Mahmudxo'ja Behbudiy. Tanlangan asarlar

04.04.13 | yabgu

http//photoload.ru/data/3c/be/99/3cbe996770fa66bf58a031e908465de1.jpg


<b>Tanlangan asarlar</b>
Author: Mahmudxo'ja Behbudiy
Publisher: Toshkent: Ma'naviyat
Publication date: 1997
Number of pages: 216
Format / Quality: PDF
Size: 13,5 Mb
Language:Uzbek

http//photoload.ru/data/f6/b1/86/f6b186044ad100286a92c203a125bdd6.jpg

Öèòàòà:

Mahmudxo&#699;ja Behbudiy


Mahmudho&#699;ja Behbudiy (1875—1919) Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida tog&#699;asi Muhammad Siddiq huzurida ta&#700;lim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, so&#699;ngra muftiylik lavozimiga o&#699;tadi.

Behbudiy Turkistonda jadid maktablarining tolmas targ&#699;ibotchisi va tashabbuskorlaridan biri. Turkiy va fors-tojik tilidagi «Risolai jug&#699;rofiyai umroniy», «Risolai asbobi savod», «Kitobat ul-atfol», «Tarixi islom» kabi maktab kitoblari muallifi.

Behbudiy birinchi o&#699;zbek dramaturgi va teatr arbobi. «Padarkush» p’esasini yozdi va bu asar Samarqand (1914 15 yanvar), Toshkent (1914 27 fevral)da («Turon» truppasi) sahnalashtirildi.

Behbudiy publitsist sifatida 1901 yildan boshlab Turkiston va hatto undan tashqaridagi ko&#699;plab matbuot namunalarida 300 dan ortiq maqolalar e&#700;lon qilgan.

1919 yilda Buxoro amiri va rus sovet chekasining xodimi yordamida Qarshida qo&#699;lga olinib, qatl etilgan. Qarshi shahri 1926—1937 yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan.

Nashr qilingan adabiyotlar


Behbudiy. «Padarkush». «Sharq yulduzi» jurnali, 1989, 7-son.
Behbudiy. «Ehtiyoji millat». «Sovet O&#699;zbekistoni» gazetasi, 1989.
Behbudiy. «Bayoni haqiqat». «Fan va turmush». 1992, 5-son.
Behbudiy. «Yoshlarga murojaat», «Ikki emas, to&#699;rt til lozim». «Tafakkur» jurnali, 1994, 1-son.
Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma&#700;naviyat, 1997, 1999.(ikkinchi nashri)

Ilmiy adabiyotlar


O&#699;zbek sovet entsiklorediyasi. 2-jild. T., 1979.
Qosimov S. Behbudiy va jadidchilik. «O&#699;zbekiston adabiyoti va san&#700;ati», 1990 yil 19, 26 yanvar.
Qosimov B. Karvonboshi. «Yoshlik» jurnali, 1990 yil, 1-son.
Aliev A. Mahmudxo&#699;ja Behbudiy. T., 1994.
Ahmedov S. O&#699;limdan qo&#699;rqmagan mutafakkir. «Sovet O&#699;zbekistoni san&#700;ati», 1989, 2-son.
Rizaev Sh. «Padarkush» yohud Samarqand tarixidan lavhalar". «Vatan» gazetasi, 1994, 39-son.

Öèòàòà:

«Turkiston tarixi» kerak

Mahmudxo‘ja Behbudiy

Ðàñêðûòü
Tarix ko‘p ahamiyatli va foydali bir narsadur. Tarixning foydalaridan ba’zisi ushbudurki, bir millatning na tariqada, qaysi yo‘l ila taraqqiy etganin o‘qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munkariz bo‘lub ketganin o‘qub, mundan ham istifoda etmak mumkindur. Shuning uchun bizning o‘z shevamizda Turkistonda o‘tgan bobolarimizning maishiy, siyosiy ahvoliga doyir «Turkiston tarixi» bor bo‘lgonda, oni ko‘z oldimizda qo‘yub, burungi qahramon bobolarimizning na yo‘l ila taraqqiy va madaniyat davriga kirub va nima sababdan oxiri munkariz bo‘lub ketganlarini o‘qub, bilub, xeyli ibrat olar eduk.

O’shandoq hozirgi holimizni bobolarimiz davridagi hollarga bir daraja muqoyasa etmak ila barobar o‘z-o‘zimizdan bir infioli daruniy* his edub, yuzlarimiz qizarar edi. Xolo, biz turkistoniylar marhum bobolarimiz ahvoli ham Turkiston voqeoti tarixiyasidan butun g‘ofil va bexabardurmiz. Chunki, hanuz Turkiston tarixi haqinda yangi tadqiqot ila yozilgon, tartibli va istifodali mukammal bir asar vujudga kelgan yo‘q. To‘g‘risi, munday tarix yozuvchi kishi turk o‘g‘lonlaridan hanuz maydonga chiqg‘on yo‘qki, bu esa turk bolalarining noxalaf bo‘lub, chin o‘g‘ul emasliklariga dalildur. Bu so‘zlardan tarixsizligimiz anglashilmasun. Bizning tariximiz bor.
Burung‘i asrlarda Turkiston va turklar voqeoti va ahvoli haqinda turkiy, forsiy va arabiy tillarda necha kitoblar yozilgandurki, u kitoblardan rus va boshqa yevrupoyilar istifoda etgan va etmakdadurlar. Lekin u muxtalif* tillarda yozilgan. Tarixiy asarlardan biz turkistoniylar istifoda etub, yangi muhokama va tadqiqot ila o‘z shevamizda muntazam bir asar vujudga kelturganimiz yo‘q. Balki bizlar andog‘ tarixiy kitoblardan aksariyat ila xabarsiz bo‘lub, ba’zisidan xabardor bo‘lsak ham, alarning tab’ va nashriga ahamiyat bermaymiz. Chunki, bizning xalqlar andog‘ kitoblardan ko‘ra xurofotlik qissa, hikoya va oshiqona g‘azal kitoblariga ziyoda rag‘batlik bo‘lganidan moddiy foydasini ko‘zlab, shunday afsona va aslsiz kitoblarni tab’ va nashr etmakdamiz. Shuning uchun kundan-kun muhim tarixiy kitoblarimiz ko‘zdan tushub, esdan chiqub yetmakdadurki, muning aybu gunohi Turkistondagi manfaatparast kitobchilar bo‘yniga tushsa kerak. Chunki bu so‘ng yillarda kitobchilar tarafidan turli xurofotlik kitob va risolalar nashr bo‘linub turganligi maydonda va barchaga ma’lumdur. Agarda muhtaram noshir va kitobchilarimiz mundan so‘ng axloq buzguvchi oshiqona g‘azallar va sof e’tiqodlarni zaharlandiruvchi xurofotlik afsona kitoblar o‘rniga mo‘‘tabar tarixiy, axloqiy va adabiy risola va kitoblar nashr etmoqga tashabbus etsalar, shoyad bu xayrli ishlari avvalgi gunohlarining yuzini yopar.

«Sadoyi Turkiston» jaridasiga «Milliy tariximizni kim yozar?» mazmunida bir savol ko‘rulgon edi. Bizning fikrimizcha, munday bir tarix yozmoqlik nihoyatda qiyin bir ish bo‘lub, hozirda muning ifosi bizlarning qo‘limizdan kelmayturronga o‘xshaydur. Shuning uchun bu xizmatni Turkiston tarixi ila oshino bo‘la boshlagan yosh muarriximiz muhtaram Ahmad Zaki Validiy afandining qalamidan umid etmakdamiz.

«Oyna» j., 1914 yil, 38-son, 898—900-betlar.


×òî â ïîäàðîê äëÿ ðûáàêà êóïèòü íà íà íîâûé ãîä

Ïîäåëèòåñü çàïèñüþ â ñîöñåòÿõ ñ ïîìîùüþ êíîïîê:

Ïðîñìîòðîâ: 5397
Ðåéòèíã:
  • 5