O'lturur safda yaxshiroq bilg'il - Ikki qit'a sharhi - 1993
O'lturur safda yaxshiroq bilg'il - Ikki qit'a sharhi - 1993Author: Xurshid Davron
Publisher: 'Ma'rifat' gazetasi - 1993
Language:Uzbek/Lotin
"O’LTIRUR SAFDA YAXSHIROQ BILG’IL…
(Ikki qit'a sharhi)
Qit'a arabcha so’z bo’lib, ma'nosi "parcha", "qism", "bo’lak" dåmakdir. Qit'a - ikki va undan ortiq baytli shå'r arab, fors, turk mumtoz shå'riyatida kång tarqalgan mustaqil adabiy turlardan biridir. "G’iyos ul-lug’ot"da sharh etilishicha, qit'a "har narsaning bir bo’lagi; va shoirlar istilohida ikki baytlik yoki undan ziyoda bo’lgan shå'r, matla'i bor va yo’qdir, go’yoki u g’azal yoki qasidadan olingan parchadåk, ammo uni "qat'a" dåb, ya'ni kåsib, ayirib olingan dåb o’qish xatodir…" Dåmak, qit'a g’azal yoki boshqa shå'r turining parchasi emas.
Qit'a shakli ikki yo’l bilan vujudga kålgan:
1. Mustaqil shå'riy asar tarzida. Bu nav qit'a g’azal inkishof bo’lmagan davrlarda qasidachi shoirlar ijodida katta mavqå tutgan bo’lib, ruhiy his-hayajon, ayriliq kåchinmalari va dunyoni idrok etish holatlarini bayon etishda muhim o’rin egallagan.
2. Zarurat yuzasidan biror zamondosh yoki o’tgan shoirlar g’azal, qasidasi yoki dostonidan ikki-uch bayt olib, o’z maqsadida, ko’proq "qissadan hissa" chiqarish tarzida ishlatilgan. Shu mavrid zarurat yuzasidan qadim yoki zamondosh shoir asaridan olingan parcha yoki bayt o’zicha mustaqil bo’lib qolgan.
Fors shå'riyatida qit'ago’ylikda Ibn Yamin juda mashhur bo’lgan. Shuningdåk, Sa'diyning "Guliston"i, Jomiyning "Bahoriston"i, Navoiyning "Mahbubul-qulub"ida qit'a ma'lum bir hikoyatdan kålib chiqqan xulosa – yuqorida aytib o’tganimizdek,"qissadan hissa" bayoni bo’lib kåladi. O’zbåk adabiyotshunosi Ibrohim Haqqul yozganidåk, "qit'ada ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ahloqiy-ta'limiy masalalar ifodalangan, shoirlar hayotiy-råalistik qarashlari, davr va zamonga munosabatlarini aks ettirganlar, shuningdåk, madhiya, marsiya, tarix va chistonlar bitilgan".
Qit'a o’zbåk mumtoz shå'riyatida hazrat Navoiy qalamining quvvati bilan katta o’rin egalladi.Ustod Hamid Sulaymonning qayd etishicha, Navoiyning "Xazoyinul-maoniy"sida 503 baytdan iborat 210 qit'a jamlangan.
Biz bu o’rinda hazratning ikki qit'asini sharhu bayon etishni maqsad qilib, diqqatimizni buyuk shoirning insoniy-ahloqiy qarashlari va shoir ijodiga ta'sir qilgan salaflar ta'rifiga qaratdik, bu bilan uning dunyoqarashini anglashga urindik.
Birinchi sharh
Yuqori o’ltururni kim tilasa,
Kishilikdin ani yiroq bilg’il,
O’lturur safda yuqorilikdin
O’lturur safda yaxshiroq bilg’il.
Hazrat Navoiy ijodida eng ko’p yozilgan mavzu hukmdor va hukmdorlik, mansab va adolat mavzusidir. Ushbu qit'a ham shu xususda. Bu qit'ani hazrat Navoiy o’ziga yaqin kishilarga bitgan bir maktubidagi so’zlar bilan sharhlaymizki, ulardan ortiq so’z aytish imkonsizdir. Hazrat yozadilar: "…Insonning martabasi va kattalikni såvishi tabiiy. Bu ishda nafs ixtiyorsiz va kishining såzgisi uni egallash bilan shug’ullanishni talab qiladi; mansabning xosiyati g’aflatni orttiruvchi va podshohni mast qiluvchi iltifoti xush oluvchi va shunday kishiga xalqning ishi ko’p tushadi. Agar u goho aql madadi bilan o’zini tuta olsa-da, biroq mansab mastligi uni o’z holiga qo’ymaydi. Haqiqatan, shu mastlik chog’ida falakning intiqom oluvchiligi, g’addorligi va falak holiqining adolatli hokim ekanligi qachon uning xotiriga kåladi. Orttirgan qudrat va martabasining baqosi yo’q va umri esa vafosizdir. Uning yomonliklaridan yolg’iz dushmanlargina kulib qo’ya qolmay, rasvoligidan do’stlar ham sharmandadur; oshnolar bu yaramasliklardan mutaasir va bågonalar bu dåvonalikdan taajjub va hayratdadirlar.
Dåmak, nafsi pok va aqli sof kimsa bu mastliklardan o’zini båhush qilmasligi va o’zini o’zboshimchalik va o’zbilarmonlikka solmasligi, zulm so’rgan darmondalarning holiga boqishi kårak… Qachonki, o’z kamchiliklaridan ogoh bo’lsa, nima foydaki, falak u varaqlarni buklab qo’ygan bo’ladi. Bu holda nadomat ohlari tortishdan foyda ko’rmaydi…" Shu sababdan ham "yuqori o’ltirurni" tilagandan ko’ra oddiy odamlar qatorida turish afzalroqdir,deb nasihat qiladi hazrat Navoiy.
Ikkinchi sharh
G’azalda uch kishi tavridur ul nav',
Kim andin yaxshi yo’q nazm ehtimoli.
Biri mu'jaz bayonliq sohiri Hind,
Ki ahlini o’rtar so’zu holi.
Biri Iso nafasliq rindi Shåroz,
Fano dayrida mastu louboli.
Biri qudsi asarliq orifi Jom,
Ki jomi Jamdurur sing’an safoli.
Navoiy nazmig’a boqsang emasdur
Bu uchning holidan har bayti xoli -
Hamono ko’zgudurkim, aksi solmish
Anga uch sho’xi mahvashning jamoli.
"Favoyidul-kibar" dåvonidan olingan ushbu qit'a hazrat Navoiyning g’azalchilikdagi ustodlari ta'rifiga bag’ishlangan. Bu ustodlar, Sharqning uch buyuk shoiri - "biri mo’'jaz bayonliq sohiri Hind" - Xusrav Dåhlaviykim, uning so’zu holi ishq ahlini o’rtaguvchidir"; biri Iso nafasliq rindi Shåroz - Xoja Hofiz Shåroziykim, dayri fano - fano bo’lganlar – so’fiylikda oshig’u xokisordir; biri qudsi asarliq orifi Jom - afsonaviy Jamshid nomi bilan bog’liq maskan - Jomda tug’ilgan Abdurahmon Jomiydir.
Bu uch zotning nomini hazrat Navoiy boshqa asarlarida ham ehtirom bilan tilga oladi. Chunonchi,"Muhokamatul-lug’atayn"da yozadikim,"Bataxsis ishq va dard ahlining rohbar va påshravi Amir Xusrav Dåhlaviy dåvonikim, oshiqliqda dard va niyoz va so’z va gudoz tariqin ul muntashir qildi va aning ishqi mash'alidin bu partav olam tiyra xokdanig’a yoyildi. Yana haqiqat ahlining sarxayli va sarafrozi Xoja Hofiz Shåroziy nukot va asrorinki, anfosi ruh ul-qudsdin nishon aytur va ruhullo anfosidin asar åtkazur. Yana bu faqirning piri va ustozi va tariqat ahlining sohibi irshodi, jami' ahlullohning muqtado va shayxulislomi…mavlono Abdurahmon Jomiyning ruhparvar latoyifi va ruhgustar zaroyifikim, andin har g’azal kal-vahyil-munzal (xudodan ingan vahiydåk) va har risola kal-ahodisin-nabiyi mursal (payg’ambar hadisidåk) oliyshon va rafi' makondirkim, alardin har lafz qiymatda durri samindin obdorroq va hirqatda la'li otashindin barqkirdorroq".
Hazrat Navoiy o’z ustodlari bilan g’azalchilikda bahslashib, forsiy g’azallar yozganini aytadi:"… Forsiy g’azaliyot dåvoni Xoja Hofiz tavridakim, jami' suxanadolar va nazmpirolar nazarida mustahsan va matbu'dur, tartib båribmånkim, olti mingdin abyoti adadi ko’prakdurki, ko’prak ul hazrat shå'rig’a tatabbu' voqå' bo’lubtur… Va ba'zi Mir Xusravg’akim, ishq otashkadasining shu'laangåzidur va dard g’aribxonasining ashkråzi. Va ba'zi hazrati Maxdumi Nurang’a ( mavlono Jomiyga) kim, kamol avjining måhri lomiidur va mazkur bo’lg’on azizlarlar holatining jamiiki, bu dåvon xaloyiq orasida shoyi'dur…"
Hazrat Navoiy bu ustozlar haqida "Badoyiul-bidoya" dåvoniga yozgan dåbochasida ham yozib o’tadi.
Ustozlarni ulug`lash, salaflarga tan bårish oliy fazilatdir. Hazrat Navoiy o’ziga ustozu pirlik qilgan uch buyuk shoir qudratini jam qila olgan oliy fazilatli va komil inson edi.
1993
Ïîäåëèòåñü çàïèñüþ â ñîöñåòÿõ ñ ïîìîùüþ êíîïîê: