Chingiz Aytmatov: O’tar qush nolasi
O’tar qush nolasiAuthor: Chingiz Aytmatov
Publisher: Suyun Qoraev tarjimasi
Publication date: 2007
Format / Quality: Pdf
Size: 85.71 Kb
Language:Uzbek
Цитата:
“O’tar qush nolasi” hikoyasi tirik mavjudotlardan eng vahshiysi bo‘lmish inson zotiga noinsoniy qilmishlari uchun tilga kirgan turnaning (lisonut-tayr) mudhish aybnomasi, muallifning yurakdan chiqqan faryodidir – unda qirg‘izlarning bosqinchi jung‘orlarga qarshi olib borgan hayot-mamot janglaridan biri haqida so‘z boradi.
Turnalar galasi har yili uzoq safarga otlanganda qo‘nib, dam oladigan joyini tanimay qoladi: “... qayoqqa qaramang odamlarning jasadlari-yu otlarning o‘liklari tog‘-tog‘ uyulib yotar, suv keng yoyilib oqqan joylarda son-sanoqsiz murdalar daryo suvini to‘sib qo‘ygan edi. Qip-qizil qon aralash suv hamma yoqqa yoyilib, otlarning tuyoqlari ostida qon halqoblarini hosil qilgan edi...
Jang tugagandan keyin u yerda quzg‘unlar bazmi boshlandi, o‘limtikxo‘r qushlar odam go‘shtiga to‘yishdi, uchish u yoqda tursin qanotlarini ham qoqolmay qolishdi. Jangdan keyin shaqollar ziyofati boshlandi – chiyabo‘rilar odam go‘shtiga shu qadar to‘ygan ediki gavdalarini sudrab zo‘rg‘a ketishdi...”
Turna sheriklariga murojaat qiladi: “Kechiringlar, o‘tar qushlar! Bo‘lib o‘tgan vahshiyliklar uchun kechiringlar, bo‘lajak vahshiyliklar uchun kechiringlar. Bani odam hayoti nima uchun shunday ekanini, nega zaminda shuncha ko‘p o‘ldirilganlar va o‘ldirilayotganlar bo‘lishini men tushuntirib bera olmayman, sizlar tushuna olmaysizlar...
Qushlar keting bu yerdan, bu mudhish joydan uzoq-uzoqlarga uchib keting”.
Nega olamda odamlar bir-birlarini shu qadar ko‘p o‘ldirganlar va o‘ldirmoqdalar degan qadimiy savol hamon javobsiz qolmoqda.Odil Yoqubov
O’zbekiston xalq yozuvchisi
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: