«Birinchi muallim»-«Ikkinchi muallim»-«Maktab gulistoni»

29.12.08 | Xurshid

http//photoload.ru/data/f7/b0/50/f7b0502be8c86203ce6acaffe59f993a.jpg


«Birinchi muallim»-«Ikkinchi muallim»-«Maktab gulistoni»
Author: Abdulla Avloniy
Publisher: Turklib.uz
Publication date: 2008
Format / Quality: Pdf/Doc
Size: 315 kb

Цитата:

Abdulla Avloniy (1874-1934)


Yangi davr oʻzbek madaniyati, adabiyotining asoschilaridan bin, bolalar adabiyoti, oʻzbek milliy teatri, dramaturgiyasi, matbuoti, oʻzbek milliy pedagogikasining tamal toshini qoʻygan, xalqimizning asl farzandi Abdulla Avloniydir.
Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentning Mergancha mahallasida toʻquvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval Oʻqchidagi boshlangʻich maktabda, soʻng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʻproq mustaqil oʻqib-oʻrgandi, tez orada oʻz davrining savodxon, maʼrifatparvar kishisiga aylandi. Avioniy asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olganjadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarmi savodxon qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi.

Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkina qabristoniga dafn etilgan.

Nashr qilingan asarlari

* Avloniy. «[[Toshkent tonggi]]». T., 1978.
* Avloniy. Oʻson millat. T., 1993.
* Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T., 1992.
* Avloniy. Afgʻon sayohati. Kundaliklar. «Sharq yulduzi», 1990, 7-son.
* Milliy uygʻonish. T., 1993.
* Avloniy, Tanlangan asarlar, Ikki tomlik, «Maʼnaviyat»., T., 1998 y.

Ilmiy adabiyot

* Qosimov B. Abdulla Avloniy. T., 1979.
* Qosimov B. Inqilobiy sheʼriyat sahifalari. T., 1977.
* Oripov Q. Alangali yillar adabiyoti., T., 1972.

Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 6166
Рейтинг:
  • 0