Mixail Bulgakov. Usta va Margarita. Roman.
<b>Usta va Margarita</b>
Author: Mixail Bulgakov
Translator:Qodir Mirmuhamedov
So'z boshi muallifi: Konstantin Simonov
So'nggi so'z muallifi: Temur Po'latov
Publisher: Toshkent.,"Yosh gvardiya"
Publication date: 1987
Number of pages: 464
Format / Quality: PDF
Size: 3,4 Mb
Language:Uzbek
Цитата:<div align="center">Asarning o'zbek tilida nashr etilishi tarixi xususida
Men uzoq yillar davomida (1974 yldan boshlab) "Yosh gvardiya" nashriyotida ishlalaganman.1985 yili bo'lim mudiri etib tayinlanganimda nahriyotda chop etiladigan kitoblar rejasini shaklllantirish jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldim.Ana shunda birinchi navbatda o'zim sevgan Antuan de Sent-Ekzyuperining "Kichkina shahzoda" ertak-qissasini,Mixail Bulgakovning "Usta va Margarita" romanini o'zbek tiliga tarjima qilishni tashkil etishni o'yladim.Uzoq o'ylab,Antuan de Sent-Ekzyuperi asarlarini tarjima qilishni Xayriddin Sulton va Ahmad A'zam bilan gaplashdim.
Ammo,Mixail Bulgakovning "Usta va Margarita" romanini o'zbek tiliga tarjima qilish masalasi oson kechmadi.Roman tarjimasini eng mohir tarjimon sifatida tanilgan Qodir Mirmuhamedov bilan kelishib oldim.Asar nashriyot ish rejasiga kiritildi.O'sha paytlarda ish rejasi Moskvada - sobiq ittifoq matbuot qo'mitasida tasdiqlanardi."Usta va Margarita" romani o'zbek nahriyoti ish rejasiga kiritilganidan xabar topgan qo'mita rahbarlari uni har qanday yo'l bilan bo'lsa-da to'xtatish yo'llarini izlay boshlashdi.Qo'mita rahbarining birinchi o'rinbosari Marat Shishgin (hozir u Rossiya nashriyotchilari assotsiatsiyasi prezidenti) uchib keldi.Nashriyotimiz direktori va meni respublika matbuot qo'mitasiga chaqirib o'rtaga olishdi.Marat Shishgin "Usta va Margarita" romanini o'zbek tilida nashr etishning hali vaqti kelmagani,uni o'zbek kitobxoni tushunmasligini aytdi.Uning har bir sozini respublika matbuot qo'mitasining birinchi o'rinbosari bo'lib ishlagan Ruben Safarov tasdiqlab turdi.Nashriyotimiz direktori ham ulaning tarafiga o'tib oldi.
Ammo,men Bulgakov asarini milliy afsonalaru miflar ruhida tarbiya topgan o'zbek kitobxoni juda yaxshi tusunib olishini ,qolaversa, asar tarjimasi yakunlanganini,taniqli adib Temur Po'latov tomonidan maxsus maqola yozdirganimizni aytib uni nashr etish shart degan fikrni himoya qildim.
Albatta,ittifoq matbuot qo'mitasi rahbari,hatto mahalliy rahbar bo'lmish Ruben Safarov yoshgina bo'lim boshlig'i gapiga oson ko'na qolishdi deb aytolmayman.Ammo,1985-86 yillardagi vaziyat boshqacha edi.Qayta qurish degan jarayon boshlangan,matbuotda birin-ketin milliy manffatlar ifodalangan oshkoralik ruhidagi maqolalar ketma-ket chop etilayotgan paytlar edi. "Usta va Margarita"ni o'zbek tilida chiqishini to'xtatishni istagan,ammo bu ishni o'z qo'llari bilan qilishdan qo'rqqan,ko'proq bizning chekinishimizga umid bog'lagan qo'mita rahbarlari noiloj qolgan edi.
Bu voqealar xususida batafsilroq yozish istagim bor,albatta.Hozircha qisqa axborot tarzida aytib o'tdim.Bu gaplarni aytishdan murod - Mixail Bulgakovning "Usta va Margarita" romani o'zbek kitobxoniga oson yo'l topmaganini aytib o'tishdir.
Xurshid Davron
O'zbekiston xalq shoiri
6.06.2010
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: