Abdulla Qodiriy ve Ozbek Romaninin Dogusu - 2008
Abdulla Qodiriy ve Özbek Romanının DoğuşuAuthor: Aziz Merhan
Publisher: Grafiker Yayinlari - 2008
Format / Quality: Pdf
Size: 170 Kb
Language:Turkish
Цитата:
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi bo‘yicha xorijlik adabiyotshunoslar tomonidan e’tiborga loyiq tadqiqotlar amalga oshirilayotir. Germaniyada Zigrid Klaynmihel va Ingeborg Baldauf, Amerikada Xristofor Murfi va Eden Nabi, Turkiyada Shuayb Qoraqosh va Fotima Ochiq singari olimlarning Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadqiqotlari xorijda qodiriyshunoslik shakllanib borayotganini ko‘rsatadi.
Mazkur tadqiqotchilar safiga 2008 yil fevralida Anqaraning “Grafik” nashriyotida chop etilgan 272 sahifali “Abdulla Qodiriy va o‘zbek romanining tug‘ilishi” nomli kitobi bilan Aziz Merhan ham qo‘shildi.
Bu yosh tadqiqotchi 2004 yili uch oy davomida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti olimlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqoti uchun manbalar to‘plaganidan xabarimiz bor. Zotan, Aziz Merhan o‘z qo‘lidagi barcha ilmiy va adabiy manbalarni sinchkovlik bilan bir sistemaga solib, ilmiy yo‘sinda bayon qilgan.
Garchi kitob “Abdulla Qodiriy va o‘zbek romanining tug‘ilishi” deya nomlangan bo‘lsa-da, kitobning “Kirish” qismida umuman o‘zbek adabiyoti tarixiga — xalq adabiyoti, mumtoz va yangi adabiyotga, o‘zbek tili masalalariga qisqacha bir nazar tashlangan.
Adabiyotshunos tadqiqotining “Abdulla Qodiriyning hayoti, asarlari va adabiy shaxsiyati” sarlavhali asosiy ikki bo‘limi avvalida adibning tarjimai holi, shoirligi, jurnalistik va tarjimonlik faoliyatiga to‘xtaladi; yozuvchining dastlabki “Baxtsiz kuyov”, “Juvonboz”, “Uloqda” kabi asarlarini jadidchilik fonida, “Tinch ish”, “Otam va bolshevik”, “Obid ketmon”, “Shubha” kabi asarlarini o‘sha davr ijtimoiy hayotiga uyg‘un ravishda tadqiq etadi.
Ikkinchi bo‘limda tadqiqotchi “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarining har birini alohida-alohida — “Tarixiy va ijtimoiy haqiqatlar”, “Uslub”, “Obrazlar”, “Tanqidlar” deb nomlangan fasllarga bo‘lib o‘rganadi. Romanlarning qiyosiy tadqiqi uchun maxsus fasl ajratadi.
Aziz Merhan ingliz va nemis tilidagi manbalardan keng foydalangan. Ammo asos sifatida M.Qo‘shjonov, I.Sultonov, U.Normatov, A.Aliev, S.Mirvaliev va boshqa qodiriyshunoslar yozgan ilmiy asarlarga tayanadi.
Mazkur asarda Abdulla Qodiriyning turli davrlarda nashr qilingan kitoblarining rasmlari ham berilgan.Aziz Merhanning yangi kitobi turk adabiyoti muhiblariga Abdulla Qodiriyning hayoti, adabiy shaxsiyati, ijod olami, uslubi, yaratgan mashhur qahramonlari tabiati, turli avlodga mansub o‘zbek va xorijiy qodiriyshunoslarning adabiy-ilmiy talqinlari yuzasidan ancha to‘kis ma’lumot beradi.Bahodir KARIM
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: