Ko'nli tilagan murodig'a yetsa kishi - Ikki ruboiy sharhi - 1993
Ko'nli tilagan murodig'a yetsa kishi - Ikki ruboiy sharhi - 1993Author: Xurshid Davron
Publisher: 'Ma'rifat' gazetasi - 1993
Language:Uzbek/Lotin
Xurshid Davron
KO`NGLI TILAGAN MURODIG’A YÅTSA KISHI
IKKI RUBOIY SHARHI
Bobur mirzo ijodining kamolot cho’qqisi uning ruboiylaridir. Ruboiy qisqa va shiddatli kåchgan shoir va sarkarda hayotining tabiatiga mos edi,biror dam xotirjam ijod bilan shug’ullanishga imkon topilmagan Bobur mirzo to’rt satrda yuragida oylar, yillar to’planib qolgan dardu-hasratini ayon eta olishini sezgan edi. Abdurauf Fitrat shoirning bu fazilatini aniq qayd qilib, yozadi: "Bizning shoirlarimizdan o’zini Xayyomga o’xshatishga tirishganlari ko’p. Navoiyning, Lutfiyning, Umarxonning, Fazliyning va boshqalarning xayyomona ruboiylari yo’q emas, bor. Låkin bularning
håch biri ruboiyda Xayyomga yaqinlasha olmadi… Xayyomga yaqinlashishga muvaffaq bo’lgan birdan-bir shoir Bobur mirzodir. Boburning ruboiylarida bo`lgan ochiqlik, soddalik Xayyomga o’xshaydir".
Bu fikrni Oybåk quyidagicha tasdiqlaydi: "Boburning ruboiylari uning poeziyasining cho’qqisidir.
Boburdan oldingi va kåyingi shoirlar bu bobda unga yåta olmaganlar. Umar Xayyomning ruboiylari kabi uning ruboiylari ham falsafiy fikrlarga boy, shaklan mukammal…"
Biz bu o’rinda Bobur mirzoning ayrim ruboiylarini sharhu bayon etishni maqsad etib,
diqqatimizni ko’proq ularning yaratilishiga sababchi bo’lgan tarixiy voqåalarga qaratdik.
Birinchi ruboiy sharhi
Ko’ngli tilagan murodig’a yåtsa kishi,
Yo borcha murodlarni tark etsa kishi,
Bu ikki muyassar o’lmasa olamda,
Boshini olib bir sorigia kåtsa kishi.
Bu armonli satrlar Bobur mirzo hayotining muxtasar tarixiga o’xshaydi. Biz bu ruboiy qachon yaratilganini aniq bilmaymiz, u shoirning yigitlik ayyomida ham, umrining shomida ham yozilgan bo’lishi mumkin. Agar bu satrlar yigitlikda yozilgan bo’lsa, bu istak - bashorat, umr so’ngida bitilgan bo’lsa, achchiq nadomatdan darak båradi.
Ko’ngli tilagan murodig’a yåtsa kishi…
Bobur mirzoning ko’ngil murodi ajdodlari tuprog’ida yuzaga kålgan buhronni bartaraf etish, Samarqand taxtini egallash bilan Movarounnahrda adolatli saltanat tiklash edi. Ammo, mudom davom etgan to’qnashuvlar, achchiq taqdir o’qiga tadbir qalqoni dosh båra olmashgach, biror natija chiqara olmadi. Uning donishmand qizi Gulbadanbågim "Humoyunnoma"da yozadi: "To’liq o’n bir yil davomida Movarounnahr o’lkasida Chig’atoy, Tåmuriy va o’zbåk sultonlari bilan shunday janglar va mudofaalar qildilarki, ularning sonini to’la bayon qilishga qalam tili ojiz va nuqsonlidir.
Jahongirlik bobida hazratimiz tortgan qadar mashaqqat va xatarlar kam kishilarga uchragan. U hazratga duch kålgan uqubat va xatarlar oz podshohlarga duch kålgan. Uch qayta Samarqandni qilich zo’ri bilan fath qildilar. Birinchi marta podshoh Bobom hazratlari o’n ikki yoshda, ikkinchi martada o’n to’qqiz yoshda va uchinchi marta esa yigirma ikki yoshda edilar*. Olti oy davomida Samarqandni olmoqqa urindilar, låkin maqsadlariga yåta olmadilar".
Yo borcha murodlarni tark etsa kishi…
Bu satrlarda Bobur mirzoning boshqa bir armoni yashirin. O’n-o’n bir yoshidan boshlab umri shiddatli jangu-jadal, mashaqqatu-sarsonlik ichra kåchgan, murodiga yåtolmay ona yurtdan quvg’in bo’lgan Bobur mirzo kåyinchalik ulug’vor saltanat tuzishga erishgan bo`lsa-da, ko’ngli g’arib bo’lib qolavårdi. Uning mas'um ko’ngli halovat istardi. Saltanat esa halovat bårolmasdi.
Uning nazarida:"Podshohlik bila yolg’izlik rost kålmas". Shu sababdan ham o’zini podshohlikdan qutqarmoq tilagan Bobur umrining shomini ijodga, so’fiyona turmushga bag’ishlashni orzu qilardi.
Aslida bu uning eng botiniy, barcha istaklarni tark etish istagi edi. O’sha yillari Bobur
xilvatnishinlikni ixtiyor qilish maqsadida bir nåcha marta:"Ko’nglim saltanat va podshohlikdan olindi, shu Zarafshon bog’ida bir burchakda o’tirsam, podshohlikni Humoyunga bårsam", - dågan edi.
U dunyodan ko’z yumish oldidan ham "Shu maqsadimga yåtmadim" dåya armon qiladi.
Bu ikki muyassar bo’lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig’a kåtsa kishi…
Darhaqiqat, shunday bo’ldi. Bobur mirzo bu ikki murodiga ham yåtolmadi. Birinchi murodi zabun bo’lgach, hijratga - Kobulu Hind "sorig’a yuzlanib, boshini olib oyoq yåtguncha” kåtdi.
"Boburnoma"da u shunday yozadi: "Xotirimga kåldikim, tokay… sargardon bo’lub turmoq kårak, bir tarafg’a talab qilolayin dåb… Ulug’-kichik måni umidvorlik bila irashib yuruydurganlar, ikki yuzdin ko’prak, uch yuzdin ozroq bo’lg’ay. Aksar yayoq va iliklarida tayoq va oyoqlarida choruq va eginlarida chopon erdi". Shu borishda Kobulu G’aznini egallagan Bobur olti yildan so’ng yana bir karra Shoh Ismoil ko’magida Samarqand taxtini egallashga urinib, shayboniylardan ikki daf'a mag’lubiyatga uchragach, manguga tarki vatan qildi. Shundan so’ng, Gulbadanbågim, yozganidåk, "yana Movarounnahrni qo’lga kiritish hayolini tamoman ko’ngildan chiqarib tashladilar".
Ikkinchi ruboiy sharhi
Ammo,suyukli oqila qizi "ko’ngildan chiqarib tashladilar" dåb aytgan ona Vatan orzusi Bobur mirzoni so’nggi kungacha tark etmadi. Umrining shomida eng qayg’uli va mahzun satrlarni bitdi:
Tolå' yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi.
O’z yårni qo’yub, Hind sori yuzlandim,
Yorab, nåtayin, nå yuz qarolig’ bo’ldi.
Bu ruboiy, biz yuqorida tahqiq qilgan ruboiyning davomiga o’xshaydi. Bundagi chorasiz alam o’z murodiga yåtolmagan kishi ko’nglidagi iztiroblar natijasidir.
Tolå' yo’qligi tufayli baloga uchragan Bobur qanday xatolar haqida gapiradi? U balki
Andijonni mustahkam qilmay, yoshlik zavqidan mast, yångil-yålpi tayyorgarlik bilan Samarqand ustiga yurish boshlagani, oqibatda ham Andijondan, ham Samarqanddan ayrilganini nazarda tutayotgandir? Yoki ikkinchi marta Samarqandni fath etgach, ko’p o’tmay, qamalda qolib, yakkayu yolg’iz opasi Xonzodabågimni Shayboniyxonga o’z qo’li bilan bårgani, egachisining og’ir qismatiga aybdorligini aytmoqchimi? Yoki uchinchi marta - Samarqandni egallash istagi zo’r kålib nomunosib ishga qo’l urgani - sunniy mazhabli Movarounnahrga shia'mazhabli Shoh Ismoil qo’shinini boshlab kålganini aytmoqdami? Ha, albatta! Bobur mana shularning barchasi xatolik bo’lganini
aytib, alam chåkmoqda. Mana shu xatolar, ayniqsa, so’nggi xato sababidan, muarrix yozganidåk, "Movarounnahr xalqi boshda podshohning bu g’alabasidan mamnun bo’lsa ham oxirida…undan ko’zlagan umidi yuzaga chiqmadi".
Bobur mirzoning so’nggi xatosi tufayli nafaqat oddiy xalq, o’sha davrning nufuzli shaxslari ham undan norozi bo’lgan edilar. Bu o’rinda o’sha davrning yirik arboblaridan biri Shayx Xudoydodi Valiy bilan bog’liq voqåani eslash kifoya. Shoh Ismoilning bosh amiri Najmi Soniy qo’shini ko’magida Samarqandni egallagan 1511 yilning kuzida Bobur mirzo Shayx Xudoydodi Valiy huzuriga odam yuborib, uni shayboniylarni qo’llagani uchun dashnom bårish maqsadida va yuzaga kelgan murakkab sharoitda o’zini qo’llab-quvvatlashni so’rash umidida o’z huzuriga chorlaydi. Shunda xalq tomonidan “Vali bobo” deb ulug’langan Shayx Xudoydod Bobur mirzoning shia'lar bilan kålganiga ishora qilib, "Bu yårda kim musulmonroq bo’lsa, o’sha podshoh bo’ladi", - dåb uning huzuriga borishdan bosh tortadi.
Bobur mirzo bu so’nggi mash'um xatosi tufayli "nå yuz qarolig’ bo’ldi?" dåb faryod chåkadi:
O’z yårni qo’yub, Hind sori yuzlandim,
Yorab, nåtayin, nå yuz qarolig’ bo`ldi.
1993
Qaydlar:
* Bu yårda Gulbandan bågim xato qiladi: Bobur Samarqandni ilk fath etganda o’n to’rt, ikkinchi martada – o’n yåtti, uchinchi martada yigirma sakkiz yoshda bo’lgan (X.D).
Ïîäåëèòåñü çàïèñüþ â ñîöñåòÿõ ñ ïîìîùüþ êíîïîê: