Muhammadrizo Ogahiy.6 jildlik Asarlar. 2-jild. Devon

29.07.12 | yabgu

http//photoload.ru/data/4b/09/66/4b0966bed50e1e801ddcd9d1b9d9cbb8.jpg


<b>Asarlar. 6 jildlik. 2-jild. Devon</b>
Author: Muhammadrizo Ogahiy
Publisher: Toshkent.,G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti
Publication date: 1972
ISBN: No
Number of pages: 423
Format / Quality: PDF
Size: 8,86 Mb
Language: Uzbek

Цитата:

Muhammad Rizo Ogahiy
(1809 - 1874)

Ulug’ o’zbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tug’ildi. Uch yoshligida otasi o’lib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 yilda miroblikdan iste’fo beradi. Qolgan umrini ijodga bag’ishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi.

Ogahiy ijodiy faoliyati davomida devon tuzdi (O’zFA ShI inv. № 938), 19 ta asarni o’zbek tiliga tarjima qildi (inv. № 1214; 809.), 5 ta tarixiy asar yozdi (inv. № 7474). U shoir sifatida Navoiy an’analarini davom ettirdi. “Ta’vizul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) nomli devon tuzgan. Unda 18.000 misra she’ri jamlangan, shundan 1.300 misrasi forsiy she’rlari. U 20 ga yaqin she’riy janrlarda asarlar yaratgan.

O’zbek mumtoz adabiyotida Ogahiy bilimdon siyosatchi, tarixchi sifatida ham yorqin iz qoldirgan. U “Riyozud-davla” (1844), “Zubdatut-tavorix” (1845-1846), “Jome’ul-voqeoti Sultoniy” (1856), “Gulshani davlat” (1865), “Shohidi iqbol” (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi. Bu asarlarda Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1843-1846), Muhammad Aminxon II (1846-1855), Sayyid Muhammadxon (1856-1865), Muhammad Rahimxon II (1865-1872) davridagi voqealar bayon qilingan. Mirxond, Xondamirning tarixiy asarlarini tarjima qildi. Bu asarlardan N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Yahyo G’ulomovlar o’z ishlarida foydalanishgan.

Ogahiy tarjima maktabi yaratgan adib. Yigirmadan ortiq sharq mumtoz adabiyoti namunalari Ogahiy tomonidan tarjima qilindi. Ular Nizomiyning “Haft paykar” (nasr bilan), Sa’diyning “Guliston”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Mirxondning “Ravzatus-safo”, Muhammad Mahriy Astrabodiyning “Tarixi Jahonkushoyi Nodiriy”, Zayniddin Vosifiyning “Badoe’ul-vaqoe’”, Mahmud G’ijduvoniyning “Miftohut-tolibin”, Muhammad Muqim Hirotiyning “Taboqoti Akbarshohiy”, Muhammad Yusuf Munshiyning “Tazkirayi Muqimxoniy”, Rizoqulixon Hidoyatning “Ravzatus-safoyi Nosiriy”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, Muhammad Vorisning “Zubdatul-hikoyat”, “Sharhi daloyilul-hayrot”, Jomiyning “Yusuf va Zulayho”, Badriddin Hiloliyning “Shoh va gado”, Nizomiyning “Haft paykar” kabi badiiy va axloqiy-falsafiy asarlardir.

O’zbek adabiyotshunosligida Ogahiy ijodini ilmiy tadqiq etish, asarlarini chop etish borasida ancha ishlar amalga oshirilgan. Ular orasida G’.Karimov, S.Dolimov ishlari salmoqli. Shuningdek, Ogahiy ijodi bilan V.Abdullaev, R.Majidiy, A.Abdug’afurov, Q.Munirov, N.Komilov, A.Pirimqulov, M.Matyoqubova, Q.Sultonova, T.Matyoqubova, v.b. tadqiqot yaratganlar.

Nashr qilingan asarlari:

Ogahiy. Ta’vizul-oshiqin. –T.: 1960;
Ogahiy. Asarlar (nashrga tayyorl. G’.Karimov va S.Dolimov). Olti jildlik -T.: 1971;
Ogahiy. Ishq ahlining tumori (nashrga tayyorl. F.G’anixo’jaev v.b.) . – T.: 1999.

Ilmiy adabiyot:

R.Majidiy. Ogahiy lirikasi. – T.: 1961;
S.Dolimov. Ogahiyning hayoti va ijodi. –T.: 1963;
Q.Munirov. Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari. – T.: 1961;
N.Komilov. Ogahiyning tarjimonlik mahorati. – T.: 1970;
M.Safarboev. Ogahiyning ijtimoiy-siyosiy va estetik qarashlari. – T.: 1993;
N.Jumaxo’ja, I.Adizova. So’zdin baqolirog’ yodgor yo’qdur. – T.: 1995;
Primqulov A. Ogahiy masnaviylari. – T.: 1998;
Atoqli shoir, tarixnavis, tarjimon. Maqolalar. – T.: 1999.
A.Abdug’afurov. Muhammad Rizo Ogahiy. –T.: Meros, 1999;
M.Matyoqubova. Ogahiy ijodida kichik she’riy janrlar. – T.: 2000;
Q.Sultonova. Ogahiyning “Gulshani davlat” asari adabiy manba sifatida. –T.:2000;
T.Matyoqubova. Ogahiy she’riyatida an’anaviy obrazlar talqini. -T.: 2001.

MUNDARIJA

<img src="http://photoload.ru/data/1f/9e/83/1f9e836af3570657baf6aacb5fba5712_pv.jpg" alt="Image"/><img src="http://photoload.ru/data/61/01/fe/6101fe10e197f4a9405f49c8e5415e79_pv.jpg" alt="Image"/>

<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
</div>

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 5271
Рейтинг:
  • 5