Xurshid Davron. Tarixiy hikoyalar va esselar

08.03.11 | yabgu

http//photoload.ru/data/dd/c3/96/ddc39666e97dd0f43513873a8e521c.jpg

<b>Tarixiy hikoyalar va esselar</b>
Author: Xurshid Davron
Publisher: Toshkent,"Sharq"
Publication date: 2006
Format / Quality: PDF
Number of pages: 64
Size: 2,4 Mb
Language:Uzbek
Цитата:
O'zbekiston Xalq shoiri,iste’dodli shoir va publitsist, mohir tarjimon va tarixshunos Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand shahri biqinidagi Chordara qishlog’ida tug‘ilgan. O’rta maktabni tugatgach, 1969 yili Toshkent Davlat dorilfununi jurnalistika fakultetining kechki bo‘limida o‘qib, kunduzi Toshkent qurilishlarida ishlaydi. 1971—1973 yillar davomida Olmoniyadagi sovet qo‘shinlari guruhida harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettiradi. 1974 yildan 1992 yilgacha nashriyot sohasida ishlaydi.
Uning ilk she’rlari 1978—1977 yillardan boshlab bosilgan. Katta adabiyotga kirib kelishi 1976 yili «Guliston» oynomasida ustoz shoir Erkin Vohidov oq yo‘li bilan boshlanadi. 1976-1978 yillar davomida bir qator she’rlari to‘plamlarda ham chop etiladi. 1979 yili birinchi va ikkinchi kitoblari: «Qadrdon quyosh», «Shahardagi olma daraxti» bosilib chiqadi. Shundan so‘ng shoirning quyidagi kitoblari nashr etiladi. «Tuygi bog‘lar» (1981), «Uchib boraman qushlar bilan» (1983), «To‘marisning ko‘zlari» (1984), «Bolalikning ovozi» (1986), «Qaqnus» (1987), «Polyot odinokoy ptitsi» (1989), «Samarqand xayoli» (1991)."Shahid shohi" (1995),"Bahordan bir kun oldin" (1997),"Bibixonim qissasi" (2006) va boshqa she'riy va nassriy kitoblar...
Xurshid Davronning she’riy tarjimalari ham yigirma yil davomida matbuotda bosilib keladi. Jumladan Nikolay Zobolotskiyning «Turnalar», «Dengiz yaproqlari» (klassik va zamonaviy yapon she’riyatidan namunalar), «Qirq oshiq daftari» («Muhabbat haqida yozilgan jahon she’riyati» durdonalari) kitoblari kitobxon qo'liga borib yetgan.
Hozirgi kunda esa shoir tarixiy hikoyalar va qissalar yozish bilan band.
Xurshid Davron xoh poeziyada, xoh nasrda qalam tebratadimi hamisha millatparvar, vatanparvar va bilimdon bo‘lib namoyon bo‘ladi. Undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati keng ilmiy tafakkurga ega ekanligi adib asarlariga alohida salmoqli mazmun bag’ishlaydi, uning uslubini ham tayin etadi.

MUNDARIJA


Iskandar Maqduniy va sak cho'poni
Haq birla bo'lgin-u xalq ichra bo'lgin ( Hazrat Bahouddin Naqsband va Naqshbandiya tariqati haqida)
Amir Temur o'g'lining o'limi haqida rivoyat
Osmonda quyosh yo'q edi (Mirzo Ulug'bekning so'nggi kuni)
Navoiy armoni

<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!

Password: turklib</div>

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 4061
Рейтинг:
  • 5