Humoyun va Akbar (Avlodlar dovoni)
<b>Humoyun va Akbar (Avlodlar dovoni)</b>Author: Pirimqul Qodirov
Publisher: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti
Publication date: 1989
Format / Quality: Pdf
Size: 1,8 Mb
Language: Uzbek
Цитата:
Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktyabrda Turkiston tizma tog’i etagidagi Kengqo’l qishlog’ida tug’ildi. 1951 yildan O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954 yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi.
Birinchi kitobi – “Studentlar” 1950 yilda chop etilgan. Yangi avlod o’zbek ziyolilarining shakllanishi “Uch ildiz” romanida (1958) tasvirlangan. Roman 1959 yilda Moskvada rus tilida chop etildi.
Yozuvchi tug’ilgan tog’li qishloq hayoti “Qora ko’zlar” (1966) romanida aks ettirilgan. P. Qodirov “Qadrim” (1963), “Erk” (1969), “Meros” (1975) qissalari, “Olmos kamar” (1977) romani muallifi.
So’ng o’ttiz yil davomida xalqning tarixiy xotirasini uyg’otadigan “Yulduzli tunlar” (1978), “Avlodlar dovoni” (1988), “Ona lochin vidosi” (2001) nomli tarixiy romanlarni chop ettirdi. Bobur haqidagi roman o’zbek tilida 6 marta, rus tilida 5 marta katta tirajda chop etildi. U hind, urdu, bengal, turk, qozoq, uyg’ur, turkman tillariga o’girilgan.
Olim P. Qodirov “Til va dil” (1973), “Xalq tili va realistik proza” (1974) singari ilmiy, “O’ylar” (1971), “Qalb gavhari” (2001) badia kitoblar muallifi.
L. Tolstoyning “Kazaklar” qissasi, K. Fedinning “Ilk sevinchlar”, X. Deryaevning “Qismat” romani P. Qodirov tomonidan o’zbekchalashtirilgan.
P. Qodirov 1990-2000 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining fan, ta’lim va madaniyat qo’mitasining raisi, rais o’rinbosari vazifasida faoliyat ko’rsatdi.
1988 yilda P. Qodirovga “O’zbekiston Xalq yozuvchisi” unvoni, 1998 yilda “El-yurt hurmati” ordeni berildi.
<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: