Urducha-o'zbekcha lug'at
<b>Urducha-o'zbekcha lug'at</b>
Author:Toshmirza Xolmirzayev
Source:www.ziyouz.com
Publication date: 1998
Number of pages: 434
Format / Quality: PDF
Size: 39,85 Mb
Language:Urdu-Uzbek
Цитата:Tuzuvchidan:
Ushbu lug'at, asosan, urdu tili bilan ish olib bo'radigan yoki uni o'rganayotgan, o'zbek tilini biladigan shaxslarga mo'ljallangan. Shu bilan birgalikda u urdu zabonli pokistonlik va hindistonliklarga ham, o'zbek tilidan boshlang’ich ma’lumotlarga ega va shu tildan o'zlarining bilimlarini oshirishlarida qo'l kelishi mumkin. Bunda, o'zbek tilining yangi, lotin alifbosiga asoslangan yozuvi, ular uchun ancha qulayliklar yaratadi.
Hozirgi paytda urdu 140 millionli Pokistonning milliy (rasmiy) tili maqomiga ega. U mamlakatning barcha hududlarida tarqalgan bo'lib yaxshi tushuniladi va keng ko'lamda qo'llaniladi. Hindistonda esa, u o'n beshta asosiy tillar qatoridan joy olgan va ba'zi shtatlar da rasmiy mavqega ham ega, Bu yerda o'ttiz mitliondan ortiq hindistonliklar urduni o'z ona tillari deb hisoblashadi. Bundan tashqari u Afg'onistonning ba'zi hududlarida, Mavrikiya, Fors Ko'rfazi Mamlakatlari va boshqa kop joylarda ham so'zlashuv tili sifatida qo'llaniladi.
O'zbekistonda bu tilni o'rganish 1947 yilda, ya'ni Janubiy Osiyo mamlakatlari xalqlari ozodlikka erishgan vaqtdan boshlangan edi. Shuning uchun Urducha-O'zbekcha lug'atini tuzish ehtiyoji juda ko'pdan beri sezilib turar edi. O'shandan beri urdu tilini o'rganayotgan o'zbek talabalari Urducha-Ruscha lug'atdan foydalanishga majbur edilar. (Hozirgi paytda bu lug'atning 1964 yilda chiqqan oxirgi nashri ham noyob bo'lib qolgan).
O'zbekistonda o'zbek tilining Davlat tili deb e'lon qilinishi va mamlakatning barcha muassasalarini o'z ishlarida bosqichma-bosqich shu tilga o'tishlari, Urducha-O'zbekcha lug'atiga bo'lgan zaruratini yanada oshirdi.
Lug'atni tuzish bo'yicha ishlar bundan bir necha yil muqaddam boshlangan edi. Avval, urdu so'zlarining o'qilishi va ularning o'zbek tilidagi tarjimasi kiril yozuvida berib borildi. Lekin, o'zbek tilining lotin alifbosiga asoslangan yozuviga o'tishi munosabati bilan, bundan voz kechib, barcha qilingan ishlarni yangi alifboga o'tkazishga to'g'ri keldi.
Hozirgi paytda yangi yozuvning ba'zi imloviy muammolari o'z yechimini to'la-to'kis topganicha yo'q, deb o'ylaymiz. Asosan, bu hodisa boshqa tillardan kirgan so’zlarga tegishlidir. Lekin, ba'zi o'zbek so'zlarining berilishida ham birmuncha qiyinchiliklar seziladi. Zero, bunday har xillikning aks sadosi bu lug'atda ham namoyon bo'lishi mumkin.
Ushbu loyihani amalga oshirilishida bizni qo'llab-quvvatlab kelgan ba'zi tashkilotlar va shaxslar nomlarini minnatdorchilik bilan aytib o'tmoqchimiz. Bu, O'zbekistonning Fan va Texnika Davlat Qo'mitasi, Pokistonning eng nufuzli "Milliy til markazi" ma'muriyati, Abdul Razzaq, Abdul Vaheed. Javed Iqbal, M.Amin Gaziyani kabi pokistonlik do'stlarimiz, hamkasblarimiz Ansoriddin Ibrohimov, Muhayo Abdurahmonova, talabalarimiz va Lug'atning asosiy qismini bir necha bor kompyuterda tergan o'glimiz Odilmirzadir.
Ushbu Lug'atni poyoniga yetkazishda ajoyib inson, Pokistonning yirik olimi, qadrdonimiz Abdul Qodir Xonning xizmatlari alohida o'rin tutadi.
<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Password: turklib</div>
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: