To'maris & Shiroq - Tarixiy qissalar
<b>To'maris & Shiroq</b>
Author: Mirkarim Osim
Publisher: Toshkent,'O'qituvchi' nashriyoti
Publication date: 2000
Format / Quality: Pdf
Size: 12,02 Mb
Language:Uzbek
Цитата:MIRKARIM OSIM HAQIDA MUXTASAR SO'Z
Tarixiy mavzuda ijod qilgan ozbek adiblari haqida so'z ketganda ,albatta,Mirkarim Osimning nomi katta hurmat va e'tibor bilan tilga olinadi.Shaxsan o'zimga kelsak,adabiyotga,qadimiy tariximizga bo'lgan katta qiziqishim,muhabbatim adibning 'O'tror' qissasi tufayli qonimga singgan bo'lsa ajabmas.Keyinchalik uning 'To'maris','Shiroq','Karvon yo'llarida','Temur Malik','Iskandar va Spitamen','Elchilar',Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino,Al-Xorazmiy,Alisher Navoiy,Mashrab hayotiga bag'ishlangan qissa va hikoyalari mening sevimli asarlarimga aylandi.
Bundan 20 yilcha avval (1988 yilda) hurmatli ustozga bag'ishlab ushbu she'rimni yozgan edim:
MIRKARIM OSIM YODI
...So'nggi dam ko'ziga
Ko'rindi birdan
Olis-olislarga singib kengan yo'l
Va qabog'ini yopdi ehtirom bilan
G'oyibdan qanotdek paydo bo'lgan qo'l.
...Mirkarim Osimni
Xor etgan damlar
Bildikmi dilimiz xor bo'lganini,
Tunlari ko'ksini tilganda g'amlar
Bir og'iz ovunchga zor bo'lganini?!
Qiblanamo bo'lib hotif tuyg'ular
Yuragini olib ketarkan yiroq,
Yillarning ko'ksini bosgan uyqular
Uzra Tarix yoqib qo'yardi chiroq.
Hasratlar chulg'asa kuygich ko'ksini
Tunlari To'maris kelib ovutdi.
Oh tortsa,Navoiy ardi ko'zini,
Inolchiq sovuti dilin sovutdi.
Bog'larni zulumot qurshab olgan choq
Jo'nardi - sezmasdi buni tiriklar,
Uni qo'riqlardi tunlari Shiroq,
Uni qo'riqlardi Temurmaliklar.
Kuyib kul bo'lmagan O'tror toshini
Qo'liga olarkan,o'yga botardi
Va sekin tomizib ko'zin yoshini
Toshdagi hikmatni u uyg'otardi.
Keksa O'kuz uzra suzgan bulutlar
Ichra jang qilarkan zulmat ila nur,
Karvon yo'llaridan o'tib borardi
Manglayiga tushib falakdan shuur.
Ammo quyosh chiqib,oqarganda tun -
U yana ortiga horg'in qaytardi,
Yurardi gapdonlar ichra xuddi gung,
Hamdardi bo'lmasa,kimga aytardi?!
Kimgayam aytardi hamma kar bo'lsa,
Uqmasa moziyning muqaddas kuyin.
...Bu qanday vatankim,Odamni faqat
Kimligin anglaymiz o'lgandan keyin...
Sizga, hali nech-necha avlodlar o'qishiga kafil bo'lganim ta'kidlagan holda, atoqli yozuvchining ikki asarini taqdim etishdan benihoyat mamnunman.Xurshid Davron
O'zbekiston xalq shoiri
2009 yil,12 yanvar
<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: