Mirtemir / Миртемир
Buyuk shoirlar ovozi / Голоса великих поэтовАвтор: Mirtemir / Миртемир
Полготовил: TurkLib
Дата издания: 2008
Формат / качество: mp3
Размер: 3,92 mb
Mirtemir (Tursunov Mirtemir) 1910 yil 30 mayda Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1971). Eski maktabda ta’lim olgach (1919—20), Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920—23) va O’zbek erlar bilim yurtida taxsil ko‘rgan (1925— 29). Ilk she’rlar to‘plami — «Shu’lalar qo‘ynida» (1928) milliy o‘zbek she’riyati uchun yangi janr — sochma (nasriy she’r) janrida yozilgan. «Zafar» (1929), «Qaynashlarim» va «Bong» (1932) she’riy to‘plamlari muallifi. «Barot» (1930), «Xidir» (1932), «Dilkusho», «Suv qizi» (1937), «Oysanamning to‘yida» (1938), «Ko‘zi» (1939) kabi dostonlar yozgan. «Qoraqalpok, daftari» (1957) turkumidan o‘rin olgan «Surat» lirik qissasi esa 60—70-yillarda o‘zbek she’riyatida doston janriga e’tiborning kuchayishi va lirik doston janrining kamol topishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. A. S. Pushkinning she’rlarini, N. A. Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi», Sh. Rustavelining «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon», Abay, Maxtumquli va Berdaq asarlarini hamda kirg‘iz xalq, eposi «Manas»ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti (1979), Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti (1977) laureati. 1978 yil 25 yanvarda Toshkentda vafot etgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibi (2002).
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: