Fitrat - O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi
<b>O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi / Ўзбек классик мусиқаси ва унинг тарихи</b>
Author: Abdurauf Fitrat / Абдурауф Фитрат
Publisher: Toshkent:.,"Fan"
Publication date: 1993
Format / Quality: PDF
Size: 13,48 Mb
Language:Uzbek
Цитата:Abdurauf Fitrat
1886 yili Buxoroda tugʻilgan. Dastlab eski maktabda, soʻng «Mir Arab» madrasasida oʻqidi. U 18 yoshlariga qadar Buxoroda yashadi. Soʻng haj qildi. Turkiya, Hindiston, Arabistonda boʻldi. Shuningdek, u Markaziy Rusiyaning Moskva, Peterburg shaharlariga ham sayohat qiladi. 1909—1913 yillarda Istanbuldagi «Voizon» madrasasida oʻqiydi va bu yerda «Buxoro taʼmimi (umumiy) maorif» jamiyatini tuzadi. 1913 yili Buxoroga qaytib keldi. Shahrisabz va Karshida yangi maktablar ochdi. Qisqa muddatda Buxoro jadidchilik harakatining etakchi vakillaridan biriga aylandi. 1917 yili Fevral voqealaridan soʻng siyosiy faoliyat bilan shugʻullandi. «Yosh Buxorolilar» inqilobiy partiyasiga sarkotib boʻlib saylandi. Samarqandlik ilgʻor yoshlarning «Hurriyat» (1917) gazetasida keskin maqolalar bilan chiqdi. Koʻp oʻtmay, unga redaktorlik qildi. (1917 yil 27-sondan 1918 yil 87-sonigacha). Yangi Rusiya Muvaqqat hukumati bilan oʻzaro tenglik aloqalarini yoʻlga qoʻyish ishlarida faol qatnashdi. Biroq, bir tomondan, amir va u suyangan mutaassib aʼyonlar, ikkinchi tomondan, chor kalonial siyosatining bolsheviklar tomonidan oʻzgarishsiz qolishi Yosh Buxorolilarning mustaqillik va demokratiya haqidagi orzulari amalga oshishiga yoʻl bermadi. Shu sababli «bolshevik balosi» bosh koʻtargan 1917 yilning Oktyabrini «Yurt qaygʻusi» deb baholadi. Shunga qaramay, u kelajakdan umid uzmadi. 1917 yilgi Turkiston muxtoriyatini soʻngsiz mehr bilan qarshi oldi. U eʼlon qilingan 27 noyabrni «Milliy laylatulqadrimiz» deb atadi. 1918 yil 19-20 fevralidan Turkiston muxtoriyati sovetlar tomonidan qonga botirildi va u «Qoʻqon voqeasi» nomi bilan tarixga kirdi.Fitrat. Muqaddamatul adab
Fitrat oʻsha yili Toshkentga keldi. Dastlab Xadradagi maktabda, may-iyun oylaridan Turkiston musulmon dorulfununi qoshida tashkil topgan dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. 1919—20 yillarda Afgʻonistonning Toshkentdagi elchixonasida tarjimonlik qildi. Fitratning Toshkentdagi eng yirik ishlaridan biri «Chigʻatoy gurungi» jamiyatini tashkil etishi boʻldi. Jamiyat oʻzbek tili va adabiyotinigina emas, umuman oʻzbek madaniyatining shakllanish va taraqqiyot tarixini yangi, zamonaviy ilm asosida oʻrganishga asos soldi. Fitrat 1920 yil 9 aprelida «Tong» jurnalining 1-sonini bosmadan chiqardi. Jurnalda «Chigʻatoy gurungi» aʼzolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, uning 3-soni chiqib, toʻxtab qoldi.Fitratning til darsliklaridan Nahv (sintaksis)
1920 yili Fitrat Buxoroga keladi. 1921 yildan xalq maorifi noziri, yana bir yil oʻtgach, Xorijiya noziri, xalq xoʻjaligi yigʻilishining raisi, jumhuriyat MIK oʻrinbosari. Xalq nozirlari shoʻrosining muovini, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay’atining raisi, BXShJ Mehnat kengashining Prezidium aʼzosi vazifalarini olib boradi. Jumhuriyat ijtimoiy-madaniy hayotining hamma masalalarida faol ishtirok etadi. Uning tashabbusi bilan 1921 yili Buxoroda Sharq musiqa maktabi ochiladi. 1923-24 yillarda Fitrat Moskvadagi sobiq Sharq tillari (1921 yildan Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot) institutida ishladi, ilm bilan shugʻullandi. Leningrad Davlat universitetining Sharq fakultetida Sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan maʼruzalar oʻqidi, professorlikka saylandi. Fitrat Oʻzbekistonga 1927 yili qaytib keldi. Samarqandda yangi tashkil topgan Oliy pedagogika instituti (hozirgi SamDU)da ish boshladi. U oʻz hayoti davomida yuzlab jangovor maqolalar, oʻnlab ijtimoiy-siyosiy risolalar yaratdi. Birgina Turkiston matbuoti emas, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiya, Kavkaz, Volgaboʻyi matbuotida faol ishtirok etdi.Fitrat. Munozara. Istanbul.
1930 yildan unga siyosiy ayb qoʻyila boshlandi. 1937 yil 24 aprelda hibsga olindi va bir yarim yillik qiynoqlardan soʻng 1938 yil 4 oktyabrida otib oʻldirildi.
1909 yili «Munozara» (Hindistonda bir farangi ila Buxoroli mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadida xususida qilgan munozarasi") asari Istanbulda chop etildi. 1911 yili «Sayha» sheʼriy toʻplami, 1912 yili «Sayyoh hindi» («Bayonoti sayyohi hindi») bosilib chiqdi. «Rahbari najot» (1915), «Oila» (1916), «Begijon» (1916), «Mavludi sharif» (1916), «Abo Muslim» kabi asarlari nashr etildi.
Fitrat usuli jadid maktablari uchun yangi darsliklar ham yozdi. «Oʻqu» (1917, Boku) kitobi, Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon bilan hammualliflikda yozilgan «Ona tili» (1918) darsligi, «Choʻzgʻilar» («Unlilar»), «Bitim yoʻllari» (1919), «Bedil» (1923, 1924) «Oʻzbek tili qoidalari», Sarf (1-kitob), Nahv (2-kitob) (1925), Sarfi zaboni tojik (1925), «Adabiyot qoidalari» (1926) kabi darslik-qoʻllanmalari shular jumlasidandir.
Fitrat darsliklaridan Oʻquv, 1917.
Fitrat oʻzbek dramaturgi sifatida «Oʻgʻizxon», «Temur sagʻanasi» «Chin sevish» (1920), «Hind ixtilolchilari» (1923) «Abulfayzxon» (1924), «Shaytonning tangriga isyoni» (1924), «Arslon» (1926) kabi asarlarini yaratdi.
Ayni paytda, uning oʻz ahamiyatini bugungi kungacha saqlab kelayotgan «Eng eski turkiy adabiyot namunalari» (matn, tadqiqot, izohlar, 1927), «Oʻzbek adabiyoti namunalari» (matn, tadqiqot, izohlar, 1929), «Sharq shaxmati» (1928), «Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi» (1927), «Fors shoiri Umar Hayyom» (1929) kabi koʻplab tadqiqotlari eʼlon qilindi.
Adabiyot nazariyasiga oid «Sheʼr va shoirliq» (1919), «Adabiyot qoidalari» (1926), «Sanʼatning manshaʼi» (1926), «Aruz haqida» (1936) asarlari bilan oʻzbek adabiy-estetik tafakkurini yangi bosqichga koʻtardi. Yusuf Xos Hojibdan Mashrabga qadar boʻlgan mumtoz adabiyot namoyandalari haqida chuqur nazariy maqolalar (30dan ortiq) yozdi.
Vatan va millat mustaqilligi, ilm-fan rivoji, taʼlim-tarbiya ravnaqi kabi masalalar Fitrat asarlarining leytmotivini belgilaydi.
Fitrat asarlari u hayotlik paytidayoq yuksak baho olgan, boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni qayta «tanitish» 80-yillarning ikkinchi yarmida boshlandi. OʻzMU professori B. Qosimov 1994 yili «Fitrat» monografiyasini eʼlon qildi. H. Boltaboev «20 asr oʻzbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi» (T., 1996), I. Gʻaniev «Fitrat dramalari poetikasi» (T., 1998) mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Uning ijodiy merosi B. Ergashev, D. Toshqoʻziev kabi faylasuflar, huquqshunoslar tomonidan ham oʻrganilmoqda.
Fitrat nomida Toshkent va Buxoroda koʻchalar, maktablar bor. Tugʻilgan shahrida yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon barpo etilgan, 1996 yili tavalludining 110 yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga koʻra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi.Nashr qilingan asarlari
* Fitrat. Sheʼrlar. «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati», 1987 yil 11 dekabr.
* Fitrat. Sheʼrlar. «Sharq yulduzi», 1991, 6-son.
* Fitrat. Hind ixtilolchilari. «Sharq yulduzi», 1990, 4-son.
* Fitrat. Turkistonda ruslar. «Sharq yulduzi», 1992.
* Fitrat. Oʻzbek klassik musiqasi tarixi. T.: «Fan», 1993.
* Fitrat. Tanlangan asarlar, Ikki jildlik. T.: «Maʼnaviyat», 2001.
* Fitrat. Chin sevish. T.: «Adabiyot va sanʼat», 1996.
* Fitrat. Najot yoʻli. T.: «Sharq», 2002.Ilmiy adabiyotlar
* Qosimov * B. . Maslakdoshlar. T.: «Sharq», 1994.
* Qosimov B. Fitrat (chizgilar). Sharq yulduzi, 1992, 10-son, 170-bet.
* Qosimov B. Inson fojealari. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1990 yil 6 aprel.
* Qosimov B. Fitrat. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1991, 10-son.
* I. Gʻaniev. Fitratning tragediya yaratish mahorati. T., 1994.
* Milliy uygʻonish va oʻzbek filologiyasi masalalari. T.: Universitet, 1993.
* Boltaboev H. Qatagʻon qilingan ilm. T.: «Xazina», 1996.
* Boltaboev H. Nomaʼlum Fitrat. Yoshlik, 1990, 34-38-betlar.
* Boltaboev H. Fitratning ilmiy merosi. T.: «Fan», 1996.
* Boltaboev H. Fitrat — adabiyotshunos. T.: «Yozuvchi», 1996.
* Boltaboev H. Boburshoh Fitrat talqinida. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1993, 2-son,
* Boltaboev H. 20 asr boshlari oʻzbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi. f.f.d. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. aftoreferati. T.: 1996.
* Erkinov S. Fitrat-navoiyshunos. Oʻzbek tili va adabiyoti, 1990, 3-son, 3-bet.
<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Pass: turklib</div>
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок: