Xurshid Davron - Uchib boraman qushlar bilan
<b>Uchib boraman qushlar bilan</b>
Author: Xurshid Davron
Publisher: Toshkent,G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti
Publication date: 1983
Number of pages: 88
Format / Quality: PDF
Size: 0,4 Mb
Language:Uzbek
Цитата:
Xurshid Davron tabiatan yorug’ kechinmalar, nekbin qarashlar shoiri. Uning ko’zyoshlari qanaqadir tiniq, dardlarida ma’sum bir tortinchoqlik bor. U hatto qahramonlarining fojiiy kechinmalarini yoritishga intilganda ham ma’sumligicha qoladi. Uning qayg’usi ham hayotiy qonun bo’yicha quvonchiga uzviy.
“Nega baxt to’ldirsa yurak ichini biz o’lim haqida o’ylay boshlaymiz?…
O’lim haqidamas bu o’ylar. Hayotga muhabbat erur balki g’am”…
Van Gog umuman san’atni nazarda tutib: “Eng yuksak badiiyat – odamlarni sevishdir”, degan edi. Odamlarni sevish, Vatanga, tabiatga, xalqqa muhabbat – hammasi umuman shoirning borliqqa poetik munosabatini, she’riyatning ijtimoiy mohiyatini belgilaydi. Xurshid dunyoni uzviy aloqadorlikda, umumiy mehrda ko’rishga moyil. U bunday murakkab hayotiy falsafani sodda poetik talqin etadiki, bu kamolot yo’lidan borayotgan mahoratdir.Ahmad A'zam
(1984)
<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: