O'lmas Umarbekov. Saylanma. Hikoyalar / 3 jildlikning 1-childi
Saylanma. Hikoyalar / 3 jildlikning 1-childiAuthor: O’lmas Umarbekov
Publisher: Toshkent."Sharq" NMAK Bosh muhaririyati
Publication date: 2002
Format / Quality: Pdf
Size: 1.28 Mb
Language: Uzbek
Цитата:
Sozboshi muallifi - Tohir Malik
O’lmas Umarbekovning asarlarini o‘qiy turib shunday deb hayqirging keladi.
«Bunchalar beshafqatsan, hayot!»
O’lmas Umarbekovning qalbida tug‘ilib, qog‘ozga ko‘chgan asarlarni o‘qib bo‘lgach, beixtiyor shunday deb yuborging keladi.
«Bunchalar makkorsan, hayot!»
O’lmas Umarbekovning hayot so‘qmoqlarida adashgan qahramonlari bilan tanishgach, «makr va muhabbatning ildizlari qayda ekan?» deb o‘ylay boshlaysan.
Yozuvchining ellik yil muqaddam yozgan ilk hikoyasidan boshlab to so‘nggi satrlarigacha — hamma-hammasini oddiy asar emas, balki avlodlarga vasiyatnoma sifatida qabul qilmoq durust. Yozuvchi hayot haqidagi mulohazalarini o‘nlab qahramonlarining takdirini bayon qilish bahonasida o‘quvchi diqqatiga havola etgan.
O’lmas Umarbekov qalamiga mansub asarlarning qahramonlari — turli fe’l-atvorga, turli taqdirga ega turli davrlarning kishilari. Lekin adibning qalbi ularni bir nurli nuqtada birlashtirib turadi. Bu qahramonlar — ezgulik izlovchilar, ezgulik istovchilar, sog‘inuvchilar, zulm yoki beshafqatlik qarshisida bo‘yin egmovchilar —_bularning barcha-barchasi yozuvchi yuragida tug‘ilgandir...
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: