Muhammad Solih. Shayboniynoma
<b> Shayboniynoma</b>
Author: Muhammad Solih
Composer & Comment: Ergash Shodiyev
Editor: Vahob Rahmonov
Publisher: Toshkent.,G'afur G'ulom nashriyoti
Publication date: 1989
Number of pages: 336
Format / Quality: PDF
Size: 6,9 Mb
Language: Uzbek
Цитата:<div align="center">MUHAMMAD SOLIH
«Nur Saidbekning o‘g‘lidurkim, ko‘p vaqtlar Chahorjo‘y navohisidin Adoq navohisiga degincha imorat qildi va Sulton Abu Said Mirzo eshigida, Ulug‘bek va Jo‘gi Mirzo eshigida sohib ixtiyor va jumlat ul-mulk erdi».
(1455 - 1535)
A. Navoiy («Majolis un-nafois» dan)
Muhammad Solih Nur Saidbek o‘g‘li 1455 yilda Xorazmda tug‘ilgan. Otasi Xorazm hokimi bo‘lib, Ulug‘bek, Jo‘gi Mirzo, Abusaid Mirzo saroylarida xizmat qilgan edi. Muhammad dastlabki ma’lumotni olgach, Hirotda Abdurahmon Jomiy huzurida tahsil ko‘radi. U bu yerda arab, fors-tojik tillarini. xattotlik san’atini o‘rganadi, tarix, falsafa bilan shug‘ullanadi. Otasi vafotidan so‘ng bir qancha vaqt temuriylar saroyida xizmat qiladi va 1499 yili saroydan ketadi. O’z taqdirini shoir «Shayboniynoma» asarida quyidagicha tasvirlaydi:
Laqabu Solih-u, o‘zi tolih,
Nur Said o‘g‘li Muhammad Solih.
...Mani gardun sitami qildi yetim,
Ayladi kishvari g‘am ichra muqim.
Xorliqlar bilan o‘stum bisyor,
Zorlig‘lar bila ko‘rdum ozor...
Muhammad Solih Shayboniyxon tomoniga o‘tadi va uning faol hamrohiga aylanadi. Shayboniyxon uni yaxshi kutib oladi va o‘z saroyida Muhammad Solihni amir ul-umaro, ya’ni amirlar amiri, malik ush-shuaro, ya’ni shoirlar shohi maqomiga ko‘taradi. U 1505 yilning oxiri 1506 yilning boshlarida Ashhabod yaqinidagi Niso shahri hokimligiga tayinlangan va 1510-1511 yillargacha shu shaharda yashagan. Shayboniyxon vafotidan so‘ng shoir Buxoroga qaytadi va 1535 yilda o‘sha yerda vafot etadi. Muhammad Solih she’rlar yozgan, ularni to‘plab bir devon tuzgan bo‘lsa ham, biroq bu devon topilgan emas.«Shayboniynoma» dastoni haqida
Shoirning to‘liq yetib kelgan asari «Shayboniynoma» bo‘lib, u taxminan 1506-1507 yillarda yozib tugallangan. M. Solih «Shayboniynoma» asarini masnaviy usulida yozgan. Bu doston jami 76 bob, 8902 misradan tashkil topgan (bundan 3 bobi «Hamd», «Munojot», «Na’t», 4-bobdan 14-bobgacha (102 bayt) Shayboniy madhi, 15-bobdan kitob nazmining sababi hamda voqealar tasvirlangan) bo‘lib, unda Shayboniyxonning 1500-1506 yillardagi yurishlari haqida gap boradi. Shoir temuriylar haqida pgunday yozadi:
Ichadurlar kecha-kunduz boda,
Dinu iymon soridin ozoda.
Bir-biri birla muxolif barcha,
Bir-biridin taqi xoyif borcha.
Asarda muallif Shayboniyxonni madh etadi, uning she’rlaridan namunalar kelgiradi, uni Navoiylar orzulagan «surati shohu, siyrati darvesh» hukmdor darajasiga ko‘taradi.
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Remarks: Kitob fayli www.ziyouz.com sayti tomonidan tayyorlangan.
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: