O'zbek xalq maqollari
<b> O'zbek xalq maqollari </b>
Author & Composer: To'ra Mirzayev,Asqar Musaqulov,Bahodir Sarimsoqov
Editors: Shomirzo Turdimov
Publisher: Toshkent.,"Sharq"
Publication date: 2004
Number of pages: 334
Format / Quality: PDF
Size: 3,3 Мb
Language: Uzbek
Цитата:<div align="center">SO'ZDAN SO'ZNING FARQI BOR
Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir janridir. Har biri tilimiz ko'rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik va falsafiy qarashlari, qisqasi, O'zi va O'zligi to'la namoyon bo'lgandir. Shuning uchun ham maqollar g'oyatda keng tarqalgan bo'lib, asrlar davomida jonli so'zlashuv va o'zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qo'llanilib kelgan va qo'llanmoqda. Yillararo, davrlararo ularning yangilari yaratilib turgan, eskilarining — jonli muomalada, tilda mavjudlarining ma'no doirasi kengayib yoki torayib borgan. Hatto ularning muayyan qismi unutilib ketgan. Chunki o'zbek xalqining bunday ulkan folklor merosi folkloristik nuqtayi nazardan keyingi asrlargacha deyarli to'planmay va o'rganilmay kelgan. Bundan xalq maqollari o'tmish adiblari, shoirlari, tarixchilari e'tiboridan mutlaqo chetda ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz kerak.РаскрытьMaqolga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiiy til ravonligini ta'minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so'z san'atkorlarining diqqat markazida bo'lgan.
Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg'uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg'ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla
Qodiriy, Oybek, G'afur G'ulom va boshqa o'nlab ijodkorlarning asarlari sinchiklab o'rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar ba'zan aynan, ba'zan o'zgargan holda mavjudligiga ishonch
hosil qilamiz. Tariximizda hatto maqolga maxsus, agar ta'bir joiz bo'lsa, folkloristik nuqtayi nazardan, garchi epizodik xarakterda bo'lsa-da, munosabatda bo'lingan hollarga ham duch kelamiz. XI asrning ulkan tilshunos olimi, folklorshunos va etnograf Mahmud Koshg'ariyning to'plovchilik faoliyati va uning
«Devoni lug'otit turk» asari bunga yorqin misol bo'la oladi. «Devon»da turli munosabatlar bilan turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan 400 ga yaqin maqol va matallar ham keltiriladiki, ularning aksariyati
bugun ham ayrim o'zgarishlar bilan tilimizda muvaffaqiyatli ravishda ishlatilmoqda.
Bu o'rinda adabiyotimiz tarixida maqollar asosida yaratilgan asarlar ham mavjudligini ta'kidlab o'tish zarur. Masalan, Muhammad Sharif Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari tarkibida 300 dan ortiq
maqol bor. Yoki, Sulaymonqul Rojiy o'zining «Zarbulmasal» asarida 400 dan ortiq maqolni she'riy vaznga solganligi ham e'tiborga loyiq hodisadir.
O'zbek xalq maqollariga muayyan bir tartib berib, majmua va xrestomatiyalarga kiritish, ulardan
maxsus to'plamlar tuzish ishlari esa XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Masalan, venger olimi H.Vamberining 1867-yilda Leypsigda nashr etilgan «Chig'atoy tili darsligi» xrestomatiya-lug'atiga o'zbek folklori va adabiyotining ayrim namunalari qatori 112 ta maqol kiritilgan bo'lib, ularning nemis tiliga tarjimasi ham berilgan. Shundan keyin birin-ketin N. Ostroumov (1895), B. Rahmonov (1924), Sh. Jo'rayev (1926), H.Zarifov (1939, 1947), B. Karimov (1939), Sh. Rizayev, O'.Azimov, O'. Xolmatov (1941), M. Afzalov, S. Ibrohimov, S.Xudoyberganov (1958, 1960, 1965, 1978), R. Jumaniyozov (1964, 1967, 1970), E. Siddiqov (1976, 1986), B. Sarimsoqov, I. Haqqulov, A. Musoqulov, R. Zarifov (1978), B. Sarimsoqov, A. Musoqulov, M. Madrahimova (1981, 1984), Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedov (1987, 1990, 2001), T. Mirzayev, B. Sarimsoqov, A Musoqulov (1989) kabi folklorshunoslar, fan va madaniyat xodimlari tomonidan tuzilgan turli xarakterdagi va turli hajmdagi maqollar to'plamlari nashr etildi. M. Abdurahimov, X. Abdurahmonov, M. Sodiqova, H. Karomatov, K. Karomatova, H. Berdiyorov, R. Rasulov kabi olimlaming tilshunoslik va tarjtmashunoslik yo'nalishidagi to'plamlari yuzaga keldi. Shuningdek, Y. Chernyavskiy, V. Ro'zimatov (1959), N. Gatsunayev (1983,
1988), A. Naumov (1985) kabi tarjimonlarning mehnati bilan o'zbek xalq maqollari rus tilida ham ayrim-ayrim to'plamlar sifatida bosilib chiqdi.
Turli davrlar, turli yillarda bunday to'plamlarning nashr etilishi xalq maqollarini to'plash, ularga muayyan bir tartib berish, ulardagi umuminsoniy g'oyalarni targ'ib qilishda katta ahamiyatga ega
bo'ldi. Bu to'plamlardagi faktik materiallar, asosan, bir-birini takrorlaydi. Shunga qaramay, ular materialning hajmi, tanlanishi, mavzularga ajratilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, M. Afzalov boshchiligida tayyorlangan to'plamning keyingi nashriga 2500 dan ortiq maqol 34 mavzuga
bo'lib berilgan bo'lsa, R. Jumaniyozov to'plamining so'nggi nashrida 1047 maqol 22 mavzu ostida jamlangan. Yoki B. Rahmonov to'plamiga 564, Sh. Jo'rayev to'plamiga 711 maqol kiritilgan, xolos.
O'zbek xalq maqollarini to'plash va o'rganishdagi shubhasiz katta yutuq ularning ilmiy-akademik nashrini tayyorlash bo'ldi. 1987—1988-yillarda ikki jildda nashr etilgan bu to'plam o'n uch mingga
yaqin xalq maqolini o'z ichiga oladi. Qo'lingizdagi to'plam folklorshunoslikda to'plangan xalq maqollarini to'plash va o'rganishdagi boy tajriba asosida tuzildi hamda hozirgacha mayjud materiallarni nisbatan to'laroq qamrab olishga harakat qilindi. To'plam keng kitobxonlar ommasiga
mo'ljallanganligi uchun ham bu yerda maqollarning ilmiy-badiiy tahliliga keng o'rin berishga zarurat yo'q. Ammo to'plamdan foydalanishni osonlashtirish maqsadida maqolga xos bo'lgan ayrim jihatlarni
alohida ta'kidlab o'tish zarur.
Maqollar ko'p asrlik hayotiy tajribalar, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida qat'iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so'zning ma'no xilma-xiiligi, iboralarning turg'unligi, shakliy
barqarorlik ustunlik qiladi. Ammo qo'llanish o'rniga qarab ularning ma'no doirasi doimiy ravishda kengayib boradi. Shuning uchun ham maqoldagi har bir so'zga alohida e'tibor berish kerak. Ularda
shunday so'zlar borki, bu so'zlar tarixan butunlay boshqa ma'nolarni anglatgan. Masalan, tuz so'zi bugungi kunda mineral moddani bildiradi. Tarixan bu so'z to'g'ri, odobli; dala, tekislik ma'nolarini anglatgan va faqat maqollardagina saqlanib qolgan:
Qiz saqlasang, tuz saqla.
Tuzdagi bilan emas, uydagi bilan bo'l.
Shuningdek, mehnat so'zining azob-uqubat, baxtsizlik ma'nosini ham faqat maqollarda yoki ayrim shevalardagina uchratish mumkin:
Mehnat ham egiz-egiz, Davlat ham egiz-egiz.
So'z san'atining mahsuli sifatida maqollar ham badiiyat hodisalaridir. Ularda bir so'zning o'nlab ma'no qirralari, badiiy tasvir vositalari, poetik ko'chimlarining barcha namunalarini uchratish mumkin. Masalan, qo'lingizdagi to'plamda qaysi maqol tarkibida kelishiga qarab birgina yomon so'zi yomonlikdan tashqari xudbinlik, tekinxo'riik, egrilik, insofsizlik, dushmanlik, qo'rqoqlik, nodonlik, ilmsizhk, odobsizlik, baxillik, manmanlik, noshudlik, yolg'onchilik, sabrsizlik, bevafolik, ochko'zlik, nomussizlik, isrofgarchilik va hokazo ma'nolarni ifodalaydi. Bu — maqollarda so'zlarning ma'no imkoniyatlari naqadar kengligini ko'rsatadi.
Maqollar so'z san'ati mahsuli sifatida o'z ma'nosida, ko'chma ma'noda va bar ikkala ma'noda qo'llanishi mumkin. Shuning uchun ularda badiiy-tasviriy vositalarning xilma-xil shakllariga duch
kelamiz. Ammo maqollarda o'xshatishning kam ishlatilishini, uning bu janr uchun xarakterli emasligini
ham ko'ramiz. Maqollarni o'xshatishlar bilan o'zgartirib qo'llasak, odatda, ular o'z maqollik xususiyatini yo'qotadi. Masalan, «Bulbul chamanni sevar, Odam — Vatanni» maqolini bulbul chamanni sevganday, odam vatanni sevar yoki «Dehqon bo'Isang, shudgor qil, Mulla bo'lsang, takror qil» maqolini dehqon shudgor qilganday, mulla bo'lsang takror qil deb ko'raylik-chi, butunlay ma'nosizlik yuzaga keladi.
Keyingi paytlarda matbuot sahifalarida maqolning ana shu xususiyatini hisobga olmay, o'zgartirib qo'llash hollariga duch kelmoqdamiz. Masalan, «Ustoz otangdan ulug'» maqoli «Ustoz otangday ulug'» tarzida buzib qo'llanmoqda. Bunda otani kamsitish holati yo'q, shunday bo'lganda xalq «Ota rozi — xudo rozi» degan maqolni yaratmas edi. Bu yerda ustoz hurmatini bo'rttirish bor. Qolaversa, xalqda barcha odamzodning birinchi yakka-yagona ustozi Ollohdir, degan tushunchalar ham bor. Ikkinchidan, ustoz bilan ota tenglashtirib qo'yilsa, maqol mazmuni butunlay o'zgarib, xalq qarashlariga zid bo'lib qoladi. To'g'ri, ko'p variantlilik maqollar uchun xos hodisa. Ammo bu maqollarni istagancha o'zgartirish mumkin degani emas. Variantlilikning ham o'ziga xos tabiiy qonuniyatlari bor.
Maqollar ketma-ket kelganda, biri ikkinchisini inkor etgandek, bir-biriga ziddek tuyulishi mumkin. Aslida esa qo'llanish vaziyatga qarab turli-tuman ma'no-mazmunni ifodalaganligini unutmaslik kerak. Quyidagi maqollarga e'tibor qiling:
Ko'pni yomonlagan ko'muvsiz qolar
Ko'pni yomonlagan ko'milar.
Yoki:
Hisoblashgan do'st emas
Hisobli do'st ayrilmas.
Keltirilgan maqollar bir-biriga zid emas. Yoki biri ikkinchisining buzilgan varianti ham emas. Ular o'z ma'nosiga ega mustaqil maqollardir:
Ko'pni yomonlagan ko'muvsiz qolar.
Ma'lumki, xalqimiz marhumlarga alohida hurmat ko'rsatadi. Tirikligida qanchalik yomon bo'lishmasin, ular haqida yomon so'z aytishdan, garchi to'g'ri bo'lsa ham, tiyiladi. Maqolda esa
bunday kishilaming azasiga ham kishilar istar-istamas kelishi, tilida aytmasa ham, dilida ularning aslida kim bo'lganini unutmasligi o'z ifodasini topgan. Bunday qat'iy hukmda o'ziga xos ogohlantirish
holati tasviriangan.
Ko'pni yomonlagan ko'milar.
Bu yerda halok bo'lar, el nazaridan qolar degan ma'no ifodalangan.
Hisoblashgan do 'st emas.
Ba'zi kishilar arzimas xizmatlarini ham do'stga minnat qilishadi. Bu yerda so'z o'sha haqda ketmoqda.
Hisobli do'st ayrilmas.
Bu maqolda esa do'st kishi do'stning yaxshiliklarini unutmasligi, doimo yodda tutishi kerak, degan ma'no ifodalanmoqda.
Maqollarning jonli jarayonda, vaziyatga qarab qo'llanilishidan mazkur to'plamga xos yana bir xususiyat kelib chiqadi, ya'ni ba'zi maqollar misralar o'rni almashgan holda mavzularda takrorlangan.
Bu to'plam hajmini sun'iy ko'paytirish uchun tuzuvchilar o'ylab chiqqan narsa emas. To'plamdagi barcha maqollar xalqdan yozib olingan va ular O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va
adabiyot institutining folklor arxivida saqlanadi. Ana shu qatorlar almashuvi, hatto so'zlar, iboralarning o'rin ahnashuvida ham ma'no o'zgachaligi yuzaga keladi. Masalan, so'z isrofgar xotin haqida ketayotgan bo'lsa, maqolni «Limcha mulla — dinning sho'ri, Yomon xotin — unning sho'ri» shaklida,
so'z chalasavod din vakili haqida ketayotgan bo'lsa, uni «Yomon xotin — unning sho'ri, Limcha mulla
— dinning sho'ri» shaklida qo'llaydilar. Bunday holatlarda ma'no urg'usi, odatda, ikkinchi misraga tushadi.
Yana bir mulohaza: Yurtimiz mustaqillikka erishuvi tufayli ko'p narsalar ijobiy qutbga o'zgardi. Jumladan, diniy qadriyatlar to'laligicha tiklandi. Maqollarning ham qo'llanishida turfaliklar yuzaga
keldi. Ammo diniy qadriyatlarning tiklanishi din niqobida yurgan tekinxo'rlar, yovuzlar butunlay yo'qoldi degani emas. Mutaassiblik hozir ham mavjud. Chalasavod mulla, imomlar hozir ham topiladi.
To'plamda din bilan bog'liq maqollar ana shular haqida ekanligini kitobxon yaxshi biladi, deb o'ylaymiz. Shuningdek, bunday maqollar tarixan turli-tuman munosabatlarni ifodalaganligini, tilimizda asrlar davomida ishlatilib kelinib, bugungi kunda esa, asosan, ko'chma ma'noda qo'llanishini ham
unutmaslik kerak.
Maqollar to'plami bir zabt bilan o'qib chiqiladigan asar emas. Unga barcha soha kishilari turli munosabat bilan har doim, har kuni murojaat qilishlari mumkin. Ana shunda to'plam unga murojaat
qiluvchilarning biror-bir hojatini chiqara olsa, tuzuvchilar o'z maqsadlariga erishgan bo'ladilar.T. MIRZAYEV, filologiya fanlari doktori, professor
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: