Buyuk muhaddislar: Imom Al-Buxoriy,Imom Muslim,Imom At-Termiziy
Buyuk muhaddislar: Imom Al-Buxoriy,Imom Muslim,Imom At-Termiziy
Author: Ubaydulla Uvatov
Publisher: Toshkent., "Qomus"
Publication date: 1998
Number of pages: 64
Format / Quality:PDF
Size: 5,2 Mb
Language: Uzbek
Öèòàòà:Imom Muslim ibn Hajjoj
Imom Muslimning to‘liq ismlari Abul-Husayn Muslim ibn al-Hajjoj. ibn Varad ibn Kushoz al-Qushayriy an-Naysoburiy (an-Nishopuriy) bo‘lib, taval-ludlari yilini ko‘pchilik tarixnavislar hijriy 204 (melodiy 819) deb ta’kidlashadi. Arab tarixchisi Ibn Xallikonning yozishicha esa, ul kishi 821 yilda Nishopurda tug‘ilganlar. Bu fikr hozirgi zamon tadqiqotchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.ÐàñêðûòüO‘sha davrda Nishopur Sharqning ilm-fan va madaniyati gullab-yashnagan shaharlaridan bo‘lib, mashhur arab jug‘rofiy olimi Yoqut al-Hamaviy uning haqida: «Nishopur — azim shahar bo‘lib, turfa fazilatlarga boy, fozilu fuzalolar koni, olimu ulamolar manba’idir. Men uningdek ko‘p ziyorat qilinadigan shaharni ko‘rganim yo‘q» — deb yozadi. Haqiqatan ham Nishopurdan juda ko‘p yirik ulamolar yetishib chiqqan.
Muslim ibn al-Hajjojning bolalik yillari haqida manba’larda aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Olimlar taxminicha, ul kishi o‘sha davr taomiliga ko‘ra, dastlab tahsilni o‘z otalari Al-Hajjoj va boshqa ulamolardan olib, Qur’oni Karimni yod olganlar. Chunki, tarixchi Ibn al-Asokirning yozishicha, Imom Muslimning otalari o‘sha davrning yetuk olimlaridan bo‘lib, ko‘pchilik ilm toliblariga ustozlik qilganlar. Az-Zahabiyning «Tazkirat al-huffoz» («Hofizlar haqida tazkira») nomli asarida «Muslim hadis ilmini hijriy 218 yildan o‘rgana boshlagan» deganiga ko‘ra, ul kishi 12 yoshdan boshlab hadis ilmidan tahsil olishga kirishganlar. Muslim ibn al-Hajjojning bundan keyingi hayotlari, xususan, oilaviy ahvollari haqida ham manba’larda aniq ma’lumotlar yo‘q. Har holda, Muslim ibn al-Hajjojning «Abul-Husayn» («Husaynning otasi») degan kunya bilan atalganlari Husayn ismli o‘g‘illari bo‘lganiga ishoradir. Bu o‘rinda «Bag‘dod tarixi» nomli ko‘p jildli asar muallifi, taniqli tarixchi Al-Xatib al-Bag‘dodiy (1002—1071) ning quyidagi rivoyati Muslim ibn al-Hajjojning oilaviy ahvollari xususida muayyan tasavvur hosil qiladi: «Ilmiy-ma’rifiy majlislarning birida Muslim ibn al-Hajjoj o‘zlari ilgari sira eshitmagan bir hadisni aytishganda, darhol majlisni tark etib, uylariga ketdilar. Uylariga borgach, sham yoqdilarda, ahli baytlariga: «Mening huzurimga birortangiz kirmangizlar»! — dedilar». Shunga ko‘ra, Muslim ibn al-Hajjojning ahli baytlari, albatta, xotin va o‘g‘il-qizlari bo‘lishi kerak, deb taxmin qilish mumkin. Ilm bilan bir qatorda Muslim ibn al-Hajjoj kiyim-kechak savdosi bilan ham shug‘ullanganlar, bu haqda manba’larda aniq ma’lumotlar keltirilgan. «Muslim ibn al-Hajjoj Nishopurda tijorat bilan shug‘ullanib, kattagina boylik orttirgan edi» deb yozadi arab tarixchisi Ibn al-Imod. Bundan xulosa qilish, mumkinki, Muslim ibn al-Hajjoj o‘ziga to‘q, badavlat oiladan bo‘lib, ilm olish borasida ham, hadis to‘plash uchun uzoq-yaqin yurtlarga (Iroq, Hijoz, Shom va Misrga) qilgan safarlarida ham moddiy qiyinchilik ko‘rmaganlar.
Muslim ibn al-Hajjoj ko‘plab ustozu murshidlarning majlislarida bo‘lib, hadis sohasidagi bilimlarini oshiradilar. Chunonchi, Xurosonda Qutayba ibn Sa’iyd, Yahyo ibn Yahyo an-Naysoburiy, Ishoq ibn Rohvayh, Bushr ibn al-Hakamdan, Rayda Muhammad ibn Mahron al-Jamol, Ibrohim ibn Muso al-Farra, Al-Hofiz Abu G‘asson, Muhammad ibn Amr ar-Roziydan, Bag‘dod, Kufa, Basrada Imom al-Buxoriy, Ahmad ibn Hanbal, Ubaydulloh al-Qavoriyriy, Xalaf ibn Hishon am-Bazor, Abdulloh ibn Avan al-Xarroz, Surayj ibn Yunus, Sa’iyd ibn Muhammad al-Xurmiy, Abdulloh ibn Maslama al-Qa’nabiy, Abu Rabiy’ az-Zahroniy, Umar ibn Hafs ibn G‘iyos, Abu G‘asson Molik ibn Ismoil, Ahmad ibn Abdulloh ibn Yunusdan, Shom (Suriya)da esa Muhammad ibn Xolid as-Saksakiy, Al-Valiyd ibn Muslimdan hadislar eshitadilar. Hijozga qilgan safarlari davomida Makkai Mukarrama va Madinai Munavvarani ziyorat qiladilar. Bu muqaddas shaharlarda Ismoil ibn Abu Uvays, Abu Mus’ab az-Zahraviy, Sa’iyd ibn Mansur, Muhammad ibn Yahyo ibn Abu Umar, Abduljabbor ibn al-A’lodan hadis tinglaydilar. Misrda bo‘lganlarida esa Muhammad ibn Ramah, Iso ibn Hamad va Xarmada ibn Yahyo kabi ulamolardan hadis eshitadilar. Muslim ibn al-Hajjojning xorijiy yurtlardagi shayxlari, ya’ni ustozlari qatoriga Al-Haysam ibn Xorija, Shaybon ibn Farrux, Abu Shaybaning o‘g‘illari — Abu Bakr va Usmon kabi allomalarni ham kiritish mumkin.
Manba’larda Muslim ibn al-Hajjojning ushbu safarlarining tartibi, ya’ni qaysi shaharda qachon bo‘lganliklari haqida aniq ma’lumot keltirilmagan. Taxminlarga ko‘ra, zikr qilingan shaharlarning ba’zilarida bir necha marta bo‘lganlar, o‘z yurtlariga qaytgach esa hadisdan dars berganlar, so‘ng yana safarlarini davom ettirganlar. Chunonchi, ul kishining Bag‘dodga kelganlari haqida ko‘pgina tarixchilar: «Muslim ibn al-Hajjoj Bag‘dodga bir necha marta kelib, uzoq muddat hadisdan dars berganlar. Bag‘dodga 259(872) yilda oxirgi marta kelgan edilar» — deb yozishgan. Shuningdek, manba’larda 220 (839) yilda haj farzini ado qilganlari va Makkai Mukarramada Al-Qa’nabiy bilan uchrashganlari haqida xabar qilinadi. Demak, Imom Muslim 18 yoshda haj ibodatini ado etganlar, ul kishining bundan keyin yana Makkani ziyorat qilganlari haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Muslim ibn al-Hajjojning qiyofalari haqida manba’larda: «Qaddi-qomati kelishgan, soch-soqoli oq bo‘lib, sallasining uchi ikki kifti orasida osilib tu-rar edi» — deyilgan. Muslim ibn al-Hajjoj o‘z davrlarining g‘oyatda obro‘-e’tiborli kishilaridan bo‘lib, o‘ta haqiqatgo‘y va ilm ahlining eng buyuk peshvolaridan biri edilar. Imom Muslimning bir qancha zamondoshlari va shogirdlari ul kishining hadis va fiqh ilmi borasida yuqori darajaga yetishganlarini yakdillik bilan ta’kidlaganlar. «Sahih Muslim»ga sharh yozgan mashhur olim An-Navaviy: «Muslimdan keyin o‘tgan ulamolardan birortasi ham uning darajasiga yetisha olmadi, faqat ayrimlarigina uning darajasiga bir qadar yaqinlashishga muvaffaq bo‘lgan» — deb ta’kidlagan. Imom Muslimning quvvai hofizalari kuchli bo‘lib, minglab hadislarni yod bilganlar, shul bois ul kishiga «Hofiz» unvoni berilgan edi. Darhaqiqat, Muslim ibn al-Hajjoj dunyoga mashhur to‘rt hofizdan biri hisoblanadilar. Ularning qolgan uchtasi Imom al-Buxoriy, Abu Zur’a va Abdulloh ad-Doramiydir. O‘sha davr tartibiga ko‘ra, «hofiz» unvoniga erishmoq uchun kamida mingta hadisni yod bilmoq shart bo‘lgan.
Muslim ibn al-Hajjoj hadis ilmiga bor iqtidoru umrlarini sarflagan olim edilar. Ko‘plab zamondosh ulamolar ul kishidan hadis ilmi bo‘yicha ta’lim olgan, ul kishidan rivoyat qilgan. Muhammad ibn Muxallad, Imom at-Termiziy, Ahmad ibn Salma, Abu Amd al-Mustalamiy, Muhammad ibn Abdulvahhob al-Farra, Yahyo ibn Sa’iyd, Ibrohim ibn Muhammad ibn Sufyon, Abu Uvona shular jumlasidandir.
IMOM MUSLIM VA IMOM AL-BUXORIY
Manba’larda keltirilishicha, ikki buyuk muhaddis — Muslim ibn al-Hajjoj bilan Imom al-Buxoriy o‘rtalarida yaqin do‘stona va ilmiy aloqalar bo‘lgan bo‘lib, Imom Muslim Imom al-Buxoriydan ko‘p saboq olganlar. Ularning dastlabki uchrashuvi taxminan 250 hijriy (863—864 melodiy) yilda, Imom al-Buxoriy Nishopurga kelib, hadis ilmidan saboq bera boshlagan kezlarda yuz bergan. Bu paytda Imom Muslim qirq yoshdan oshgan bo‘lib, balki bu ikki buyuk muhaddisning uchrashuvi bundan oldinroq yuz bergan bo‘lishi ham mumkin. Taniqli olim Ya’qub al-Hofiz: «Men Muslim ibn al-Hajjojning Imom al-Buxoriy huzurlarida mual-limi qoshida, odob saqlab o‘ltirgan o‘quvchi boladek o‘ltirganini ko‘rganman» — deyish bilan Imom Muslimning Imom al-Buxoriyga shogird bo‘lganlarini ishora qiladi.
Muslim ibn al-Hajjojning Imom al-Buxoriyga muhabbatlari cheksiz bo‘lib, doimo ul kishiga izzat-ikrom ko‘rsatganlar. Masalan, Imom Muslim bir kuni Imom al-Buxoriyning huzurlariga kelib, ul kishining yuzu ko‘zlaridan o‘pgach: «Ey ustozlarning ustozi, muhaddislarning sayyidi, illatli hadislarning tabibi! Menga oyoqlaringizni o‘pishga ruxsat qiling!»—deb murojaat qilganlar. Imom al-Buxoriy Nishopurda turgan vaqtlarida ul kishidan bir qadam ham ajralmaganlar, ertayu kech yonlarida bo‘lganlar. Buyuk daho sohibi bo‘lmish Imom al-Buxoriyning obro‘-e’tiborlari Nishopur ahli o‘rtasida oshib, shuhratlari har tarafga yoyilgach, kattayu kichik ilm toliblari hadis ilmidan saboq olish maqsadida ul kishining huzurlariga kela boshladilar. Imom al-Buxoriyga nisbatan ahli ilm e’tiborining g‘oyatda ortishi ba’zi olimlar, ayniqsa, mahalliy ulamolar hasadiga sabab bo‘ldi. Nishopurlik muhaddis Muhammad ibn Yahyo az-Zuhliy bu borada g‘oyat beandishalik ko‘rsatdi. Chunonchi, ilm toliblari uning ilmiy yig‘inlariga bormay, Imom al-Buxoriyning darslariga kela boshlaganda, u Imom al-Buxoriy haqlarida turli-tuman ig‘vo va bo‘htonlar tarqatib, har qanday yo‘llar bilan ul kishini obro‘sizlantirishga urindi. Shunda Muslim ibn al-Hajjoj ul kishiga sodiq qoldilar, qo‘llab-quvvatladilar, zarracha ikkilanmay himoya qildilar, «Ustoz! Sizni faqat hasadgo‘ylargina ko‘rolmaydilar, men shohidlik beramanki, sizdek buyuk zot bu dunyoda yo‘q!» — deb Imom al-Buxoriyga tasalli berdilar. Shunga qaramay Az-Zuhliy yolg‘on-yashiq tashviqotlari bilan ba’zilarni aldab, Imom al-Buxoriyning darslaridan bezdirishga muvaffaq bo‘ladi. Lekin, Muslim ibn al-Hajjoj Imom al-Buxoriydan ajramay, doimo birga bo‘ladilar. Natijada Az-Zuhliy bilan o‘rtalarida kuchli adovat paydo bo‘ladi. Ish shunga borib yetadiki, Muslim ibn al-Hajjoj Az-Zuhliyning huzuriga mutlaqo bormay qo‘yishlari bilan birga, hatto uning darslarida neki yozib olgan bo‘lsalar, barchasini jamlab hammol orqali uyiga qaytarib yuboradilar. Bularning hammasi Muslim ibn al-Hajjojning ustozlari Imom al-Buxoriyga nisbatan hurmat va sadoqatlari beqiyos darajada yuksak bo‘lganligining dalilidir.
IMOM MUSLIM IBN AL-HAJJOJNING ASARLARI
Imom Muslimning qalamlariga mansub asarlar ko‘p bo‘lib, ularning aksariyati hadis ilmiga bag‘ishlangandir. Ammo, ba’zilarining faqat nomigina ma’lum bo‘-lib, afsuski, bizgacha yetib kelmagan. Ular quyidagilardan iborat:
1. «Al-Jomi’ as-sahih». Bu asar Imom Muslimiing shoh asarlari bo‘lib, uning xususida keyinroq bayon qilamiz.
2. «Al-Munfarida val-vuhdon» («Alohida va yakkalar»). Bu asar bir roviy tomonidan rivoyat qilingan hadislar xususida bo‘lib, 1323 hijriy (1904 melodiy) yilda Haydarobodda nashr qilingan.
3. «Kitob al-kuna val-asmo’» («Kunya va ismlar haqida kitob»). Bu kitob roviylarning kunya va ismlari haqida. Uning hijriy 5-asrda yozilgan bir qo‘l-yozmasi Damashqdagi Az-Zohiriya, yana bir qo‘lyozmasi Hindistonning Botina va yana bir qo‘lyozmasi Turkiyaning Ayai Shahiyd kutubxonasida saqlanadi.
4. «Kitob at-tamyiyz» («Farqlash haqida kitob»). Bu asarshing hijriy 6-asrda ko‘chirilgan bir qo‘lyozma nusxasi Damashqdagi Az-Zohiriya kutubxonasida.
5. «Rijol Urva ibn az-Zubayr» («Urva ibn az-Zubayrdan rivoyat qilgan roviylar»). Bu asarning bir nusxasi Damashqdagi Az-Zohiriya kutubxonasida bo‘lib, u 463 hijriy (1071 melodiy) yilda iroqlik mashhur tarixchi Al-Xatib al-Bag‘dodiy tomonidan ko‘chirilgan.
6. «Kitob at-tabaqot» («Roviylar tabaqalari haqida kitob»). Bu asarda Payg‘ambar alayhissalomni ko‘rgan va ul zot xususlarida rivoyat qilgan zamondoshlar haqida fikr yuritiladi. Uning bir qo‘lyozma nusxasi Turkiyadagi Ahmad as-Solis kutubxonasida.
Bulardan tashqari Imom Muslimning yana bir qancha asarlari bo‘lib, ular bizgacha yetib kelmagan. «Al-Afrod», «Afrod ash-shomiyyiyn», «Al-Aqron», «Avhom al-muhaddisiyn» va «Al-Ilal» shular jumlasidandir,
IMOM MUSLIMNING VAFOTLARI XUSUSIDA
Muslim ibn al-Hajjoj butun umrlari davomida hadis ilmi bilan shug‘ullanib, ellik besh yoshga yetmasdan vafot etdilar. Yozma manba’larda ko‘rsatilishicha, Imom Muslim hijriy 261 yil, rajab oyining 24-kuni (milodiy 875 yil, 5-may) nomozshomda vafot etib, ertasi dushanba kuni Nishopurdagi Nasrobod qabristoniga dafn etilganlar.
Imom Muslimning necha yil umr ko‘rganlari xususida tarixchilar turli fikrni bildirganlar. As-Suyutiy, Ibn al-Imod kabi olimlar ul kishining oltmish yil umr ko‘rganlari haqida yozganlar, Az-Zahabiy va Ibn Hajar al-Asqaloniy esa ellik yetti yil yashaganlarini, Ibn Xallikon, Ibn as-Saloh, Al-Hokim an-Naysoburiy esa ellik besh yil hayot kechirganlarini qayd etishgan.
«SAHIH» — IMOM MUSLIMNING ShOH ASARLARI
Shubhasiz, Muslim ibn al-Hajjoj ijodlarining gultojisi — ul kishining «Sahihi Muslim» asarlaridir. Bu asar muallifning uzoq yillar davomida qilgan mashaqqatli mehnatiyu, butun aql-zakovatining samarasi bo‘lib, Payg‘ambarimiz alayhissalomning hadislariga bag‘ishlangan eng e’tiborli va muhim manba’lardan biridir. Ilmiy adabiyotlarda bu asar ba’zan «Al-Jomi’» yoki «Al-Musnad» nomlari bilan ham yuritiladi.
Ma’lumki, Muslim ibn al-Hajjojga qadar ham Payg‘ambarimiz alayhissalom hadislariga doir talaygina asarlar yaratilgan. Biroq, ushbu asarlarning mual-liflari hadislarni va ularning isnodiyu, matnlarini chuqur o‘rganishga ko‘p ham e’tibor bermaganlar. Shu sababdan, ba’zan esa g‘arazli maqsadlar tufayli «sahih» (to‘g‘ri, ishonchli) hadislar bilan birga xalq orasida xato, shubhali va hatto soxta hadislar ham paydo bo‘la boshlagan. Mana shunday sharoitda birinchi bo‘lib buyuk alloma Imom al-Buxoriy, so‘ng Imom Muslim faqat sahih hadislardan iborat alohida to‘plam yaratishni boshlab berishdi. Hadis ilmidagi bu batamom yangi yo‘nalishga ulug‘ vatandoshimiz Imom al-Buxoriy asos solib, Imom Muslim ibn al-Hajjoj esa bu borada ul kishiga ergashdilar. Shu boisdan ham ularning asarlari haqli ravishda «Sahihi al-Buxoriy» va «Sahihi Muslim» deb ataldi. Imom Muslim ibn al-Hajjojning bu asarlarining ahamiyati shundaki, undan matn va isnodlari chuqur tekshirilgan sahih hadislargina o‘rin olgan. Muslim ibn al-Hajjoj bu haqda: «Har bir hadisni hujjat-dalillarga tayangan holdagina kitobimga kiritdim yoki kiritmadim. Kitobim o‘zim eshitgan uch yuz ming hadisning sahihlaridan tasnif etilgan»—deb ta’kidlaydilar.
«Sahihi Muslim» asarining yozilish muddati haqida aniq ma’lumotlar bo‘lmasada, bunday yirik asarning uzoq yillar davomida qilingan mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Chunki, har bir hadisni eshitib, matnu isnodini aniqlash g‘oyatda mushkul ish bo‘lib, buning uchun qanchadan-qancha mamlakatlarni kezib, ne-ne mashaqqatlarni boshdan kechirish lozim bo‘lgan. Imom Muslim zamondoshlari qoldirgan ma’lumotlar asosida bu asar taxminan o‘n besh yil davomida yozib tugatilgan deyish mumkin.
Tarkibiy jihatdan bu asar sakkiz qismdan iborat bo‘lib, ular hadislarning mazmun-mohiyati va mavzulariga ko‘ra, ellik to‘rt (ba’zi manba’larda ellik ikki) bobga bo‘linadi. Chunonchi, iymon, tahorat, namoz, masjid, zakot, ro‘za, haj, nikoh, farz, vasiyat, ovchilik, kiyim-kechak, zeb-ziynat, odob-axloq, ilm-fan, ma’rifat, fazilat, tabobat boblari shular jumlasidandir. Kitobga kiritilgan xadislarning umumiy soni 5781 ta.
«Sahiyh Muslim» hind tiliga tarjima qilinib, Mavlaviy Vahiyd az-Zamon yozgan sharh bilan birga Lahorda nashr qilingan (hijriy 1304—1306). Bu asar panjob tiliga ham tarjima qilinib, Abdulaziz ibn G‘ulom Rasul tomonidan bitilgan sharh bilan birga chop etilgan (Lahor, hijriy 1307).
Imom Muslimning bu asarlari katta ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy va amaliy ahamiyatga molik bo‘lib, uni o‘zbek tiliga tarjima qilish sharqshunoslarimiz, olimu ulamolarimiz oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lmog‘i kerak. Janob Payg‘ambarimiz alayhissalomning o‘ta hayotiy va rushdu hidoyatga boshlovchi pandu nasihatlari mustaqil O‘zbekistonimiz uchun bugungi kunda g‘oyatda zarurdir.
«SAHIH MUSLIM»GA YOZILGAN AYRIM SHARHLAR»
«Tafsir g‘ariyb as-sahihayn». Muallifi Hamidiy (? —hijriy 488). Qo‘lyozma nusxasi Damashqdagi «Al-Xizona at-Taymuriyya»da saqlanadi.
«Al-Mu’lim fiy favoid Muslim». Muallifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Abu Tamim al-Mozariy (? —1141). Qo‘lyozma nusxalari Parij, Fes, Is-tanbul, Qohira, Rabot kutubxonalarida saqlanadi.
«Siyonat Sahiyh Muslim minal-ixlol val-g‘alat va himoyatuhu minal-isqot vas-saqt». Muallifi Usmon ibn Abdurrahmon ash-Shahruzuriy ibn as-Saloh (? — 1243). Qo‘lyozma nusxasi Istanbuldagi «Ayo-Sofiya» kutubxonasida saqlanadi.
«Al-Mufsih. al-mufhim val-muvzihal-mulhim li-ma’oniy Sahiyh Muslim». Muallifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yahyo al-Ansoriy (? —1248). Qo‘lyozma nus-xasi Qohiradagi «Tal’at» kutubxonasida mavjud.
«Al-Mufhim li-mo ashkala min talxiys kiob Muslim». Muallifi Abulabbos Ahmad ibn Umar ibn Ibrohim al-Qartobiy (? —1258). Qo‘lyozma nusxalari Damashq, Halab, Qohira, Rabot, Basra, Madinai Munavvara kutubxonalarida saqlanadi.
«Minhoj al-muhaddisiyn va sabiyl talbiyat al-muhaqqiqiyn». Muallifi An-Navaviy (? —1277). Bu asar bir necha marta Lakhnau, Dehli, Qohirada nashr
etilgan. Qo‘lyozma nusxalari Parij, London, Leyden, Milan, Istanbul, Tunis, Mosul, Berlin, Botina, Halab kutubxonalarida mavjud.
«Ikmol al-ikmol». Muallifi Aburruh Iso ibn Mas’ud az-Zavoviy al-Molikiy (? — hijriy 774). Qo‘lyozma nusxasi Qohira kutubxonalarida saqlanadi.
«Ikmol al-ikmol». Muallifi Abdulloh Muhammad ibn Xalfa al-Bushtotiy al-Abiy at-Tunisiy al-Molikiy (? —1424). Qo‘lyozma nusxalari Qohira, Jazoir, Tunis, Rabot, Fes, Mosul, Istanbul, Botina, Myunxen kutubxonalarida saqlanadi. Qohirada chop etilgan.
«Fazl al-mun’im fiy sharh Sahiyh Muslim». Muallifi Shamsuddin ibn Abdulloh ibn Atoulloh ar-Roziy (? —1426). Qo‘lyozma nusxalari Turkiyadagi «Fazlulloh» kutubxonasida va Hindistondagi Bangpur shahri kutubxonalarida mavjud.
«Tuhfat al-munjid val-muthim fiy g‘ariyb Sahiyh Muslim». Muallifi noma’lum. Qo‘lyozma nusxasi Istanbuldagi «Al-Hamidiyya» kutubxonasida saqlanadi.
«Mukmil Ikmol al-ikmol». Muallifi Muhammad ibn Yusuf as-Sanusiy (? —1486).) Qohirada chop etilgan (hijriy 1328). Qo‘lyozma nusxalari Fes va Rabot kutubxonalarida mavjud.
«Ad-Diyboj ala Sahiyh Muslim ibn al-Hajjoj». Muallifi Jaloluddin Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Suyutiy (? —1505). Qo‘lyozma nusxalari Fes, Peshovar, Qohira, Iskandariya, Madinai Munavvara, Istanbul kutubxonalarida saqlanadi.
«G‘uniyat al-muhtoj fiy xatmi Sahiyh Muslim ibn al-Hajjoj». Muallifi Muhammad ibn Abdurrahmon as-Saxaviy (? —1497). Qo‘lyozma nusxasi Qohiradagi «Dor al-kutub»da saqlanadi.
«Sharh xutbat Muslim ibn al-Hajjoj». Muallifi Al-Qastaloniy. Qo‘lyozma nusxasi Misrdagi Al-Mansura shahri kutubxonalarida saqlanadi.
«Xatm Sahiyh Muslim». Muallifi Abdulqodir an-Nodimiy (? —1521). Qo‘lyozma nusxasi Berlin kutubxonalarida mavjud.
«Bug‘yat al-qori’ val-mutafahhim». Muallifi Yahyo ibn Muhammad as-Sunbotiy (? —1551). Qo‘lyozma nusxasi Germaniyadagi Gota shahri kutubxonalarida saq-lanadi.
«Sharh Sahiyh Muslim». Muallifi Abdurrauf al-Munoviy (? —1622). Qo‘lyozma nusxasi Iroqdagi Mosul shahri kutubxonasida saqlanadi.
«Sharh Sahiyh Muslim». Muallifi Ibrohim ibn Muhammad al-Ajamiy al-Halabiy. Qo‘lyozma nusxasi Oksford shahri kutubxonasida saqlanadi.
«Hoshiyat Abulhasan ibn as-Sindiy». Muallifi Abulhasan ibn as-Sindiy (? —1723). Qo‘lyozma nusxasi Istanbul dorulfununi kutubxonasida saqlanadi. Mo‘ltonda nashr qilingan.
«Inoyat al-mun’im li-sharh Sahiyh Muslim». Muallifi Abdulloh ibn Muhammad Yusuf Afandizoda Hilmiy (? —1753). Qo‘lyozma nusxalari Turkiyadagi «Nur al-Usmoniyya» kutubxonasida saqlanadi.
«Hoshiyat sharh Muslim». Muallifi Ali ibn Ahmad as-Sa’idiy (? —1754). Qo‘lyozma nusxasi Istanbul kutubxonalaridan birida saqlanadi.
«Vashy ad-diyboj ala Sahiyh Muslim ibn al-Hajjoj». Muallifi Ali ibn Sulaymon al-Mag‘ribiy ad-Damnatiy al-Bajam’aviy. Qohirada chop etilgan (hij-riy 1298).
«As-Siroj al-vahoj min kashf matolib Sahiyh Muslim ibn al-Hajjoj». Muallifi Siddiyq ibn Hasan ibn Ali al-Husayniy al-Qanujiy al-Buxoriy. (? — 1890).
«Fath al-mulhim bisharh Sahiyh Muslim». Muallifi Shabbiyr Ahmad ad-Dayyubandiy (ad-Darbandiy) al-Usmoniy (? —hijriy 1369). Dehlida nashr qi-lingan.
Ubaydulla Uvatovning "Buyuk muhaddislar" kitobidan olindi.
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Ïîäåëèòåñü çàïèñüþ â ñîöñåòÿõ ñ ïîìîùüþ êíîïîê: