Uvaysiy. Devon

<b>Devon</b>
Author: Uvaysiy
Composer & Comment: Aziz Qayumov,E'tibor Ibrohimova
Editor: Sabohat Azimjonova
Publisher: Toshkent.,'Fan'
Publication date: 1959
Number of pages: 290
Format / Quality: PDF
Size: 4,7 Mb
Language: Uzbek
Цитата:<div align="center">JAHON OTIN UVAYSIY
Yirik mumtoz shoira Uvaysiy 1780 yillar oxirlarida Marg‘ilonning Childuxtaron mahallasida tug‘ildi. Otasi Siddiq bobo she’rlar yozgan, onasi Chinnibibi ham ziyoli ayollardan bo‘lgan. Shoiraning akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur bo‘lib, otasi va akasi Jahon otinga dutor, tanbur chalishni o‘rgatganlar.
(1780 yillar oxiri - 1845)
Fors-tojik va arab tillarini, badiiy adabiyot qoidalarini Jahon otin otasi Siddiq bobodan o‘rgangan. Otasi erta vafot etgandan so‘ng, 17 yoshli shoirani marg‘ilonlik ziyoli Hojixonga uzatadilar. Uvaysiy yoshligidan fors-tojik va o‘zbek shoirlari asarlarini o‘rganadi, Qo‘qon xoni saroyida Mohlaroyim Nodira bilan ijodiy hamkorlikda bo‘ladi, «Uvaysiy» (Vaysiy) taxallusi bilan she’rlar yozadi. Uning Muhammadjon va Quyoshxon ismli farzandlari, Ojiza, Jahon bibi, Hayot, Baqo, Dilorom ismli shoira shogirdlari bo‘lgan. O’g‘li Muhammadjon «Majnun» taxallusi bilan, qizi Quyoshxon «Xokiy» taxallusi bilan she’rlar yozgan. Uvaysiy chiston janrida katta shuhrat qozongan. Jahon otin Uvaysiy 1850 yilda vafot etgan.
Uvaysiy adabiy merosining hajmi va ko‘lami, g‘oyaviy mohiyati, mazmul salmoqdorligi, badiiy tasvir tarovati jihatlaridan XIX asr birinchi yarmi o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalari qatorida turadi. Uvaysiy merosidan yodgor qolgan bir qancha qo‘lyozma kitoblar fanimizga uning avlodlari, xususan, chevarasi Xoljon otin-shoira Mag‘ziy tomonidan tortiq etilgan. Ushbu qo‘lyozmalarning hajmi, tarkibi, shakl jihatlaridan turli nusxalar bo‘lib. ularning eng mukammalida 5628 bayt yoki 11256 misra she’r mavjud. Shoiraning she’rlari «Devon» da jamlangan bo‘lib, unda g‘azal asosiy o‘rinni tutadi.
Asarlari: «Shahzoda Hasan» dostoni, «Voqeai Muhammadalixon» she’riy hikoyasi,«Karbalonoma» dostoni, «Uvaysiyman» (bu g‘azalda «benavo» so‘zi qofiyadosh so‘z sifatida uchramaydi), «Ko‘ngul dog‘ o‘ldi...», «Sog‘indim», «Mendin o‘rgandi», «Oshiq bo‘lmisham», «O’rgulay», «Yaxshi» kabi she’rlari, «Anor», «Qaychi» kabi chistonlari va boshq.
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:
