Hoji Muin - Tanlangan asarlar

28.08.10 | yabgu

http//photoload.ru/data/51/0d/dd/510ddd2cd53a5404d36ae1ff4cb5c806.jpg


<b>Tanlangan asarlar</b>
Author: Hoji Muin
Composer: N.Nomozova
Editor: B.Do'stqorayev
Publisher: Toshkent.,"Ma'naviyat"
Publication date: 2005
Number of pages: 176
Format / Quality: PDF
Size: 3,1 Mb
Language:Uzbek

Öèòàòà:

HOJI MUIN
(1883 - 1942)


Hoji Muin milliy uyg’onish davri Samarqand adabiy muhitining samarali ijod etgan iste’dodli vakili, jurnalist, shoir, dramaturg va tarjimon.
U 1883 yil 19 martida Samarqand shahrining Ruxobod mavzeida tug’ilgan. Eski maktabda savod chiqargan. Madrasada Saidahmad Vasliydan ta’lim olgan. Rus tilini, Evropa madaniyatini mustaqil o’zlashtirgan. 1901 yildan o’qituvchilik faoliyati boshlanadi. 1903 yili o’z mahallasida “usuli jadid” maktabi ochgan. Ushbu maktab uchun 1908 yili “Rahnomai savod” nomli alifbo nashr ettirgan. 1913 yildan Behbudiyning “Samarqand” gazetasida va “Oyna” jurnalida ishlay boshlaydi. 1914 yili “Tarbiyat” nomi bilan o’z uyida xususiy “usuli jadid” maktabi ochdi.
Hoji Muin 10-yillardan boshlab o’zbek va tojik tilidagi she’r va maqolalari bilan matbuotda ko’rina boshlaydi. 1914 yili “Guldastai adabiyot” she’riy to’plami bosilib chiqadi. 1916 yili Hoji Muin ko’plar qatori mardikorlikka olinib, front orqasidagi qora ishlarga yuboriladi. 1917 yil mayida Fevral voqealari bergan imkoniyat tufayli ona yurtiga qaytadi, matbuotda ishlay boshlaydi. Fitrat bilan birga “Hurriyat” gazetasida ishladi. 1918 yil 11 iyunida “Mehnatkashlar tovushi” gazetasini yo’lga qo’ydi. Unda mas’ul muharrir bo’lib ishladi. Uning tashabbusi bilan ushbu gazetaga ilova sifatida 1920 yilning 1 yanvaridan “Tayoq“ nomli kulgili jurnal ta’sis etiladi. 1922 yildan “Zarafshon” gazetasining tahrir hay’atida ishlaydi. 1924 yilning 1 iyunida samarqandlik iste’dodli hajvchi yoshlarning butun bir avlodini tarbiyalab etkazgan “Mashrab” kulgili jurnaliga asos soladi. 1926 yili “Ovozi tojik” gazetasiga adabiy xodim va musahhih bo’lib o’tadi, uning qoshida chiqa boshlagan “Mulla Mushfiqiy” hajviy jurnalida mas’ul kotib vazifasini bajaradi. Sevgan ishi o’qituvchilikni ham davom ettiradi.
1929 yili aksilsho’roviy faoliyatda ayblanib, olis Sibirning Karek okrug Pugachan rayoniga surgun qilinadi. Adib o’z vataniga 1932 yilda qaytib keladi. O’zbekiston davlat nashriyotining tojik bo’limida adabiy xodim va tarjimon bo’lib ishlaydi. 1934-37 yillarda “Qizil yulduz” nomli harbiy gazetada xizmat qildi. Yana sho’ro hukumati tomonidan ayblanib, 10 yilga hukm qilinadi va 1942 yil 21 iyulida Perm oblastining Solikamsk shahrida vafot etadi. Adib 1963 yilda oqlandi.
“Ijodiy tarjimai holim” (1937) risolasida 1907-37 yillar davomida 23 xil gazeta va jurnalda adabiy, ilmiy va ijtimoiy mavzularda 200 maqola, 400 turli xabarlar, 1500 ga yaqin o’zbekcha tojikcha she’rlari bosilganini xabar qiladi, asarlarining to’la ro’yxatini keltiradi. Asosiy asarlari: “She’rlar to’plami”-1400 misra’, “Eski va birmuncha yangi she’rlar to’plami”-1500 misra’, “Alfozi mutarodifa” (arabcha-forscha-turkcha-o’zbekcha lug’at), “O’zbekcha maqollar”, “Tojikcha maqollar”, “Tarjimai ahvol” (maqolalar to’plami), “Tanqidiy maktublar”, “Alifbolar ta’rixchasi”. Adibning “Behbudiyning tarjimai holiga oid materiallar”, “Taraddudoti zavjot” (“Ko’p xotin olish”), “Xotiralarim” asarlari tugallanmay qolgan.
Savodsizlikni tugatish uchun kurash yillarida “O’qitg’uvchi”(1925), Tojikiston xalq maorifi komissarligining torshirig’iga ko’ra Ismatulla Rahmatullazoda bilan hamkorlikda tojikcha “Rahbari besavodon”(1925) nomli alifbolar tuzadi.
Hoji Muin dramaturg sifatida 7 drama yozdi. “Juvonbozlik qurbonlari”, “Boy ila xizmatkor”, “Qozi ila muallim” pesalari saqlangan emas. Qolganlari: “To’y” (Nusratulla Qudratulla o’g’li bilan hamkorlikda), “Eski maktab-yangi maktab”, “Mazluma xotin”, “Ko’knori” o’z davrida nashr qilingan.
Hoji Muin tarjimon hamdir. Turkchadan “Xulosai qavoidi forsiy”ni, forschadan “Buxoro sayohati” (Fitrat)ni o’zbek tiliga tarjima qilgan. “Chaqirilmagan qo’noq“ hikoyasi chop etilmagan asarlari sirasiga kiradi. Bu asarlarning ayrimlari yo’qolgan.
1915 yili Hoji Muin boshlang’ich maktablarning 3-sinfi uchun zamondosh Turkiston shoirlari she’rlaridan “Yangi adabiyot” majmuasini tuzadi. U jurnalist sifatida yuzlab maqolalar qoldirdi. Ularning qamrovi keng: oddiy xabardan adabiy-biografik ocherkkacha, luqmadan dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolarni ko’tarib chiqqan munozaragacha bor.
Jaholatni qoralash, ilm-ma’rifatni ulug’lash, milliy ozodlik va mustaqillik g’oyalari Hoji Muin asarlarining leytmotivini tashkil etadi.
Hoji Muin hayoti va ijodini tadqiq etish bilan O’zMU olimlari professor B. Qosimov va dotsent Sh.Rizaev shug’ullanib keladilar. B. Qosimovning “Milliy uyg’onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik” kitobida Hoji Muinga alohida to’xtalingan. Sh. Rizaev 1997 yili adibning “Eski maktab, yangi maktab”, “Mazluma xotin”, “Ko’knori”, “To’y” kabi dramalarini nashr ettirdi.

MUNDARIJA

<img src="http://photoload.ru/data/32/c7/c0/32c7c0d75d714d975a6255d352b3359a_pv.jpg" alt="Image"/>

<div align="center">
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!

Password: turklb</div>

Ïîäåëèòåñü çàïèñüþ â ñîöñåòÿõ ñ ïîìîùüþ êíîïîê:

Ïðîñìîòðîâ: 4814
Ðåéòèíã:
  • 0