Matnazar Abdulhakim. Javzo tashrifi/ Жавзо ташрифи

06.08.12 | Admin

http//photoload.ru/data/d6/0e/33/d60e336fe3d02713b230d3aaddd75dd2.jpg


<b>Javzo tashrifi/ Жавзо ташрифи</b>
Author: Matnazar Abdulhakim / Матназар Абдулҳаким
Publisher: Toshkent., 'Sharq'
Publication date: 2008
ISBN: 978-9943-00-256-2
Number of pages: 336
Format / Quality: PDF
Size: 8,94 Mb
Language: Uzbek

http//photoload.ru/data/51/22/01/512201fe761f04f471a96fcbdf627a15.jpg

Цитата:

Matnazar Abdulhakim ijodida
tabiat va ruhiyat


Matnazar Abdulhakimov so'lim Amu bo'ylarida yastangan qadim voha farzandi bo'lib, Vatanning har bir giyohi, har bir qumursqasi, har bir tomchi obi - hayot-u, hatto har bir zarra gardu-hazoni ham unga qadrli edi. U o'z ovozi, o'z falsafasi, o'z uslubiga ega bo'lgan serqirra ijod sohibi edi.afsuski, shunday iste'dodli shoirimizni bevaqt o'lim bizning oramizdan olib ketdi. Muhlislariga uning ko'z qarog'ida asragan, inja satrlari, boqiy kitoblari, maqola va ocherklari meros bo'lib qoldi.

Matnazar Abdulhakimning turli yillarda nashr qilingan "Fasllar qo'shig'i", "Oydinlik", "Qor qo'shig'i", "Yonimdagi daryolar", "Yolg'iz yaproq", "Qorachiqdagi dunyo", "Bir qujoq gul" kabi she'riy kitoblari she'riyat muhlislariga yaxshi tanish.
Taniqli shoir Matnazar Abdulhakim inson ruhiyati, uning kayfiyati va taqdirini tabiat bilan uyg'unlikda anglaydi va his qiladi:

...O'zi kelgan edim bir malham istab,
Qilganidan sog'inch ko'ksimni choklar.
Chanoqlar charaqlab ohista,
Tim-tim ko'zyosh to'ka boshladi toklar.

Yuragim shundan baxt ulgisi,
Shundan ko'zlarimda fusunlar.
Paxtalar - chanoqlar kulgusi,
Tokning ko'yoshlari uzumlar.[1]
Раскрыть

E'tibor bergan bo'lsangiz, Matnazar Abdulhakim chanoqlar kulgusi deb - oq oltinni, toklarning ko'z yoshi deb uzumlarni tasvirlagan. Bu g'oyatda go'zal va musavvirona o'xshatish. She'rni o'qigan zahoti ko'z oldingizga tishining oqini ko'rsatib, jilmayib turgan paxtalar, ko'zda yoshi bilan unsiz termulib turgan uzumlar keladi. Bu tashbehlar orqasida esa shoir oddiy mehnatkash qishloq odamlarini, ularning quvonch va tashvishi mehnatdan iborat ekanligini aytmoqchi bo'ladi. Buni she'rning quyidagi to'rtligidan bilib olasiz:

Ular ozod bejiz dard, g'ashdan,
Ular bekor yig'lab-kulmaydi.
Ular yig'lab-kulib ishlashdan
Boshqa hech narsani bilmaydi.
She'rning xotima qismida shoir:
Biz shodmiz, g'amginmiz deymiz-u,
Behuda kulamiz, kuyamiz.
Tokzorlar ko'zyoshin yeymiz-u,
Chanoqlar kulgusin kiyamiz,


degan falsafiy fikrlarni aytadi. Ularning tag - zamirida olam-olam ma'no yashirin. Buni har bir o'quvchi o'z dunyoqarashi doirasida anglab oladi. Agar chuqurroq yondashadigan bo'lsak, shoir she'rda mehnatkash xalqning, qishloq insonlarining og'ir mehnati, ularning oq-qora ranglardagi turmushini tasvirlar ekan, bizning farovon hayotimiz, to'kin-sochinligimiz zahmatkashlarning mehnati evaziga yaratilayotgani tasdig'ida o'z ifodasini topadi:

Biron - bir mehribon ko'rinmas
Navoiy kuylagan saf aro.
Yaproqlar to'kilar tinimsiz-
Za'faron... za'faron... za'faron...

Asta-sekin qosh ham qoraydi,
Hamrohdirman yolg'iz menga man.
Bir kuyni kuylayman tinimsiz -
Yengaman... yengaman... yengaman...

Sokinlikdan qattiq dimiqqan
Borlig'im shahd tilar, g'ulu tilar.
Yog'ib yog'mas, tarqab tarqamas
Bulutlar... bulutlar... bulutlar...


Bu she'rda esa shoirning tushkun kayfiyatdagi ruhiy holati aks etgan. Matnazar Abdulhakim she'rda go'yo she'riyatdagi sokinlik kayfiyatiga ham sha'ma qilgandek bo'ladi. Insondagi ruhiy holat tabiat manzaralari: za'faron yaproqlar, tarqamas bulutlar ko'rinishida namoyon bo'ladi.

"Agava umrida faqat bir marta gullaydi, so'ngra u qurib qoladi."[2] Shoirning "Agava daraxti" she'rida esa o'zga bir manzaraning guvohi bo'lasiz:

Bir sevmak va bir o'lmak baxti
Nasib etmas har bir oshiqqa.
Agavaning yo'rig'i - bo'lak,
Agavaning yo'rig'i - boshqa.

Bu - Qays guli, bu - Majnun guli,
Gar uzatsam qovrilgay qo'lim.
Agavaning guli bu bir baxt,
Bu mangu bir hayotbaxsh o'lim.


She'rda Agava daraxti chin muhabbat va vafo ramzi sifatida tasvirlanadi.
Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, shoir Matnazar Abdulhakimov ijodida tabiatning turfa go'zalliklari turfa olam kayfiyati, turfa insonlar botinidagi mudroq va uyg'oq his tuyg'ularni o'ziga xos ohanglarda aks ettiradi:

Bahor haqda qo'shiq kuylamoqdaman,
Jarangdor emasdir bu safar rozim.
Yo'qotibdi soxir tovlanishini
Bir vaqtlargi billur ovozim.

Hayron qoladigan joyi yo'q buning,
Ovoz degan so'nar, uziladi tor.
Lekin sen-chi? Senga ne balo bo'ldi?
Bu ne za'faronlik, azizim bahor?!


Ushbu she'rda tabiat manzarasi, bahor, za'faronlik-umrning bahori va kuziga mengzaladi. Umrining bahori bilan hayrlashayotgan lirik qahramon ko'ziga kirib kelayotgan bahorning sof tarovati, go'zalligi ham boshqacha, za'faron ranglarda namoyon bo'ladi.
Shoirning notinch qalbi mahzun qo'shiqlarni kuylar ekan, ruhiyat ko'zi bilan olamga, odamga boqadi. Sizning botiningizda goh unutilib, goh andisha sabab aytilmay qolgan gaplaringizni topib aytaveradi:

G'aroyib bir mulkdir daraxtzor,
Har bir yaproq - bebaho davlat.
Bunda birov meva to'kadi,
Birov esa... to'kadi savlat.[3]


Uning ruhiyat tovushi yangroq, tili burro, ohanglari sarhad bilmaydi.
Ko'hna Xorazm vohasining suyukli farzandi Matnazar Abdulhakimov ijodida halqona mavjlarda bitilgan ohorli she'rlar ham talaygina. "Daryolar borib quyulmasa dengizlar qurib qoladi. Huddi shunday shevalarimizdan, lahjalarimizdan jonbaxsh jaranglar, so'zlar, yangi-yangi ifoda imkoniyatlari nasib bo'lib turmasa, har qanday "adabiy til", jumladan o'zbek adabiy tili ham inqirozga yuz tutish havfidan emin bo'la olmaydi,"[4]- deydi Matnazar Abdulhakimov. "Bu she'rlarda ham tabiat, kayfiyat, ruhiyat va holat uyg'unligi yaqqol namoyon bo'ladi:

Daryo-jonim, ming-ming yilladan buyon,
Yedirib, giydirib oqqoni uchun...
O'zimni go'zzima surtasim galar
Saningdiyn bir qizo yoqqonim uchun.

Songo yoqqonimnon har gunim bohor,
Daryoloro o'xshob doshib, do'lomon.
Songo yoqmiyn qolsom bir gun bevoriy,
Daryosi quvrig'on yurtdiyn bo'lomon.


Shoir ham inson, u ham tabiatning bir bo'lagi. U o'zini shu betakror borliqdan ayro ko'rolmaydi. Ammo bu go'zal borliqni u yaxlitligicha, butun bo'y-basti-la, nafosati-la, bori rang-barangliklari bilan ko'ra oladi. Matnazar Abdulhakim aytganidek:

Shoirlardek daryo terandir,
Shoirlardek jilva suhandon.
Shoirlardek majnuntol g'amgin,
Shoirlardek teraklar handon.

Shoirlardek mening sog'inchim,
Shoirlardek shodligim, nolam.
Shoirlardek har kichik zarra,
Shoirlardek butun bir olam.


Shoir, qaniydi dunyodagi barcha odamlar qalbi shoirlarnikidek beg'ubor bo'lsa, demoqchi bo'ladi.
Taniqli professor, olim Qozoqboy Yo'ldoshev aytadilar:- "Suvratlantirilgan manzaralar tabiatning qotib qolgan ko'rinishlari emas, harakatdagi ruhiy holatlardir. Holat esa har qachon poeziyadir. Chunki uning zamirida qalb bor."[5]

She'r-fikr va tuyg'uning, aql va hayajonning mustahkam ittifoqidan hamda bu ittifoqning ko'ngillar mulkiga aylanishidan bunyod bo'lgan mo'jizadir. Buyuk bir haykaltaroshdan "Bu g'aroyib haykallarni qanday yaratdingiz?" deb so'rashganida, "Bundan osoni yo'q, ulkan bir toshni olasiz-da ortiqcha joylarini yo'nib tashlaysiz", degan ekan. Shoir ham o'z xalqining bisotidagi so'zlar hazinasidan eng zarurlarini olib, san'at asarlari yaratadi. Bu asarlar esa bizning ruhimizni jaholatdan - adolatga, zulmatdan - oydinlikka, bid'atdan-ma'rifatga yetaklaydi.
Hulosa qilib aytadigan bo'lsak, shoir Matnazar Abdulhakim she'riyatining zimmasidagi burch - ahli basharning yuziga oyna tutib, o'ziga asl basharasini ko'rsatishdan iborat. Bu maqsadi yo'lida u hatto borliqni, tabiatni o'z izmiga bo'ysundirishdan ham tap tortmagan.

[1] М.Абдулҳаким.Жавзо ташрифи.Т.:Шарқ.2008. 28-б.
[2] [2] М.Абдулҳаким.Жавзо ташрифи.Т.:Шарқ.2008. 42-б.
[3] Матназар Абдулҳаким. Қор қўшиғи. Т.:"Ёзувчи"1990.219-б.
[4] Матназар Абдулҳаким. Қор қўшиғи. Т.:"Ёзувчи"1990.2-б.
[5] Қозоқбой Йўлдошев. "Ёниқ сўз".-Т.:Янги аср авлоди.2006.465-б.

Maqola muallifi Manzura Bekchonova

Titul,she'rlardan namunalar,mundarija

<img src="http://photoload.ru/data/b8/e6/54/b8e65499fe2cb52928b7e7e6c81b578e_pv.jpg" alt="Image"/><img src="http://photoload.ru/data/f9/9a/5d/f99a5d78195b4018fd489f39554937ad_pv.jpg" alt="Image"/>

<img src="http://photoload.ru/data/d8/74/63/d8746340fb08cbbcafb862ae4194b236_pv.jpg" alt="Image"/><img src="http://photoload.ru/data/b5/61/0b/b5610b971d177fef6ffe70d841ae6151_pv.jpg" alt="Image"/>


<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
</div>

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 5170
Рейтинг:
  • 5