Qoracha davoni osha o‘tadigan yo‘lni tuzatish va tog‘ etagida yana bir g‘aroyib bir bog‘ bunyod etish ishlari boshlandi. Sohibqironning o‘zi bo‘lsa Keshga yaqin bir o‘langda qurultoy chaqirdi. Maqsadi azaliy orzusi: Hindiston yurishi maslahatini o‘rtaga solish edi.
Saltanatning muhim tadbirlari, bo‘lajak harbiy yurishlar rejalari muhokama etiladigan qurultoy Amir Temur davlatining oliy kengashi edi. Shu bilan birga qurultoy mamlakatning bosh tantanasi bo‘lib, Sohibqiron qo‘li ostida birlashgan o‘lkalarni boshqarish bilan band amirzodalar va boshqa davlati arkonlar uchun xuddi jang maydoni bilan baravar, hatto undan yuqori turadigan o‘ziga xos sinov maydoni ham edi. Agar jang maydonida dilovarlik sinalsa, bu kengashda farosat va tadbirkorlik sinovdan o‘tardi. Bu sababdan bo‘lsa kerak, jang maydonida qo‘rquv nimaligini bilmagan ayrim amirlar va amirzodalar qurultoy chaqirilganda sarosimaga tushib qolishar, unda qaysi bir tadbir o‘rtada muhokama bo‘lishini bilish uchun bor vositalarni ishga solardilar. Illo, jahongir jang maydonida qilich chopqilashdagi mohirlikni, qurultoyda esa o‘ylab aytilgan so‘zni ma’qul ko‘rar, kim aravani quruq olib qochsa, mashvaratdan quvib chiqarishdan ham qaytmasdi. Ammo bu galgi qurultoy qay maqsadda chaqirilayotgani hech kimga sir emasdi.
Har galgidek qurultoy ko‘pchilik uchun qurilgan ulkan chodirda o‘tdi. Amir Temur odatdagi rasm-rusmlar ado etilishi bilan, gapni cho‘zib o‘tirmay, Hindiston yurishi oldidan o‘g‘illari va amirlarning ko‘ngli, o‘y-fikrlarini bilish maqsadida ularni maslahatga chaqirganini aytdi. Turkiy sulolalarning azaliy tartibi va mukarram dasturi shunday edikim, katta og‘alari va xeshlar hayot ekan, hech kim ulardan o‘tib saltanat taxtiga qadam qo‘yolmasdi. Mana shu bobolar odatiga binoan qurultoydayam yoshi ulug‘ shahzodalar birinchi fikr bildirish huquqiga ega edilar. Shuning uchun ham davrada Sohibqironning kenja o‘g‘li Shohruh mirzo o‘tirgan bo‘lsa ham, birinchi so‘zlash undan yosh jihatdan ulug‘ Muhammad Sulton bilan Pirmuhammad Jahongir ixtiyorida edi. Pirmuhammad Jahongir bobosiga bir qarab oldi-da, uning “Xo‘sh” degandek sinchkov tikilid turganini ko‘rib gap boshladi:
- Hazrati Sohibqiron, Hindistonni olmoq yer yuzida o‘tgan barcha podcholarning orzusi bo‘lmish. Agar ani zabt etsak, aning oltinlari ila yetti iqlimni olajakmiz. Men yurishga tayyordurmen.
Tug‘ishgan birodarining bu gapini eshitib amirzoda Muhammad Sulton ham o‘rnidan turdi. U inisidan bir yosh ulug‘ bo‘lsa-da, qotmadan kelganligi sababli undan ancha yosh ko‘rinar, buni bilgan amirzoda ko‘proq ovoziga zo‘r berib, kattalarga xos mulohaza istagida har bir so‘zga alohida urg‘u berib gapirish lozim, deb o‘ylardi. Amir Temur og‘a-ini o‘rtasidagi bahsni maroq bilan kuzatar va bevaqt shahid bo‘lgan o‘g‘liga ko‘rsatolmagan mehr-marhamatini ulardan ayamasdi.
- Olampanoh, - deya ulug‘vorlik ila so‘z boshladi Muhammad Sulton, - inim Pirmuhammad Jahongir aytgani rostdur. Hind mulki bag‘oyat boy yurt. Ammo, siz bergan saboq hamisha yodimda. Ya’nikim har bir ishni qilishdan avval uning amalini o‘ylash joizdur. Kitoblardan ma’lumdirkim, Hindiston yo‘li ko‘p mashaqqatlidur. Eng avvalo, bir necha qor bosib yotgan tog‘laru kechib o‘tish mushkul daryolar, undan keyin cheki yo‘q o‘rmonu to‘qayzorlar bordur. Ikkilamchi, maqsadga yetguncha bebosh afg‘onlar bilan jang qilish ham zarur bo‘lg‘ay. Yana kitoblarda aytilmishkim, Hindistonda odamxo‘r fillar ham juda ko‘p bo‘larmish…
Amir Temur inisinng mulohazalarini eshitgan Pirmuhammad Jahongir bezovtalana boshlaganini sezdi. Ammo buni bildirmay, nabirasining mulohazasi qanday taklif bilan tugashini kutdi. Qurultoy rasm-rusmi har bir so‘zni e’tibor bilan eshitish lozimligini talab qilardi. Xo‘sh, qani, to‘ng‘ich nabirasi nima demoqchi ekan, shuni bilsinchi. Ammo Muhammad Sulton ham inisining ahvolini sezgan bo‘lsa kerak, odatiga xilof ravishda shoshib so‘zini yakunladi:
- Bu mulohazalarim ila Hindiston yurishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim demoqchiman. Men urushga shaymen. – U so‘zini tugatib, inisining yonidan joy olarkan, uning yuzidagi mamnuniyatni sezib, ko‘ngli joyiga tushdi.
Shundan so‘ng sohibqironga qizidan tug‘ilgan nabira bo‘lmish amirzoda Sulton Husayn navbat oldi. Amir Temur qizi Og‘abegim va malika Tuman og‘oning birodari amir Muhammad ibn Musodan bo‘lmish bu amirzoda bag‘oyat mard, ammo beoqibat bo‘lib voyaga yetganini yaxshi bilsa-da, har gal qizining so‘zini qaytarolmay, bu badbaxt yigitning gunohidan o‘tib kelardi. O‘z o‘g‘illari va ularning farzandlariga bag‘oyat qattiq turgan Sonibqiron bu hovliqma amirzodani jazosiz qoldirib kelayotganini hamma bilar, ammo sababidan bexabar edilar. Nahotki, qizdan tug‘ilgan nabira o‘g‘illardan suyukliroq bo‘lsa? Amir Temurning bu nabirasiga loqaydligini uning qiziga ko‘rsatgan karami bo‘lmay, balki Sulton Husaynning saltanat taxtiga o‘tirishga loyiq bo‘lmaganlar toifasiga kirishidan edi.
- Hazrat Sohibqiron, - dedi tantanavor ohangda Sulton Husayn. – Agar biz Hindistonni ilgimizga kirita olsak, to‘rt iqlimga – Turkistonu Turon, Eronu Hindga hukmron bo‘lurmiz. Qolg‘on uch iqlim: Rum, Shom, Chinni esa olmoq qiyin emasdur, albat olg‘aymiz.
Sulton Husayn sanab o‘tgan iqlimlarni xuddi o‘zi oladigandek, allaqanday ichki kibr bilan davradagilarga ko‘z tashlab, o‘rnini egalladi. Bobosi vafotidan so‘ng mana shu kibr uning boshiga ko‘p g‘avg‘olar solishidan u hali bexabar edi.
Amir Temur so‘z navbatini olgan kenja o‘g‘li Shohruh mirzoga diqqat bilan tikildi. Bu farzandi boshqa zuryodlariga qaraganda, kitobga o‘ch chiqdi. Unga kitob bo‘lsa bas, qilich chopqilashni unutadi. Ammo kitobxonligidanmi, so‘zi, mulohazalari pishiq, o‘zi ham ko‘pni ko‘rgan qariyadek bosiq edi. Aytadiganini puxtalab olmasa, og‘iz ochmasdi.
- Padari buzruk, hazrati Sohibqiron, - deya gap boshladi Shohruh mirzo shoshmasdan. Uning hatto gapirayotgan paytidayam nimalarnidir o‘ylayotganini sezib Amir Temurning g‘ashi keldi. – Men ajdodlarimiz bo‘lmish turklarning qonunlari bitilgan kitoblarda o‘qigan edimki, jahonda beshta shon-shavkatli podshoh bo‘larkan. Rivoyat qilg‘aylarkim, bu podshohlarning ulug‘ligini alohida ta’kidlab, ularning nomlarini atamay, laqablarini olib aytg‘onlar. Ya’nikim Hind podshosini – roy, Rum podshosini – qaysar, Chunu Mochin podshosini - fag’fur, Turkiston podshosini – hoqon, Eronu Turon podshosini – shahonshoh ataydilar. Biz hukm yurgizgan yurt hukmdori, ya’nikim shahonshoh hukmi hamisha Hindiston mamlakatlariga joriy etilmish. Tokim Eronzaminu Turonzamin bizning ilkimizda ekan, Hindistonni ham o‘zimizga tobe etmog‘imiz joizdur…
Amir Temur kenja o‘g‘lining so‘zlarini tinglar ekan, bir zum so‘nggi paytlarda yuragini tunu kun bezovta qilgan valiahd tashvishiga berildi. To‘rt o‘g‘lidan ikkisi bevaqt ko‘z yumdi. Shohruh bunaqa, Mironshoh bo‘lsa, o‘ylamay ish qiladiganlar toifasidan. Mast bo‘lib, otdan yiqilib kallasi lat yegandan buyon uning betayin qilmishlari yana oshdi. Suyukli kelini Xonzodabegim yaqinda erining zulmidan dod urib, unga bosh urib keldi. Mironshohning valiahd bo’lishi mamlakatni vayron bo‘lishi demakdir. Bunga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Nobakor o‘g‘ilni jazolashni ko‘ngliga tuggan sohibqiron bu tadbirni Hindiston yurishidan keyinga qoldirishga majbur edi.
Amir Temur sekin Pirmuhammad Jahongirga ko‘z qirini tashladi. Ha, bu nabirasi havas qilgulik bahodir bo‘ldi. O‘ziyam quyib qo‘ygandek bobosining o‘zi: qaddi qomati barvasta, yelkador, boshiyam bobosinikidek, humdek keladi. Qoshi-chi, qoshi? Ariq chetidagi ajriqdek qalin, ko‘zlari qilich damidek tovlanadi. Fe’l-atvoriyam, bobosiniki, na yog‘iydan, na o‘limdan qo‘rqadi. “Yopiray, - derdi ba’zan kamdan-kam hayratlanadigan sohibqiron. – Meni tirikligimda Alloh taolo yana qaytadan yaratdimi?! Nabirasining yolg‘iz bir xislati unga ma’qul kelmasdi. Ko‘pchilik boshini qovushtirishni bilmaydi. Mardlik odamlar dilini maftun etsa, oqibatbardorlik, farosat yuraklarni abadiy bandi etishini hali anglamaydi.
Amir Temur o‘g‘li Shohruh mirzodan keyin o‘z mulohazasini aytishga biron bir amir shoshilmayotganini ko’rib, hushyor tortdi. Sukut cho‘zilganidan toqatsizlanib:
- Xo‘sh, - dedi u baland ovoz bilan. Ammo amirlar jim o‘tiraverdilar. Sohibqiron jahli chiqsayam, ichidagini yuziga chiqarmadi. Indamay kutishni ma’qul ko‘rdi. Bu baxtuchopganlar uning necha yildan buyon Hind mulkini zabt etish haqida orzu qilishidan yazshi xabardor. Nahotki, bilib ham bilmaslikka olsalar, jim o‘tirishni ma’qul ko‘rsalar? U o‘zining deyarli barcha yurishlarida qatnashgan, sadoqatlarini necha marta jangu jadalda namoyish etgan amirlarga bir-bir tikilar, amirlar esa unga bosh ko‘tarib qarashga majol topolmasdilar. Oxiri u amir Shohmalikka qattiq tikilib turaverdi. Uning bu boqishini tuygan amir sekin bjshini ko‘tarishga majbur bo‘ldi.
- Taqsirimning so‘zlari yo‘qmi? – dedi sohibqiron bo‘g‘iq ovoz bilan.
Amir Shohmalik o‘rnidan turishga majbur bo‘ldi. Amir Temur unga: “O‘tirib gapiraver” deb ishora qilgach, o‘rnini egalladi. Biroz taraddudlanib, keyin ohista arz qildi:
- A’lohazrat, sizning amringiz biz uchun vojibdur, undan yuz o‘girish tuzingizni unutmoqdur. Biz bu tadbir xayolini dillarimizdan, bamisli javohir tuynuklaridan o‘tgan ipdek shoshilmay o‘tkardik, - u biz deganda amirlar Xoja Yusuf, Saribug‘o, Shayx Nuriddinlarga ishora qildi. – Boringki, Hindistonni oldik ham deylik. Biroq, u mulkda turg‘un bo‘lib qolsak naslimiz yo‘qolmagaymu, avlodlarimiz o‘z aslidan ayri tushmagaymu, begona yurtda tillarini unutmagaymu?..
- Taqsir, - deb ning gapini bo‘ldi Amir Temur xotirjam. – Biz ul-mulkda uzoq qolishni o‘ylaganimiz yo‘q. Qolaversa, shuni yodda tutingkim, dilda e’tiqod butun bo‘lsa, aslo naslimiz yo‘qolmagay, tilimiz unutilmag‘ay… E’tiqod susaysa, til emas, imon ham unutilg‘ay…
U xoturjam gapirar, ammo qoshining yig‘ilib turishi, ko‘zidagi o‘tning yanada kuchliroq tovlana boshlaganini payqagan amirlar Sohibqiron ichida qanday kuchli to‘fon o‘ynayotganini sezib turishardi.
- Ko‘pchilikda shubha bo‘lsa, yo‘lga chiqmagan ma’qul. Shubha nafaqat aqlni, u dildagi o‘tniyam o‘chiradi. Kelingiz, Tangri taologa murojaat qilaylik. Hind mulkiga yurish borasida istixora etaylik – Amir Temur yonida turgan Qur’onni qo‘liga oldi. – Tangri taolo neni buyursa, shunga amal qilg‘aymiz.
Davradagilar o‘sha zahot uning taklifini ma’qullab ovoz berdilar. Sohibqiron Qur’oni karimni oldidagi shira ustiga qo‘ydi, chuqur nafas olib, biroz sukut saqladi-da, ko‘zini yumib kitobni ochdi. U avval ochilgan sahifadagi oyatni ichida o‘qidi, so‘ng baland ovozda takrorladi:
- “Ey, Rasululloh, kofirlarga va munofiqlarga qarshi jahl qilg‘il”.
Amir Temur bir chetda turgan mavlono Faxriddin qoriga tikildi. Mavlono Sohibqiron istagini uqdi, ohista o‘rnidan turib oyat mazmunini izohlab berdi. Amirlar mavlononing izohini eshitgach, boshlarini egib, jimib qoldilar.
- Xo‘sh, - dedi Amir Temur.
Ammo bu gal ham amirlar o‘z fikrlarini aytishga shoshilmadilar. Buni ko‘rgan sohibqiron jahlini yashirolmadi.
- Taqsirlarim, nechun jimsiz? Yo Alloh taolo hukmi sizga hush kelmadimi?..
Men sizni saltanatim ustunlari deb bildim, hamisha izzatingizni unutmadim.
Siz esa unutdingiz… Sababi nedir? Siz bilmasangiz, men yaxshi bilurman. Turgan suv sasiydi, yurgan odam yasharadi. Agar siz toliqqan bo‘lsangiz, ilgingizda mador qolmog‘on bo‘lsa, lashkarni topshiring. Necha-necha bo‘z yigitlar bizgayam navbat yetadimu, deb kutib turg‘aylar. Alloh guvoh Hindistonni siz emas, shul o‘g‘lonlar albat zabt etg‘ay…
Sohibqironning vajohatini ko‘rib, ayniqsa, uning so‘nggi so‘zlarini eshitgan amirlar birin-ketin o‘rinlaridan turib avf tiladilar. Amir Temur ularning so‘zini xotirjam eshitib dedi:
- Siz ila ne-ne jangu jadallarda bo‘ldim. Siz menga, men esa sizga suyandim… Har qancha yuragimni qon qildingiz, avf etdim. Butun boringg‘iz, ertagacha o‘ylang‘iz…
Ertasi davom etgan qurultoy ahli bir ovozda bo‘lajak yurish rejasini ma’qulladilar. Dili ravshan tortgan Amir Temur qo‘l ko‘tarib, zafaru fath fotihasini o‘qidi.
Qurultoydan yarim oy o‘tar-o‘tmas, Sohibqiron boshchiligidagi ulkan qo‘shin Qashqadaryo vohasini tark etib, Termizga yaqin yerda Jayhundan kechib, Xuroson hududiga o‘tdi.
U butun yoz davomida Andarob degan joyda bo‘ldi. Sakkiz yuzinchi yil zulhijja oyining boshida – 1398 yilning avgustida Amir Temur Panjshir daryosi yoqalab Qobulga qarab yo‘naldi. Shu terda unga bo‘lajak yurishda omad tilagan Oltin O‘rda elchilarini qabul qildi. Elchilar bir necha muddat o‘tib qaytishga ruxsat so‘ragandan keyin, ularning karvonini qo‘riqlash uchun bir guruh askar ajratdi. U bu ishni elchilarni o‘ylab emas, shu karvon bilan dorilmulkka qaytish lozim topilgan Saroymulkxonim bilan Shohruh mirzoning o‘g‘li, to‘rt yashar nabirasi Muhammad Tarag‘ay xavfsizligini ta’minlash uchun qilgan edi.
Bundan o‘n yetti yil avval qo‘lga kiritilgan Xuroson mulkining bu qismi hamisha notinch bo‘lib kelgan. Hindiston yurishini maqsad qilgan Sohibqiron shu sababdan ham qo‘shin ortini mustahkamlash niyatida Kobulni tark etib, Sulaymon tog‘lari yaqinida yashagan afg‘on qabilalari va isyonkor qora kiyimlilar – siyohpo‘shlar nomi bilan mashhur isyonchilarni tavbasiga tayantirish, o‘zining ko‘nglini tinchlantirish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Qolaversa, bu tadbir Hind sultonini chalg‘itishning yo‘li ham edi. Go‘yo o‘zini Hindistonni zabt etish uchun emas, mana shu bebosh qabilalarni itoatga keltirish uchun kelgan qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ldi.
U vaqt yetishi bilan o‘ttiz ming askarga rahbar bo‘lmish amirzoda Pirmuhammad Jahongirga Sulaymon tog‘ini oshib, Sind daryosini to‘xtamay kechib o‘tib Mo‘lton viloyatiga, amirzoda Muhammad Sulton bilan amirzoda Rustam boshchiligidagi o‘ttiz minglik qo‘shinga esa Sind daryosi yoqalab Kashmir tog‘i etagidagi yo‘ldan yurib Lohur viloyatiga bosqin qilishga farmon berdi. O‘zi bo‘lsa qo‘shinning asosiy qismi – g‘ul bilan Badaxshon tomonga yo‘naldi va tog‘ oshib Hindiston sarhadlariga bostirib kirdi. Hindiston yurishi haqida boshqa bir hikoyamizda batafsil to‘xtalish niyatimiz borligi sabab, biz asosiy maqsadimiz – sizga so‘zlab bermoqchi afsonani keltirib chiqargan voqealarga o‘tishni ma’qul ko‘rdik.
Amir Temur, yuqorida aytganimizdek, qo‘shin ortini mustahkamlash maqsadida afg‘on qabilalari tomonidan vayron etilgan bir qator qal’alarni qayta tiklatgan va ularda o‘z odamlarini qoldirgan edi. Mana shu qal’alarning biri Irob qal’asi edi. Pirmuhammad Jahongir Mo‘ltonga yurishi oldidan o‘ziga sodiqlik so‘zini aytgan Lashkarshoh afg‘onni mana shu qal’aning kutvoli qilib tayinlagandi. Amir Temur qo‘shini Hindistonga qarab yo‘lga chiqishidan foydalangan karkas deb atalgan afg‘on qabilasining boshlig‘i Muso afg‘on kelib qal’ani qo‘lga kiritdi va kutvol Lashkarshoh afg‘onni qatl etdi. O‘ldirilgan og‘asining qasosini tilagan Malik Muhammad Sohibqiron huzuriga bosh urib bordi. Amir Temur uzoqni ko‘zlab ish tutdi: go‘yo bechora inining o‘tinchiga quloq solmagan bo‘lib, uni qamab qo‘yishni buyurdi. So‘ng Muso afg‘onga huzuriga kelishni talab qilib yorliq yubordi. Muso afg‘on kelgan chopardan qon o‘chi talab qilib borgan Malik Muhammad qamoqqa tushganini eshitib , xotirjam tortdi. Ammo Amir Temur qo‘shini qal’aga qarab kelayotganidan voqif bo‘lgach, unga peshvoz chiqib, qal’ani peshkash qilishni ma’qul deb topdi. Ammo u o‘z askarlaridan biriga Amir Temur qal‘aga kirishi bilan o‘q uzib, uni halok etishni buyurgan edi. Ammo pastkash niyatiga etmadi. Uzilgan o‘q xato ketdi. Muso afg‘on qilmishiga yarasha jazolandi, u qatl etildi.
Aynan mana shu voqea yillar o‘tib afsonaga asos bo‘lganiga shak-shubha yo‘q. Lashkarshoh afg‘ondan avval qal’ada Pirmuhammad Jahongir turgani uchnmi, afsonada Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida gikoya qiladi. Nabiraning o‘g‘ilga aylanishi esa faqat afsonalarda emas, hatto tarixiy kitoblarda uchrab turadigan holdir. Qolaversa, Pirmuhammad Jahongir Amir Temurning kenja o‘g‘li Shohruh bilan deyarli tengqur edi. Endi navbat afsonaga..
<div align="center">
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!

Password: turklib</div>

Ïîäåëèòåñü çàïèñüþ â ñîöñåòÿõ ñ ïîìîùüþ êíîïîê:

Ïðîñìîòðîâ: 11741
Ðåéòèíã:
  • 4
MySQL ERROR [query]: *** (you don't have a permission to see this error) ***