Botirxon Valixo'jayev - Buyuk ma'naviy murshid
<b>Buyuk ma'naviy murshid</b>
Author: Botirxon Valixo'jayev
Publisher: O’zbekiston FA «Fan» nashriyoti
Publication date: 2004
Number of pages: 169
Format / Quality: Html
Size: 1.52 Mb
Language:Uzbek
Цитата:<div align="center">
Akademik Boturxon Valixo’jayevning «Xoja Ahrori Vali» mavzuidagi turkum asarlarida faqat islomiy marifat rivojida muhim o’rin tutgan mutafakkir siymo hayoti va faoliyatigina emas, balki Sharq madaniyatiga sezilarli ta’sir o’tkazgan ulug’ allomalar Burhoniddin Sog’arjiy, Fazlulloh Abullaysiylar xonadonidan yetishib chiqqan mashhur kishilar haqidagi haqiqatlar ham yoritiladi.
Olim «Xojalar xojasi – Xoja Ubayd» (Bobur ta’rifi) tarixi haqida mulohaza yuritar ekan, haqli ravishda «Nahotki, xalq «qotil» va «johil»ni bir Necha o’n yillar emas, balki bir Necha yuz yillar davomida shunchalik e’zozlasa? Bunga qo’shimcha ravishda o’z davrining ulug’ mutafakkir va shoirlari – Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur nega Xoja Ahrorni o’zlarining ma’naviy pirlari, murshidlari sifatida ehtirom qiladilar, unga bag’ishlab asarlar bitadilar, uning asarlarini o’zbek tiliga o’giradilar? Yoki bu allomalar uning kimligini bilmasmi edilar?» (62-bet), Deya savol qo’yadi. Olimning o’zi qo’ygan savolga javoban kitobda keltirilgan Xoja Ahrori Vali hayoti tafsilotlari, ilmiy va siyosiy faoliyatining hozircha fanga ma’lum bo’lgan mukammal tavsifi, XX asr G’arb va xorijiy Sharq olimlari bildirgan fikrlarning ilmiy tahlillari o’quvchini ham ajablantirgan yuqoridagi savolga oydinlik kiritadi.
Xoja Ahrori Vali shaxsi o’z davrining ma’naviy talabi, faylasuflar tili bilan aytganda, o’sha davr uchun zarurat edi. Unga qo’l bergan shahzodalar uning maslahatlariga kirib xato qilmadilar. U qonli urushlar yo’liga ko’ndalang turdi, aka-uka shahzodalarni yarashtirdi. U tarbiyalagan muridlardan shayxul-islom Abdurahmon Jomiylar, Alisher Navoiylar yetishib chiqdi. Hazrat Amir Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» asarida ta’kidlaganiDek, Hoja Ahrori Vali o’sha davr Movarounnahru Xurosonining murabbiysi, nigahboni edi. Xoja Ahror shohlar karamiga, muruvvatiga muhtoj emas edi, balki shohlar uning oqilona maslahatlariga muhtoj edilar. Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida yozganiDek: «...Movarounnahr salotuni o’zlarini alarning muridzodalari va mahkumi hukmi tutar edilar. Yo’qki, yolg’uz Movarounnahr salotuni, balki Xuroson va Iroq va Ozarbayjon, hattoki bir saridin Rum va Misrg’acha va bir saridin Xitoy va Hindgacha barcha muluk va salotin o’zlarin Xo’janing mahkumi va ma’muri farmoni tutar erdi...».Mundarija:
So’z boshi
Naqbandiyaning shuhratli mash’ali
Murshidi komil
Kirish
Xoja Ahrori Vali
Xoja Ahrori Valini anglashga intilish
Xoja Ahrori Valining davri va tarjimai holi
Xoja Ahrorning fazilatlari, merosi va aqidalari
Xoja Ahrorning aytganlari, hikmatlari
Yaxshilar qutbi va madadkori hazrat Xoja Ahrorning vafoti tarixi.
Xoja Ahrorning shuhratli muxlislari
Ahroriylar faxri
Xoja Ahrori Vali shajaralari
Shayx Xovandi Tahur
Abu Bakr Qaffoli Shoshiy
Xulosa o’rnida
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: