Asqad Muxtor - Insonga qulluq qiladurmen - 2009

Author: Asqad Muxtor
Publisher: Turkiston Kutubxonasi
Format / Quality: Pdf
Size: 1,65 Mb
Language:Uzbek[spoiler="About Author"]

Asqad Muxtor (1920 - 1996)
Atoqli shoir, nosir va dramaturg, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati Asqad Muxtor 1920 yili Farg’ona shahrida temir yo‘l ishchisi oilasida tug’ildi. U 11 yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad Muxtor Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat universitetiga (1938) kirib o‘qidi. So‘ng Andijon pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiri bo‘lib ishladi.
Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi uning faoliyatida yangi sahifa ochdi. U «Yosh leninchi» (1945), so‘ngra «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasining muharririyatlarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, «Sharq yulduzi» oynomasida (1960—1965) bosh muharrir, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) bo‘lib ishladi. «Guliston» oynomasida, «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bosh muharrir bo‘lib ishladi.
Asqad Muxtor «Tilak», «Tong edi», «Totli damlar» singari ilk she’rlari (1935—1938) da poeziyaning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab olishga intildi. U poeziyaga «Qalbga qanot», «dardga davo» beruvchi deb qaraydi. Shoir Ulug’ Vatan urushi boshlanishi bilan «G’alaba ishonchi», «Jangchining bayram kechasi», «Tug’ishganlar qaytdi», «Sog’inish», «Moskvaning qalbi» singari qator poetik asarlar yaratib, xalqni fashist bosqinchilari ustidan g’alaba qozonishga undadi. Vatan go‘zalliklarini, tuganmas boyliklarini, xalq hayotidagi katta o‘zgarishlarni tasvirlovchi «Po‘lat quyuvchi» (1947), «Hamshaharlarim» (1949), «Rahmat, mehribonim» (1954), «Chin yurakdan» (1956) she’riy kitoblari shoirning katta ijodiy yutuqlaridandir.
Asqad Muxtorning «Mardlik cho‘qqisi» (1948), «Yaxshilikka yaxshilik» (1949), «Samandar» kabi p’esalari dramaturgiyamizda bolalar hayotining, shuningdek, ishchilar sinfi turmushining yoritilishi jihatidan muhim ahamiyatga ega.
Yozuvchining «Daryolar tutashgan joyda» (1950), «Qoraqalpoq qissasi» (1958), «Buxoroning jin ko‘chalari» kabi qissalari, «Opa-singillar» (1954—1955), «Tug‘ilish» (1963), «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1973) romanlarida zamonamizning muhim muammolari o’z ifodasini toptan.
“Chin yurakdan” (1956) she’riy kitobi, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) hikoyalar to‘plami o’zbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi.
“99 miniatura”, «Karvon qo‘ng‘irog‘i» she’riy kitoblari 60-70-yillar o’zbek Sho‘ro she’riyatida katta voqea bo’ldi. Ularda inson qalbining tovlanishlari chuqur intellectual his-tuyg’u vositasida badiiy barkamol talqin etilgan.
Asqad Muxtor tarjimasida Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, Gorkiy, Shevchenko, Blok, Korneychuk, Pavlenko asarlari o‘zbek kitobxonlarining _ma’naviy mulkiga aylandi.
Asarlari: «Poeziya», «Nihol», «Sog‘inish», «G’alaba ishonchi» va boshqa she’rlari, «Po‘lat quyuvchi» (1947), «Hamshaharlarim» (1949), «Rahmat mehribonlarim» (1954), «Chin yurakdan» (1956), «99 miniatyura» (1962), «Karvon qo‘ng‘irog‘i» (1964), «She’rlar» (1966), «Quyosh belanchagi» (1971), «Sizga aytar so‘zim» (1978) kabi she’riy kitoblari, «Daryolar tutashgan joyda» (1950), «Qoraqalpoq» qissasi» (1958), «Buxoroning jin ko‘chalari» (1980, prototipi -Fayzulla Xo‘jaev), «Jar yoqasidagi chaqmoq» (1982), «Kumush tola» (1987) kabi qissalari, «Opa-singillar» (1955), «Tug‘ilish» (1960), «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1969), «Amu» (1984) kabi romanlari, «Mardlik cho‘qqisi» (1948), «Yaxshilikka yaxshilik» (1949), «Samandar» (1978) kabi p’esalari, «Dunyo bolalari» (1962), «Analhaq», «Chodirxayol» va boshq.[/spoiler]
Öèòàòà:
Mundarija:
1.Xonimning tug'ilgan kunlari
2.Insonga qulluq qiladurmen
3.Ko'k tosh
4.Jinni
5.Qodiriyni ko'rganman-u...
6.Fano va baqo
7.Arvoh
8.Taft
9.Omon qolgan odam
10.Makruh
11.Taqdir kimning qo'lida
12.Qora domla
13.Atir
<div align="center">
Óâàæàåìûé ïîëüçîâàòåëü, âàì íåîáõîäèìî çàðåãèñòðèðîâàòüñÿ, ÷òîáû ïîñìîòðåòü ñêðûòûé òåêñò!
Ïîäåëèòåñü çàïèñüþ â ñîöñåòÿõ ñ ïîìîùüþ êíîïîê:
