O'zbekiston hukmdorlari

09.06.11 | yabgu

http//photoload.ru/data/1a/6e/55/1a6e55f73459a2d0ea623c94e0da44ad.jpg


<b>O'zbekiston hukmdorlari</b>
Author: F.Sultonov,F.Bozorboyev (tuzuvchilar)
Editor: Dr. Alimova D.A.
Publisher: Toshkent.,Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona nashriyoti
Publication date: 2007
Number of pages: 88
Format / Quality: PDF
Size: 2,7 Mb
Language: Uzbek

Цитата:
Uzoq tarix silsilasidagi ulug‘ insonlarning o‘tmishda tutgan o‘rni va egallagan mavqei haqida fikr yuritish hamma zamonlarda ham murakkab kechgan. Zero, insoniyat tarixida jamiyatni o‘z qo‘li ostida boshqarib, hayotning yana boshqa sohalarida faoliyat ko‘rsatib o‘chmas iz qoldirgan tarixiy shaxslar haqida atroflicha so‘z yuritish har qanday muallifdan chuqur ilmiy mushohada va salohiyatni, keng va teran tafakkur egasi bo‘lishni, shu bilan birga xolislikni talab etadi. Ayniqsa, o‘zbek millati tarixida zalvorli o‘rin egallagan Ismoil Somoniy, Amir Temur, Abdullaxon II, Sh. Rashidov, I. A. Karimov kabi buyuk tarixiy shaxslar hayotiga jamiyat taraqqiyotining hozirgi cho‘qqisidan turib baho berish, ularning qilgan ishlarini tasvirlash uchun ko‘plab ishonchli manbalarga murojat etishga to‘g‘ri keldi.
Sizning qo‘lingizdagi ushbu enseklopedik ma’lumotnoma O‘zbekiston hukmdorlari va hukumat boshliqlariga bag‘ishlangan bo‘lib, so‘nggi yillarda e’lon qilingan adabiyotlardan keng foydalanilgan. Bu kitobda mamlakatimiz boshida hukmronlik qilgan shaxslarning biografik ma‘lumotlari jamlangan. “O‘zbekiston hukmdorlari”da Qadimgi Turon zaminidagi massaget qabilasining malikasi bo‘lgan To‘marisdan tortib Mustaqil O‘zbekistonimizning 1-prezidenti I. A. Karimovgacha bo‘lgan ona vatanimiz hududidagi yerlarga rahbarlik qilgan tarixiy shaxslar haqida bayon etilgan. Har bir tarixiy shaxsga bag‘ishlangan ma‘lumot nafaqat hukmdorning biografiyasi, balki o‘sha davrning hususiyatlari ham batafsil yoritilgan. Bir vaqtning o‘zida o‘quvchiga hukmdor haqida tasavvur hosil qilishga harakat qilingan: uning tarbiyasi, ma‘lumoti, harakterining asosiy chiziqlari haqida ham to‘xtalib o‘tilgan. Undagi har bir hukmdorga berilgan ma‘lumot xronologik tartibda yozilgan.
Mazkur ma‘lumotnoma O‘zbekistonning barcha hukmdorlari haqida nashrdan chiqqan ilk risola bo‘lgani uchun u, shubhasiz, ayrim nuqson va kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi mumkin. Siz aziz kitobxonlardan uzr so‘ragan holda qo‘llanma haqida fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz.
O‘ylaymizki, ushbu “O‘zbekiston hukmdorlari” o‘quv qo‘llanmasi o‘quvchilarning kitob javonlaridan o‘ziga munosib o‘rin egallaydi.
<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!

Password: turklib</div>

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 3326
Рейтинг:
  • 5