Tohir Malik. Devona. Qissa

Devona.Qissa
Author: Tohir Malik
Publisher: Toshkent.,"Sharq"
Publication date: 2007
Number of pages: 200
Format / Quality: PDF
Size: 2,15 Mb
Language: Uzbek
Цитата:
Muqaddima O’rnida
... U xurjunini yelkasiga olib, uzoq yurdi. Ko’chki bosgan yerga yetib kelgunicha oyoqlari qaqshab ketdi. U hali ko’chki nima ekanini bilmasdi. Belga qadar qorga botgan kezlari iziga qaytganidan pushaymon bo’lar, chiqib olganda esa: «Ota yurtdan uzilgandan ko’ra muzlab o’lganim afzal», deb qo’yardi.
Oqshomga borib uning sillasi quridi, ochiqdi. Shunda ham to’xtamadi. Faqat shom qorong’usidagina tamaddi qilib olish maqsadida xurjunini yerga qo’ydi. O’tirib, nafasini rostladi. Keyin qo’lini xurjunga tiqdi. Silliq, sovuq, yumaloq bir narsaga qo’li tegdi. Seskandi. Xurjunning og’zini ochib, ikki qo’llab uni chiqardi. Chiqardi-yu, serrayib qotib qoldi. Nafasi ham, yurak urishi ham to’xtadi. U xurjundan... akasining kallasini olgan edi!..
Tog’lar ham qotib qoldi. Osmon ham. Dunyoning hayot tomirlaridan jon chiqib ketdi. Bir zum, faqat bir zum shunday bo’ldi. U qo’lidagi kallani tashlab yubordi. Akasining kesilgan boshi qorga cho’kdi. Uning qalbidan otilgan faryod sukunatni qalqitib yubordi. Tog’lar aks-sado berdi. Yo’q, aks-sado emas bu. Tog’lar ham faryod chekdi. Bu faryodni qorlar o’ziga shima olmadi — osmon bag’riga singdirdi.
Hozirgina oqligi bilan ko’zni qamashtirayotgan qor bir nafasda qop-qora bo’lib qoldi. Keyin asta qizardi. Cho’qqilardan qip-qizil qon oqib kela boshladi. Issiq qon uni ham bag’riga tortib, avval tovonini kuydirdi, keyin badaniga tarqaldi. So’ng miyasi qiziy boshladi. Tomog’i qurib, qonni simira ketdi. Simirgan sayin ichi kuyaverdi. Keyin qon qorga singib, atrof asta oqardi. Shunda u qorga botib turgan kallani avaylab qo’liga oldi. Yumuq ko’zlarni, o’siq qoshlarni siladi. Silay turib vujudidan yana faryod otilib chiqdi.
Osmon qa’riga ikki kungacha faryod otilib turdi. Keyin bu ovoz boshqa yerlarga ko’chdi.
U ozib-to’zib ketdi. Borar joyini ham unutdi: telba bo’lib qoldi. Kallani qo’lidan qo’ymay, tentirab yuraverdi. Bir yerda oyog’i toyib, pastga qarab yumalaganida uni yo’qotdi. Alam bilan nola chekdi. Oxiri bir yumaloq toshni kalla xayol qilib avaylab oldi. Qosh-ko’zni izladi. Topolmay uvvos solib yig’ladi. Lekin uni tashlab yubormadi. Ehtiyotlab ko’tarib yuraverdi.
Oradan bir necha kun o’tgach, savdo vajidan Koshg’arga borib-kelib yuruvchi o’zbeklar uni ko’rib qolib, xachirga mingashtirib oldilar. Charx urayotgan quzg’unlar yemishlaridan mahrum bo’ldilar. Ko’chkini pastlab o’tgan savdogarlar yig’isidan bezor bo’lib, uni yana tashlab ketdilar.
Quzg’unlar yana yemish umidida uning ustida charx ura boshladilar...
Elchilar
Nog’oralar chalindi. Jarchilar jar solib, buxoroliklarni baland minora atrofiga to’pladilar. Saroy va din, tijorat va irodat ahli odatlarini qilib, minoraga yaqinroq yerdan joy oldilar. Yuzu ko’zlarida hadik zohir bo’lgan ahli ano bilan ahli niyoz esa panaroqda turishni afzal ko’rdilar.
Jarchilar Buxoro saltanatida «shakkok» paydo bo’lgani, Vobkent minorasi sirtida tik yurgani, amir hukmi bilan bugun uning ulkan minoraga ro’para qilinajagini kallai saharlab fuqaroga ma’lum etdilar.
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:
