Hikmatlar (Bolalar uchun)
<b>Hikmatlar (Bolalar uchun) </b>
Author:Alisher Navoiy
Publisher: Toshkent.,"Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti
Publication date: 1999
ISBN: 978-9943-08-689-0
Number of pages: 16
Format / Quality: PDF
Size: 2,6 Mb
Language: Uzbek
Цитата:<div align="center">Alisher Navoiy
Oʻzbek xalqining ulugʻ mutafakkiri Alisher Navoiy jahon adabiyoti, madaniyatiga, insonlar baxt-saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodonligi uchun ulkan hissa qoʻshgandir. Alisher Navoiy 1441 yil 9-fevralda Hirot shahrida tugʻildi. Otasi Gʻiyosiddin Kichkina temuriylar saroyidagi amaldorlardan boʻlib, Alisherning oʻqishi, tarbiyasiga alohida eʼtibor beradi. 4-5 yoshida Alisherni maktabga oʻqishga beradi.Tarjimai hol
Alisher Navoiy 1441 yil 9-fevralda Hirot shahrida tugʻildi. Otasi Gʻiyosiddin Kichkina temuriylar saroyidagi amaldorlardan boʻlib, Alisherning oʻqishi, tarbiyasiga alohida eʼtibor beradi. 4-5 yoshida Alisherni maktabga oʻqishga beradi. Alisher mashhur tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning suhbatida boʻladi, Hirotda Saʼdiyning "Guliston" va "Boʻston", Fariddin Attorning "Mantiq-u-tayr" ("Qush nutqi") asarini oʻqib oʻrganadi, musiqa, tarix fanlari bilan jiddiy shugʻullanadi, otasining vafotidan keyin Abulqosim Bobir qaramogʻida tarbiyalanadi, uning saroyida xizmat qiladi. Abulqosim bilan Mashhadga borib, bu shaharda oʻqishni davom ettiradi. Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, Lutfiy, Atoiy ijodini chuqur oʻrganadi. Alisher 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Samarqand shahrida boʻlgan yillarda atoqli olim va sanʼatkorlar-Mirzo Xoji Sugʻdiy, Sayid Qutb Samarqandiy va boshqalar asarlarini oʻrganadi. Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallaganda, Hirotga qaytib, saroyda dastlab muhrdorlik, soʻngra vazirlik vazifalarini ado etadi, shaharning obodonligiga, fuqarolar tinchligi, farovonligiga alohida eʼtibor beradi, ijodiy ishini ham davom ettiradi: "Xamsa", "Lisot-ut-tayr" (Qush tili), "Mahbub-ul-qulub" (Koʻngillarning sevgani), "Majolis-un-nafois" (Goʻzallar majlisi), "Xazoyin-ul-maoniy" (Maʼnolar xazinasi) va boshqa asarlarini yozadi. Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda Hirot shahrida vafot etadi.Faoliyati
РаскрытьDevonlar
"Ilk devon" 1465-1466.
"Badoeʼ – ul bidoya" (Boshlangʻich ijodlar) - 1465/66-1480/81
"Navodirun – nixoya" (Eng nodir sheʼrlar) ~1480
"Xazoyinul maoniy" (Maʼnolar xazinasi) (Chor devon) 1492 – 1498/99
"Gʻaroibus –sigʻar" (Bolalik ajoibotlari)
"Navodirush - shabob" (Yigitlik nodirliklari)
"Badoeʼul – vasat" (Oʻrta yosh badialari)
"Favoyidul kibar" (Keksalik foydalari)
"Devoni Foniy" 1496 (fors tilida)Xamsa
"Xayrat ul – abror" "Yaxshilar Xayrati" 1483
"Layli va Majnun" 1484
"Farhod va Shirin" 1484
"Sab'ai Sayyor" (Yetti sayyora) 1485
"Saddi Iskandariy" 1485She'riy Asarlar
"Lisonut tayr" (Qushlar tili) 1498/99
"Chixl hadis" (Qirq hadis) 1481/82Nasr, Didaktik va Falsafiy asarlari
"Мажолисун нафоис" (Nafis tab'ilar majlisi) 1491/92-1498/99
"Muhokamatul – lugʻatayn" (Ikki til hakida muhokama) 1499 dekabr
"Mezonul avzon" (Vaznlar tarozusi) 1492
"Risolan muammo" (Muammolar hakida risola) 1492
“Maxbubul qulub” (Qalblar mahbubi) 1500-1501
"Xamsatul – mutaxayyirin" (Besh Xayrat) 1492/93-1495/96
"Holoti Sayid Xasan Ardasher" 1490/91
"Holoti Paxlavon Muxammad" 1491/95
"Munshaot" (Maktublar toʻplami) 1491/92
"Vaqfiya" 1481/82
"Tarixi anbiyo va hukamo" (Anbiyo va hukamolar tarixi) 1485 -1498/99
"Tarixi muluki ajam" (Eron podshohlari tarixi) 1485- 1498/99
"Nazmul - javohir" (Gavharlar shodasi) 1485
"Nasoimul muhabbat" (Sevgi shabadalari) 1495/96
"Sirojul Muslimin" (Musulmonlar charogʻi) 1499/1500
Munojotnoma 1499/1500
"Forsiy Munshaot" (Forscha maktublar toʻplami) (fors tilida) yili aniqlanmangan va qoʻlyozmasi hozircha topilmadi
"Fusuli Arbaz" (Toʻrt fasl) yili aniqlanmangan va qoʻlyozmasi hozircha topilmadi.
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: