Олтин зангламас - Oltin zanglamas - Roman
<b>Олтин зангламас - Oltin zanglamas</b>
Author: Шуҳрат
Publisher: Тошкент,."Шарқ"
Publication date: 2004
Number of pages: 256
Format / Quality: PDF
Size: 17,9 Mb
Language:Uzbek
Цитата:SHUHRAT
(1918-1993)
G`ulomjon Aminjon o`g`li Alimov - Shuhrat o`zbek adabiyoti rivojiga o`zining she`riy, nasriy, dramatik asarlari bilan munosib hissa qo`shgan kishidir.
Shuhrat 1918-yilda Toshkentda tavallud topgan. 1936-1940-yillar davomida Nizomiy nomidagi TDPU da tahsil olgan. 1941-1944-yillarda esa II Jahon urushida qatnashdi. Urushdan keyingi yillarda esa asossiz qamoqqa olinadi. 1955-yilga kelibgina u batamom oqlandi.
Shuhrat adabiy ijod maydoniga 30 yillarning o`rtalarida kirib kelgan. 1940-yilda shoirning «Mehrol», «Orzu va qasos» poemalari bosilib chiqdi.
Shuhratning «Sening sevging» (1961), «Ishqingda yonib» (1964) to`plamlari tanqidchilar tomonidan yuksak baholandi. Shoirning «Kavkaz daftari», «Shinelli yillar daftari», «Dunay sohillari» kabi turkum she`rlarida urush xotiralari, safar taassurotlari kabi mavzular yoritilgan.
Shihrat nasrda ham barakali ijod qilgan. Uning «Shinelli yillar», «Oltin zanglamas», «Jannat qidirganlar» kabi nasriy asarlari xalq orasida mashhurdir.
Shuhrat dramaturgiyada ham yetarlicha ijod qilgan dramaturgdir. Uning «Besh kunlik kuyov», «Qo`sh qaringlar», «Ona qizim» kabi pyesalari respublika miqyosidagi teatrlarda sahnalashtirilgan.
Adib umrining so`nggi o`n yili og`ir xastalikda o`tdi. Lekin shunga qaramasdan uning hayotga bo`lgan mehri kuchli edi. U o`sha xastalik chog`larida ham ijod bilan shug`ullandi.
O`zbek she`riyati, nasri va dramaturgiyasiga qo`shgan qissasi e`tiborga olinib Shuhratga «O`zbekiston Xalq yozuvchisi» oliy unvoni berildi.
Цитата:<div align="center">«MEN TIRIKMAN, TO OLAMDA SO'ZIM BOR»
O'tgan asrning 60-70-yillarida o'smirlar orasida «Dil daftar»lar tutish rasm bo'lgan edi. Unda turli bezak va sinfdoshlarning fotosuratlaridan tashqari, dilni qitiqlaydigan bir qancha savollar bo'lardi: «Baxt nima?», «Muhabbat bormi?», «Qanday kasb egasi bo'lishni orzu qilasiz?» va hokazo. Ana shular qatori, albatta, «O'qigan kitoblaringizdan qaysi biri sizga ko'proq yoqadi?» degan savol ham bo'lardi. Aksariyat o'quvchilar Abdulla Qodiriyning «O'tgan kunlar»idan keyin Shuhratning «Oltin zanglamas» romanini qayd etardi. Qiziq, maktab o'quvchilariga u qadar yaxshi ma`lum bo'lmagan 30-yillarning murakkabliklari, ikkinchi jahon urushi manzaralari aks etgan asar nega bunchalar mashhur bo'lgan, sevib o'qilgan ekan?Раскрыть
Shuhrat aka adabiyotimizda oltmish yildan ortiq halol ter to'kkan yozuvchi. O'nlab she`riy to'plamlar, she`riy tarjimalar, uch roman, bir necha povestlar va dramatik asarlar shuncha yillik iztirob va izlanishlar sarhisobidir. Ularning ba`zilari Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, G'afur G'ulom, Maqsud Shayxzoda va Mirtemirlar nazariga tushgan.
Toshkent Davlat pedagogika institutini tugallab, 1940 yil kuzida armiya safiga chaqirilgan Shuhratning xizmati yarimlay deb qolganda, mash`um ikkinchi jahon urushi boshlandi. U urushning dastlabki kunlaridan boshlab, to Polshada kechgan qonli janglargacha ishtirok etadi. Harbiy muxbir bo'lib emas, jangchi sifatida janggohlarga kiradi. Shu bois, Shuhratning keyingi yillar ijodida urush bosh mavzuga aylandi. Taassurotlar avval «Shinelli yillar daftari» («Jangchi bloknoti») turkum she`rlariga jo bo'ldi. O'z Vatani himoyasi uchun otlangan olovqalb yigitning jasoratini madh etuvchi «Farzand», so'lmas chechaklar timsolida «mardga o'lim yo'q» degan aqidani ta`kidlagan «So'lmas chechaklar» poemalari shoirning nasrga, ya`ni yirik epik janrlarga o'tishi arafasida o'ziga xos bosqich edi.
«Shinelli yillar» Shuhratning katta prozadagi ilk izlanishlari, ayni zamonda o'zbek harbiy prozasining ilk namunalaridan biridir. Asarning biografik material asosiga qurilgani, muallifning o'zi shohid bo'lgan voqea va holatlar, o'zi ko'rgan, tanigan, yelkama-elka turib jang qilgan kishilarni qalamga olishi obrazlarning jonliligini ta`min etgan.
Shuhrat akaning e`tiroficha, «Oltin zanglamas» romani - hayotining eng asosiy kitobi edi. To'g'ri, adib mazkur asaridan keyin bir qancha kitoblar e`lon qildi. Ikki qayta saylanmalarini chop ettirdi. Ammo “Oltin zanglamas” romanining ilk sahifalaridan to so'nggi varaqlarigacha ufurib turadigan qaynoq mehr, qalb qo'ri, quvonchli damlar bilan esh hazinlik, dard, insoniylik, ayni paytda shafqatsiz haqqoniyat, asarda qayd etilganidek, u ikki yillik muddatda emas, balki ikki yilu yana butun umr davomida yozilganidan dalolat beradi.
O'tgan asrning 50-yillari boshlarida Sho'ro tuzumining qirg'in mashinasi yana ishga tushdi. Sobiq ittifoqning barcha respublikalari kabi O'zbekistonda ham halol, to'g'riso'z, zahmatkash ziyolilar hibsga olina boshladi. Ustozlari Maqsud Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy va do'stlari Hamid Sulaymon, Said Ahmad, Yong'in Mirzolar qatori Shuhrat aka ham «xalq dushmani» deya qoralanib, qamaldi. Ne-ne azoblarga duchor etilgan adib ozod etilgach irodasi bukilmay, shiddat bilan ijodga kirishdi. Ko'rgan-kechirganlarini qog'ozga tushirdi. O'z dardi, kechmishlarini dastlab «Oltin zanglamas» romani sahifalariga jo qildi. Inson irodasining naqadar kuchliligini, matonat va sabot, adolat va insoniylik g'oyalarini roman bosh qahramoni Sodiq obrazida mujassam etdi.
Oltmishinchi yillar yozuvchining haqiqatan ham ijodiy yetuklik pallasi bo'ldi. Adabiyotimizning mavzu rang-barangligiga yana bir sahifa o'laroq, «Jannat qidirganlar» romani maydonga keldi. Romanda aks etgan voqealar adabiyotda muayyan ma`noda yangilik edi. Vatangadolar qismati, vatanfurushlik fojiasi, insonlarning tug'ilib o'sgan yurtiga muhabbati va sadoqati mavzusi asarning mazmunini belgilagan.
Shuhrat dramaturgiya yo'nalishida ham barakali ijod etgan. Uning 60-80-yillar oralig'ida yaratgan «Besh kunlik kuyov», «Qo'sha qaringlar», «Ona qizim» kabi sahna asarlari poytaxt va turli viloyat teatrlarida muvaffaqiyatli sahnalashtirilib, teatr san`ati rivojiga, qator o'zbek aktyorlari mahoratining yuksalishiga xizmat qildi. «Besh kunlik kuyov» spektakli Abror Hidoyatov nomidagi teatrda besh yuz martadan ortiq o'ynalgani, o'nlab turli teatrlarning repertuaridan mustahkam joy olgani adib va shoir Shuhratning dramaturgiyada ham o'z iste`dodini namoyish etganiga yaqqol dalildir.
Adib Shuhrat hayotlik davrida yurtimizning istiqlolga erishganini ko'rdi. Oilasi, farzandlari, nabiralari ardog'ida so'nggi yillari sokin umr kechirib, yana qator she`riy to'plamlar tayyorlab nashr ettirdi. 1998 yili adibning sakson yillik to'yi usiz nishonlandi. Mustaqillik bayrami arafasida xalqimizning ma`naviy dunyosini boyitishga, o'zbek adabiyotini rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissasi, Vatan oldidagi fidoyi mehnatlari e`tiborga olinib, marhum adib Shuhrat (G'ulom Alimov) «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.
Ko'chalarni aylanib ko'r, izim bor,
Men tirikman, chunki hali o'zim bor.
Izim o'chgach, o'zim ko'chgach, baribir
Men tirikman, to olamda so'zim bor.Shuhrat Rizayev
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Password: turklib</div>
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: