Tog'ay Murod: Ot kishnagan oqshom
<b>Ot kishnagan oqshom</b>Author: Tog'ay Murod
Publisher: Toshkent,"Sharq" NMAK Bosh tahririyati
Publication date: 2008
Format / Quality: Pdf
Size: 572.11 Kb
Цитата:
Tog‘ay Murod (Mengnorov) o‘zbek milliy adabiyotining noyob vakilidir. U 1948 yili Surxondaryo viloyatining Denov tumani, Xo‘jasoat qishlogida tug‘ilgan. Shu qishloqdagi 43-o‘rta maktabii 1966 yilda tugallab, o‘sha yili Toshkent Davlat dorilfupunining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirgan. 1972 yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlagach, respublika radiosi «Vatandoshlar» tahririyatida bo‘lim muharriri bo‘lib, 1970 yilgacha xizmat qilgan.
Tog‘ay Murod 1973—1974 yillarda sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilib qaytdi. 1976—1978 yillarda esa «O’zbekiston fizkulturachisi» ro‘znomasida tarjimon, 1982— 1984 yidlarda «Fan va turmush» oynomasida bo‘lim muharriri bo‘lib ishladi. 1985—1987 yillarda Moskvada M. Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti oliygohida tahsil olib qaytdi. Yozuvchi o‘z ijodini 1976 yili «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi bilan boshladi. Bu qissa o‘zbek adabiyotiga tug’ma iste’dod egasi kirib kelayotganidan darak berdi. Qissada Bo‘ri polvon, Tilovberdi, Abil polvon obrazlarida o‘zbek milliy kurashi badiiy ifodasini topdi. Adibning 1979 yilda bitilgan «Ot kishnagan oqshom» qissasi bu umidni chinakam haqiqat, ishonchga aylantirdi. Asar bosh qahramoni Tarlon ot kitobxon qalbiga qadrdon bir odamday kirib bordi. Asar nohaq tanqidga ham uchradi.
Yozuvchining 1980 yili chop etilgan «Oydinda yurgan odamlar» qissasi adibninggina emas, o‘zbek milliy adabiyotining noyob namunasi bo‘ldi. Qissa qahramonlari Qoplon va Oymomo farzand orzu-ilinjida kun, oy, yillarni bir-biriga ulab yashashadi. Hali tug’ilmagan bolaning bobosi, momosi bo‘lib zurriyotni, bir-birlarini ardoqlashadi. Asar qahramonlari fojeasi umid va yorug’likka to‘la mungli, hazin qo‘shiq qilib kuylanadi.
Togay Murodning 1985 yili bitilgan «Momo yer qo‘shig’i» qissasi o‘z g’oyasi, adabiy yo‘nalishi bilan o‘zga qo‘shiq-qissalaridan ajralib turadi. Povestda milliy zamindan oyog’i uzilgan, Vatan tuprog’ida yashab, yuragida yurt tuyg’usi bo‘lmagan 80-yillar mafkura qurbonlari «qahramonlari» obrazlari G’arb adabiyoti sig’indi bandasi bo‘lib qolgan ijodkor misolida o‘zbekona kinoya bilan tasvir etiladi.
Ijodkor iste’dodli tarjimon hamdir. U 1974-1975 yillarda J.Londonning «Boyning qizi» dramasi va ko‘pgina hikoyalarini o‘zbek tiliga ag’darib nashr ettirdi. 1989 yili E.Seton-Tompsonning hayvonlar haqidagi mashhur «Yovvoyi yo‘rg‘a» kitobini mahorat bilan tarjima qildi.
Togay Murod 1986—1992 yillar davomida o‘zining ilk romani «Otamdan qolgaya dalalar» asarini bitdi. «Otamdan qolgan dalalar»— ramziy roman. Unda butun umr ketmon chopib, mustamlaka yurtda kosasi oqarmay kelgan o‘zbek xalqi siymosi Dehqonqul obrazi timsolida tasvir etiladi.
Yozuvchi ayni kamolot yoshida dunyoni tark etgani hanuz-hanuzgacha kitobxonlar yuragini titratadi.
Sizning e'tiboringizga adib haqida uch ulug' yozuvchi Said Ahmad,Odil Yoqubov,P.Qodirov maqolalarini va "Ot kishnagan oqshom" qissasini havola etamiz.
<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: