Shermuhammad Munis Xorazmiy.Saylanma

07.04.12 | yabgu

http//photoload.ru/data/65/d3/40/65d340e44d3535e339b834354d277b.jpg


<b>Saylanma</b>
Author: Shermuhammad Munis Xorazmiy
Composer & Comment" Y.Yusupov
Publisher: Toshkent.,Adabiyot va san'at nashriyotirr
Publication date: 1980
Number of pages: 367
Format / Quality: PDF
Size: 8,7 Mb
Language: Uzbek

Цитата:

SHERMUHAMMAD MUNIS
(1778 - 1829)

O’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Shermuhammad Munis (Munis Xorazmiy) shoir, tarixchi, tarjimon, xattot, mirob va ma’rifatparvar siymo edi. U 1778 yilda Xiva yaqinida Qiyot qishlog‘ida Avazbiy Mirob oilasida tug‘ijan. O’z savodini qishloqda chiqargan Shermuhammad Xiva madrasalarida tahsilni davom etgirgan.
1800 yili otasi Avazbiy vafot etib xon Avaz inoq uni saroyning farmonnafis kotibi qilib tayinlaydi. 1804 yilda Munis o‘zining ilk devoni «Devoni Munis» ni tuzadi («Munis» - do‘st, o‘rtoq, ulfat demakdir). 1812 yilda Mirob Erniyozbek vafot etib, xon uning o‘rniga Munisni Xorazm mirobligiga tayinlaydi. 1814-1815 yillarda «hazrati Sultoni Sohibqironning akosi, davlat xil’atining yaqosi, amiri kabir» Kutlug‘murod inoqning maslahat va qistovi bilan shoir o‘zining mukammal devoni «Munisul-ushshoq» (Oshiqlar do‘sti) ni tuzadi. Bu to‘plamga 80 ming misradan ziyod (boshqa manbada keltirilishicha, 10000 baytga yaqin) she’rlari joylashgan.
Munis 1829 yilda xonning Xuroson harbiy safaridan qaytayottanida, yo‘lda vabo kasalidan vafot etadi va Qiyotda otasi qabri yoniga dafn etiladi. Munis ilohiy va insoniy kechnnmalar. san’atkorlar haqida she’rlar yozdi, she’rni jahonni lashkar tortmay egallash mumkin bo‘lgan ikki tig‘li (dudma) qilich deb atadi, Ogahiy bilan birga Xorazm tarixini yozdi, Navoiyni «maoniy yo‘lida pir» deb bildi. Munis Mirxondning «Ravzat us-safo» asarini ham o‘zbek tiliga o‘girdi.

Asarlari: «Devoni Munis», «Munisul-ushshoq», «Savodi ta’lim», «Firdavs ul-iqbol» («Baxtlar bog‘i», 1806), «Arnalar», «Shuaro», «Ustozlar e’tirofi» (talmeh san’ayatga asoslangan), «So‘z», «She’r ul tig‘i dudamdurkim» va boshq.
<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
</div>

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 4261
Рейтинг:
  • 5