Odil Yoqubov. Ulug'bek xazinasi. Tarixiy roman

29.10.11 | yabgu

http//photoload.ru/data/5d/13/bb/5d13bb7b735d024d5046ae2b619ad787.jpg


<b>Ulug'bek xazinasi - Tarixiy roman</b>
Author: Odil Yoqubov
Publisher: Toshkent.,G'afur G'ulom nashriyoti
Publication date: 1994
ISBN: 5-635-00922-0
Number of pages: 335
Format / Quality: PDF
Size: 17,72 Mb
Language:Uzbek

http//photoload.ru/data/89/02/e3/8902e3140c7562b0913f70eb285c32.jpg

Цитата:

Odil Yoqubov


Odil Yoqubov 1926 yili Qozog&#699;istonning Turkiston viloyatida ziyoli oilasida tug&#699;ilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta ko&#699;rsatib, Yaponiya frontiga jo&#699;nagan. 1945 yildan 1950 yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda bo&#699;ldi. 1951—1956 yillar mobaynida O&#699;rta Osiyo Davlat universiiteti (hozirgi Milliy universitet)da ta&#700;lim olgan. «Literaturnaya gazeta»ning O&#699;zbekiston bo&#699;yicha muxbiri, O&#699;zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, «O&#699;zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi bosh muharriri va boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan.

O. Yoqubovning «Tengdoshlar» nomli birinchi qissasi 1951 yilda bosilib chiqqan. Keyinchalik yozuvchi «Muqaddas», «Tilla uzuk», «Bir feleton qissasi», «Larza», «Qanot juft bo&#699;ladi», «Matluba», «Izlayman», «Billur qandillar» kabi pishiq qissalar e&#700;lon qildi.

O. Yoqubovning «Er boshiga ish tushsa...», «Ulug&#699;bek xazinasi», «Diyonat», «Ko&#699;hna dunyo», «Oq qushlar, oppoq qushlar», «Adolat manzili» asarlari o&#699;zbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin bo&#699;ldi. O. Yoqubov qalamiga mansub «Chin muhabbat», «Olma gullaganda», «Yurak yonmog&#699;i kerak», «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim», «Fotihi Muzaffar yohud bir parivash asiri», «Bir koshona sirlari» kabi dramalar o&#699;zbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi.

Odil Yoqubovga eng katta shuhrat keltirgan asar «Ulug‘bek xazinasi» romani bo‘ldi. Davrimizning ulkan adibi Chingiz Aytmatov bu asar muallifiga yo‘llagan maktubida roman to‘g‘risida shunday yozadi: «Yaxshi kitob haqida gapirish maroqli. Bu - yuksak va olijanob nasr namunasi. Badiiy quvvati jihatidan salmoqdor bu tarixiy roman meni larzaga soldi...».

60-yillarning oxirlarida matbuotda Ulug‘bekning mashhur kutubxonasi taqdiri xususida bahs boshlandi. Bu bahsda ilgari surilgan, xususan taniqli rus adabiyotshunosi I. Andronikov maqolasida o‘rtaga qo‘yilgan fikr va mulohazalar astoydil qidirilsa, bu nodir xazina albatta topilajagi xususidagi bashoratlar ko‘plar qatori Odil Yoqubovda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Adib Ulug‘bek hayoti va faoliyatiga oid manbalarni, faktlarni qidirdi, dastlab qissa bitdi, lekin yozuvchining bundan ko‘ngli to‘lmadi. Shu tariqa buyuk bir roman vujudga keldi. Roman Ulug‘bek saltanatining so‘nggi tahlikali damlari tyasviridan boshlanadi. Unga tarixiy hodisalar ifodasiga izchil rioya etilmaydi, ya’ni tarixiy hodisalarni muntazam ravishda aynan o‘zidek gavdalantirilmaydi. Mushkul damlarda Ulug‘bek shogirdi Ali Qupgchiga quyidagi fikrlarni uqtiradi: «Tag‘in bir narsadan - kelgusi avlodlar bandai ojizdan hazar qilmasmu, deb qo‘rqamen. Mirzo Ulug‘bekday koinot sirlarini ochmoqni tilagan, fojzilikni da’vo etgan mavlono, hayhot, oxir-oqibat barcha shoh, barcha taxt sohiblariday saltanatni deb, o‘z pushti kamaridan bo‘lgan farzandi bilan toju taxt talashibdur-da, degan nom qoldirmoqdin qo‘rqaman..,», Toj-taxt bebaqo, tafakkur mahsuli - ma’naviy xazina esa bezavol, degan naql bor. Bu hikmat romanda chiroyli, betakror badiiy ifodasini topgan. Ushbu romanda bir tomonda Abdullatif boshliq qora kuchlar: Salohiddin zargar, amir Jondor, ayg‘oqchi Qashqir, ikkinchi tomonda Ali Qushchi boshliq ma’rifat fidoyilari: Miram Chalabiy, Qalandar Qarnoqiy, Usta Temur Samarqandiy, Xurshida bonular faoliyati tasvirlangan. Mavlono Muhiddin kabi murakkab shaxs esa mudhish voqealar girdobida dovdirab, o‘z ustozidan yuz o‘giradi. Xullas, «Ulug‘bek xazinasi» o‘zbek romanchiligining obro‘-e’tiborini bir pog‘ona yuqori ko‘targan asardir.
<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
</div>

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 14181
Рейтинг:
  • 2